Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


-modda. Chet ellardan sotib olinadigan mahsulotni yetkazib berish va sotishga qо‘yiladigan talablar


Download 1.92 Mb.
bet76/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

16-modda. Chet ellardan sotib olinadigan mahsulotni yetkazib berish va sotishga qо‘yiladigan talablar.
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar chet ellardan sotib olinadigan tehnologiyalar, materiallar, xom ashyo va mahsulotlarni yetkazib berish, sotish va ulardan foydalanishda О‘zbekistan Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
17-modda. Ta’lim sharoitlarini tartibga solib turuvchi sanitariya normalari va qoidalariga rioya etish talablari.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ta’lim muassasalarida va korxonalarda sanitariya normala­ri, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini ta’minlashlari shart.
18-modda. Tibbiy kо‘rikdan о‘tishning majburiyligi.
Yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlari dastlabki hamda davriy tibbiy kо‘rikdan о‘tadilar. Tibbiy kо‘riklarni о‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni­dan О‘zbekiston Respublikasi kasabauyushmalari federasiyasining kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
19-modda. Kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish sohasidagi majburiyatlar.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlari va aloxida shaxslar yuqumli, parazitar va boshqa ommaviy kasalliklar, shu jumladan radiasiya omili bilan bog‘lik, bо‘lgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning, shuningdek ular kelib chiqqan taqdirda bu kasalliklarni yо‘qotish choralarini о‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashlari shart.
Yuqumli, parazitar, boshqa ommaviy kasalliklar kelib chiqish va tarqalish xavfi tug‘ilgan taqdirda О‘zbekis­ton Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari Bosh dav­lat sanitariya vrachlarining taqdimiga muvofiq belgilangan tartibda tegishli xududlarda ishlash, о‘qish, harakatlanish va odam va yuk tashishning alohida shartlari va tartibini joriy qilishlari mumkin.
Yuqumli va parazitar kasalliklar о‘chog‘larida karan­tin - tashkiliy va profilaktika tadbirlarini о‘tkazish, kasallikka chalingan bemorlarni kasalxonalarga yotqizish tartibi va muddatlarini tegishli hududlardagi hokimiyat va boshqaruvning mahalliy idoralari hamda Bosh davlat sanitariya vrachlari belgilaydilar.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling