Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Bolalar kiyimlarining har xil kimyoviy tolalar qо‘shilgan gazlamalarning asosiy gigiyenik kо‘rsatkichlari
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
Bolalar kiyimlarining har xil kimyoviy tolalar qо‘shilgan gazlamalarning asosiy gigiyenik kо‘rsatkichlari.
Namlik sig‘imi va gidrofillik xususiyatlariga ega bо‘lgan yupqa yumshoq gazlamalar ishlatiladi. Chaqaloqlar va 3 yoshgacha bо‘lgan bolalar uchun ich kiyim matolari faqat tabiiy tola (zig‘irpoya, paxta, ipak) dan yoki viskozadan tayyorlanadi. Maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalarning ich kiyimi uchun paxta-siblonli ( 70% paxta va 30 % siblon ) matolardan foydalanish mumkin. Bolalarning ichki kiyimlarida qalin, qо‘pol choklar, tarang tortib turuvchi rezinkasi bо‘lmasligi kerak (ishtonning rezinkasi faqat orqa tarafdan kiyiladi). Yozda, iqlimiy va ob – havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda bolalar bir yoki ikki qavatli kiyim kiyishadi. Birinchi qavat – ich kiyim; ikkinchi qavat; qizlar uchun – kuylak, о‘g‘il bolalar uchun – kalta shim va kuylakdan iborat bо‘ladi. Yozgi kuylaklar uchun foydalaniladigan gazlamalar xuddi ich kiyimlarniki singari yumshoq, yuqori darajada havo va bо‘g‘ о‘tkazuvchanlikka gigroskoplikka, namlik sig‘imiga, gidrofillik va issiqlik о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lishi kerak. Yozgi kiyimning bichig‘i erkin bо‘lib, kiyimosti bо‘shlig‘i shamollatilishi maksimal darajada bо‘lishini ta’minlamog‘i lozim. Kiyim – kechaklar tuzilishida tarang belbog‘lar, tortib turuvchi rezinkalar, tik yoqalarning bо‘lishi tavsiya etilmaydi. Qishda bino ichidagi harorat 200S dan baland bо‘lganda bolalar gazlama sifati va tuzilishiga kо‘ra yozgiga о‘xshash bо‘lgan ikki qavatli kiyim kiyishadi. Agar bino ichidagi harorat 190S dan past bо‘lsa, kiyim uchun nisbatan qalinroq gazlamalardan, shuningdek, issiqlikni himoyalash xossasi nisbatan yuqoriroq bо‘lgan jun tolali gazlamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kiyim – kechaklar uch qavat (paypoqlar, uzun shimlar, koftalar, sveterlar va hokazo) bо‘lishi mumkin. Ustki qalin kiyim о‘zining asosiy vazifasini bajarishi – issiqlikni saqlashi, shuningdek, havodagi namlik va shamoldan himoyalashi lozim. U 3 qavatdan iborat bо‘lishi kerak, ustki, qoplovchi qatlam havo о‘tkazuvchanligi, bug‘ о‘tkazuvchanligi, gigroskopligi va namlik sig‘imi о‘ta past bо‘lgan matolardan tayyorlanadi, bu esa sovuq havoning kiyimosti bо‘shlig‘iga kirishiga tо‘sqinlik qiladi va kiyimni qor va yomg‘irda namiqishdan asrab, uning issiqlikni asrash hossasini kuchaytiradi. Bolalarning qishki ustki kiyimi uchun suv yuqtirmaydigan modda singdirilgan tabiiy tolalardan tо‘qilgan mato yoki sintetik gazlamalar ishlatilishi mumkin. Ikkinchi – issiqlikni saqlovchi qatlam – tabiiy, sun’iy yoki sintetik tolalardan tayyorlangan, ichida havo tutuvchi g‘ovaklari kо‘p tuzilishga ega matolar ( paxta, vatin, vatilin, sindipon va boshqalardan ) iborat bо‘ladi. Sintetik tolalarni ishlatish mumkin, chunki bu matolar teri qatlamiga bevosita tegmaydi va faqat kiyim – kechaklarning ushbu qatlamida yuqori darajadagi issiqlikni himoyalash hossasini ta’minlaydi. Ichki qatlam – astar – havo о‘tkazuvchanlik, bug‘ о‘tkazuvchanlik, namlik sig‘imi va gigroskoplik kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan gazlamalardan tayyorlanadi, chunki u kiyimosti bо‘shlig‘ida maqbul gigiyenik sharoitlarni yaratishi lozim. Bolalar qishki kiyimining tuzilishi kiyimosti bо‘shlig‘idagi havoning eng kam darajada aylanishi va tevarak – atrof bilan eng kam darajada havo almashinuvi yuz berishini ta’minlashi kerak. Bular kiyimosti bо‘shlig‘ida kо‘plab yopiq bо‘shliqlar bо‘lishi – qalpoqlar, manjetlar, kamarlar hisobiga amalga oshiriladi. Eng yaxshi qishlik libos tо‘plami – beli baland о‘rnatilgan kamarli shim va etak tomoni rezinkali, qalpog‘i bor uzun qurtkadan iborat. Bunday tuzilishdagi kiyim baland va bir meyordagi issiqlikni saqlash samarasiga ega bо‘ladi va harakatlariga halaqit bermaydi. Kiyimning issiqlikni saqlash xususiyati tabiiy – gigiyenik baholashdan о‘tishi kerak. Quvvat sarflanishining ta’rifi, teri harorati kattaliklarining о‘zgarishlari va issiqlik sig‘imi – radiasiya va konveksiya yо‘li bilan vaqt birligi ichida tana sathi birligidan yо‘qotiladigan issiqlik miqdori – aniqlanishi yordamida kiyim – kechaklarning issiqlik о‘tkazmaslik hususiyatlari haqida tasavvurga ega bо‘lish mumkin. Kiyimning issiqlikni saqlash qobiliyati - uning issiqlik oqimi zichligini kamaytirish qobiliyatidir. Issiqlik oqimi tevarak – atrof harorati о‘zgarishlari va kiyimning issiqlikni saqlash hossasiga nisbatan sezgir bо‘ladi. Issiqlik uzatish kattaligi, terining о‘rtacha о‘lchangan harorati, meteorologik ( mikroiqlimiy ) sharoitlarga qarab, kiyim – kechaklar tananing issiqlik uzatishiga kо‘rsatadigan qarshilikni hisoblash, ya’ni kiyimning issiqlik hossasini miqdoriy baholash mumkin. Kiyimning issiqlik qarshiligi A.Varton – G.M.Kondratyev formulasi yordamida aniqlanadi: Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling