Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


-modda. Viloyat va Toshkent shahri Bosh davlat sa­


Download 1.92 Mb.
bet79/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

26-modda. Viloyat va Toshkent shahri Bosh davlat sa­nitariya vrachlarining vakolatlari.
Viloyat va Toshkent shahrining Bosh davlat sanitariya vrachlari:
о‘z bо‘ysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladilar;
xalq xо‘jaligi obyektlarini qurish va qayta qurish loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar;
sanitariya epidemiya jihatidan xotirjamlik masalalari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar;
odamlarning hayoti va salomatligiga xavfli bо‘lgan, aholining yashashi va xо‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydilar;
viloyat va shahar hududlariga karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbir­larini amalga oshiradilar;
avariya vaziyatlarini yо‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni о‘tkazadilar;
О‘zbekiston Respublikasining Bosh sanitariya vrachi bilan kelishgan holda shaharlar va noxiyalarning Bosh dav­lat sanitariya vrachlarini tayinlaydilar.
27-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari.
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan man­sabdor shaxslarga ularning vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek alohida shaxslardan yо‘l qо‘yilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga baham berishni talab qilish;
b) xalq xо‘jaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish;
v) mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar, korxonalar, muassasa­lar, tashkilotlar, birlashmalarga va aloxida shaxslarga belgilangan tartibda;
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xо‘jaligi obyektlarini joylashtirishning istiqbol rejalari bо‘yicha, shuningdek korxonalar, binolar va inshootlarni qurish, qayta qurish loyihalari bо‘yicha xulosalar berish;
Qurilish uchun yer uchastkalari berish, rо‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanadigan joylarni va oqava suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaxarli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va kо‘mib tashlash masalalari bо‘yicha xulosalar berish;
g) turarjoy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq, xо‘jalik va boshqa korxonalar, shuningdek inshootlarning amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish;
d) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda о‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bolalarning о‘quv-mehnat soatlari va taxminiy mashg‘ulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar yuzasidan xulosalar berish;
e) qaysi idoraga bо‘ysunishidan qat’i nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy о‘quv yurtlarini, boshqa muassasalar va tashkilotlarni maxsus ekspertizalar о‘tkazishga jalb etish va bunga buyurtmachilar xisobidan haq tо‘lash;
j) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida, qaysi ido­raga qarashli bо‘lishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kirish (О‘zR 15.04.1999 y. 772 - 1 sonli Qonuni tahriridagi kichik band);
z) qaysi idoraga qarashli bо‘lishidan va mulkchilik shakl­laridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilot­lar, birlashmalarning rahbarlaridan va aloxida shaxslardan:
sanitariya normalarini, qoidalarini, epidemiyaga qarshi tartibotni muntazam suratda bajarmayotgan va ishlab chiqarishning hamda bajarilayotgan ishlarning xususiyatlarini xisobga olib, yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tug‘diradigan shaxslarni ishdan chetlashtirishni;
atrofdagilar uchun xavfli bо‘lgan yuqumli va parazitar kasallik bilan og‘rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizishni;
profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni;
obyektlarning sanitariya holatini aniqlash hamda aholi salomatligining holatini epidemiologiya jihatdan tahlil qilish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar va tushunti-rishlarni berishni talab qilish huquqiga egadirlar;
i) gigiyena ekspertizalari, laboratoriya tadqiqotlari о‘tkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlarni, predmetlar va materiallarni olish, shuningdek bevosita obyekt­larning о‘zida, laboratoriyada va asboblar yordamida zarur tekshirishlar о‘tkazish;
k) sanitariya nazoratini amalga oshirishga boshqa idoralarning mutaxassislarini shartnoma asosida, shuningdek jamoatchilik vakillarini jalb etish.
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning о‘rinbosarlari sanitariya qonunlari buzilgan taqdirda quyidagi huquqlarga ega bо‘ladilar:
yer uchastkasi, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish va boshqa xalq, xо‘jaligi obyektlari qurilishiga, ularni qayta qurish, kengaytirishga, yer ajratishga doyr, sanitariya normalariga va qoidalariga javob bermaydigan loyihalash haqidagi xujjatlarni va loyihalarni qaytarish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berilgunga qadar amaldagi ishlab chiqarish obyektlarida, madaniy-maishiy biiolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining ta’lim, davolash-profilaktika hamda sanatoriy-kurort muassasalarining faoliyatini tо‘xtatib qо‘yish, uskunalar, asboblar va gidrotexnika inshootlarini ishlatishni taqiqlab qо‘yish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilgan taqdirda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, ularni qayta qurishni hamda maz­kur obyektlarda ayrim ish turlarini amalga oshirishni tо‘xtatib qо‘yish;
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligida rо‘yxatdan о‘tkazilmagan yoki odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli deb topilgan yangi xom ashyo turlarini, kimyoviy moddalarni, texnologiya uskunalarini, jarayonlarini va asboblarini; oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, bio­logiya vositalarini, oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer va boshqa materiallarni, ulardan tayyorlangai buyumlarni va boshqa xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni, qо‘llashni va sotishni taqiqlab qо‘yish;
xо‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga ishlov berish chog‘ida kimyoviy moddalarni qо‘llashni, odamlar salomatligiga zararli ta’sir kо‘rsatish xavfi tug‘ilgan taqdirda qishloq xо‘jalik ekinlari va hayvonlarning о‘sishini tezlashtiradigan va tartibga soladigan dorilarni, pestisidlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini qо‘llashni bu moddalar va materiallarni ishlab chiquvchi ularning xavfli emasligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etgunigacha taqiqlab qо‘yish;
suv iste’mol uchun yaroqsiz deb topilganda undan ichish va xо‘jalik maqsadlarida ishlatishni taqiqlab qо‘yish;
sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzayotgan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling