Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va о‘rinbo


Download 1.92 Mb.
bet80/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

28-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va о‘rinbosarlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish.
Mamuriy jarima belgilash qaqidagi qarorlar ustidan О‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat beriladi.
V bо‘limda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik kо‘rsatilgan:
29-modda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Mulkchilikning shakllaridan qati nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor va boshqa shaxslar qо‘yidagi hollarda О‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladilar:
1) tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, suv bilan taminlashning ochiq va yer osti manbalarini aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalari hamda suv omborlarining qirg‘oqlarini kimyoviy, fizikaviy biologik va boshqacha tarzda ifloslantirganlik uchun;
2) sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlarini hisobga olmagan holda aholining salomatligini muhofaza qilishni, sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiasiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqqanlik uchun;
3) yangi xom ashyo turlarini, texnologiya uskunalarini, jarayonlari va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oziq-ovqat xom ashyosini, sanoat buyumlarini, binokorlik materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar mahsulotlarini, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq is­te’moli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish va qо‘llanishga doir normativ-texnika xujjatlarini О‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishmagan holda ishlab chiqqanlik uchun;
4) korxonalar, binolar va inshootlarni, transport vositalarini, suv ta’minoti, kanalizasiya va oqava suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalariga, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etmagan holda va davlat sa­nitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib loyihalaganlik, qurganlik, qayta qurganlik uchun;
5) yer uchastkasidan davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib yangi qurilish, obyektlarni qayta qurish, kengaytirish uchun foydalanganlik uchun;
6) davlat sanitariya nazorati idoralarining ruxsatisiz obyektlarni qabul qilib olganlik va foydalanishga topshirganlik uchun;
7) oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlari sifatiga qо‘yiladigan talablarga rioya etmaganlik, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bо‘lgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena normativlaridan yuqori bо‘lgan mahsulotlarni ovqatga ishlatganlik uchun;
8) oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
9) qishloq xо‘jalik ekinlari va hayvonlarining о‘sishini tezlashtiradigan moddalarni, о‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini, oziq-ovqat xom ashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlarga va dori-darmonlarga tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, yem-xashakka qо‘shib beriladigan ozuqa moddalarni davlat sanitariya nazorati idoralarining ruxsatisiz qо‘llanganlik uchun;
10) chet eldan olinadigan texnologiyalar, materiallar, xom ashyo va mahsulotlarni yetkazib berishda, sotishda va ulardan foydalanishda sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
11) xо‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashtirilgan tizimlari orqali berilayotgan suvning siqati gigiyena talablariga mos kelmasligi uchun;
12) suv havzalaridan rо‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda foydalanganda, suvning sifati sanitariya normalari va talablariga mos kelishini ta’minlamaganlik uchun;
13) aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq xо‘jalik va xо‘jalik rо‘zg‘or-chiqitlarini, shu jumladan radioaktiv va zaharli moddalarni tо‘plash, saqlash, tashish va qayta ishlashning sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;
14) atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
15) barcha tipdagi ta’lim muassasalarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalarida va boshqa muassasalar hamda korxonalarida sanitariya normalari qoidalari va normativlariga rioya etmaganlik uchun;
16) radioaktiv moddalar, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda, shuningdek radioaktiv chiqitlarni kо‘mibtashlash chog‘ida radiasiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;
17) yuqumli, parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatish chora-tadbirlarini bajarmaganlik uchun;
18) davlat sanitariya-epidemiologiya idoralari va muassasalarining yо‘llanmalari bilan sanitariya-gigiyena, tibbiy, biologik, texnikaviy, sosiologik va boshqa maxsus ekspertizalar о‘tkazishdan asossiz bosh tortganlik uchun;
19) tibbiy kо‘riklardan о‘tmagan yoki salomatligi tufayli mehnatga yaroqsiz deb topilgan shaxslarga ishlashga ruxsat berganlik uchun;
20) ayrim toifadagi fuqorolar majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tmaganligi yoki kо‘rikdan о‘tish muddatlarini buzganligi uchun;
21) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalarning kо‘rsatmalarini, xulosalarini hamda qarorlarini bajarmaganlik uchun;
22) obyektdagi sanitariya gigiyena holatini, epidemiya vaziyatini va radiasiya holatini aniqlash uchun zarur bо‘lgan materiallarni berishdan bosh tortganlik uchun;
23) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar tomonidan yopib qо‘yilgan obyektlarda muhrlarni uzib tashlaganlik va ishni qayta boshlaganlik uchun;
24) ishchi va xizmatchilarning ayrim toifalari, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullnuvchi shaxslarning majburiy gigiyena ta’limidan о‘tish tо‘g‘risidagi qonun talablarini buzganligi uchun.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling