Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qо‘yiladigan sanitarya talablari


Download 1.92 Mb.
bet75/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qо‘yiladigan sanitarya talablari.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
Yangi ozuqa qо‘shimchalarini, maxsus qо‘shiladigan biologik aktiv maddalarning oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini, shuningdek oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat maxsulotlari bevosita solib qо‘yiladigan idishlarning yangi turlarini qо‘llanishga ular zaharliligi va gigiyena jixatdan baholanganidan keyingina va О‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruhsati bilan yо‘l qо‘yiladi.


15-modda. Xо‘jalik - ichimlik suvi ta’minotiga qо‘yiladigan sanitariya talablari.
Davlat idoralari, mulkchilik shakillaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xо‘jalik - ichimlik suvi ta’minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bо‘lishini ta’minlashlari shart.
Markazlashtirilgan tartibda xо‘jalik - ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning manbalari uchun maxsus tartibda о‘rnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qо‘yiladi.
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari, ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar rо‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan xavzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilgan tartibda ta’minlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos bо‘lishini ta’minlashlari shart.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling