Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
O.P.Molchanova bо‘yicha 1 kg tana vazniga 1 soat davomida energiya sarfi (kkal)
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik oqsillar, yog‘lar va uglevodlar hamda energiya qiymati.
- Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik vitaminlar miqdori
- Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik mineral moddalar miqdori (mg/kg)
- Ona sutining eng muhim sifatlari
O.P.Molchanova bо‘yicha 1 kg tana vazniga 1 soat davomida energiya sarfi (kkal)
6.2-jadval Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik oqsillar, yog‘lar va uglevodlar hamda energiya qiymati.
6.3-jadval. Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik vitaminlar miqdori
6.4-jadval Bolalar va о‘smirlar iste’mol qilishi uchun tavsiya qilingan kunlik mineral moddalar miqdori (mg/kg)
Bola hayotining 1-chi yilidagi ovqatlanishning о‘ziga xos tomonlari bor. Kо‘krak yoshidagi bolalarning kundalik oziq-ovqati ikki qismga bо‘linadi: ya’ni mukammal ovqat hisoblanuvchi ona sutidan, u bо‘lmagan taqdirda esa – moslashtirilgan sutli aralashmalardan tashkil topadi: “sutsiz” , turli-tuman kо‘rinishdagi qо‘shimcha tarzda beriladigan oziq-ovqatlardan iboratdir. Kundalik oziq-ovqatdagi bu tarkibiy qismlarning tо‘g‘ri nisbatda bо‘lishi va u chaqaloqning almashib boruvchi fiziologik ehtiyojlariga mos tarzda о‘z vaqtida о‘zgarishi bolalarni oqilona ovqatlantirish uchun asos bо‘ladi. Shu tufayli ham u shifokorlarning diqqat-e’tiborida turmog‘i lozim. Bola hayotining birinchi yilida ovqatlantirishning maqbul kо‘rinishi – ona suti bilan boqishdir. Ona sutining eng muhim sifatlari: bola uchun zarur barcha moddalarning muvozanatlashtirilgan maqbul darajasi; bola organizmining yuqori darajada xazm qilishi; biologik faol moddalarning va himoyalovchi moddalarning keng kо‘lamligi; ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir qiluvchi bifidogen majmualar mavjudligi; past osmolyarlik; sterillik; maqbul harorat. Ona suti – nafaqat bola uchun zarur barcha moddalarning, balki rivojlanishga, immunologik rezistentlik, aqliy salohiyat, fe’l-atvor va ruhiy bardamlik, о‘qish qobiliyatiga ta’sir о‘tkazuvchi biologik faol birikmalar va himoyalovchi omillar (taurin, polinukleotidlar,gormonlar, immunoglobulinlar, о‘sish omillari, makrofaglar va boshqalar) ning ham manbaidir. Kо‘krak suti bilan boqish jismoniy va ruhiy rivojlanish, infeksiyalarga chidamlilik, ovqat allergiyasiga chalinish holatlari kam bо‘lishining maqbul sur’atini ta’minlaydi. Ammo sо‘nggi yillarda chaqaloqlarning ona suti bilan boqilishi qoniqarsiz ahvolda. Bolani kо‘krak suti bilan boqishning pasaya borishi bola hayotining 1 oyi oxiridan boshlanadi va 2-3 oyda progressiv ravishda oshadi. Bu holat ikkita asosiy omil bilan bog‘liq: ayollarda homiladorlik paytida ishlab chiqilishi lozim bо‘lgan “sut bezlarida sut hosil bо‘lishi nasliy belgi” sining yо‘qligi; tibbiyot xodimlarining kо‘krak suti bilan boqishga notо‘g‘ri munosabatda bо‘lib, ona suti yetishmayotgani (asli, faqat shunday tuyuladi) haqida shikoyat qilgani hamoni gipotrofiyaning oldini olish maqsadida qо‘shimcha sut aralashmalari berishni tavsiya qilishlaridir. BJSST/YuNISEF, О‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarni kо‘krak suti bilan boqishni tavsiya etishadi. Murakkab bо‘lmagan chora-tadbirlar (“yosh onalar maktablari”da bolani kо‘krak suti bilan boqishning sun’iy ovqatlantirishga nisbatan afzalligi va tug‘ilajak bolani uzoq vaqt davomida tabiiy ravishda ovqatlantirishga ruhiy tayyorgarlikni shaklllantirish, tug‘ruqdan keyingi dastlabki kunlardanoq tо‘laqonli sut kelishiga tayyorlash) bolalarni ona suti bilan boqishni keskin kо‘paytirish (3 oygacha bо‘lgan davrda 70-90 foiz) imkonini beradi. Bolaning salmoqli qismi hayotining 1-chi yilida sun’iy ovqatlantirilib, sanoat miqyosida ishlab chiqariluvchi bolalar ovqatlarining asosini zamonaviy ayol sutini о‘rnini о‘tovchi vositalar – moslashtirilgan sutli aralashmalari tashkil etadi. Bola ulg‘aya borgan sari an’anaviy ravishda “ovqat qо‘shimchalari” va “qо‘shimcha ovqat” deb ataluvchi qо‘shimcha maxsulotlarni qо‘llash ehtiyoji yuzaga keladi. Mamlakatimizda ovqat sifatida esa – turli-tuman sabzavot, gо‘sht va boshqa maxsulotlarning ezilmalari, bо‘tqalar, shuningdek, sut va qatiq qо‘llaniladi. Chet ellarda bu ikkala guruh ham”beirost” deb ataladi. Bolaning kundalik oziq-ovqatlari safini asta-sekin kо‘paytira borib, ona suti (yoki uning о‘rnini bosuvchi vositalar)ga qо‘shimcha ovqat maxsulotlari va taomlarini kiritib borish quyidagi omillar bilan belgilanadi: chaqaloqlar hayotining ma’lum bir bosqichi (4-6 oylik)da ona suti (yoki uning о‘rnini bosuvchi aralashmalar) bilan tushayotgan bir qator oziq moddalar (oqsil, temir, rux va hokazo)ning yetishmay qolishi va о‘sayotgan bola organizmidagi quvvat tanqisligini tо‘ldirish zaruriyati. Qisman, onada sut ajralishi (laktasiya) davrining 4-chi oyiga kelib, ayol suti tarkibidagi rux va mis moddalari kamayib ketadi, oqibatda ona suti bilan boqilayotgan bolada bu nutriyentlarning nisbiy kamayishi kuzatiladi; bolaning kelgusida о‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan bolaning kundalik ovqatlari tarkibidagi oziq moddalar kо‘lamini qо‘shimcha ovqat tarkibidagi о‘simlik oqsili, turli uglevodlar, о‘simlik yog‘larining yog‘ kislotalari, mikroelementlar hisobiga kengaytirish maqsadga muvofiqligi; bolalarning xazm qilish tizimi va chaynash apparatini rivojlantirish va ichaklarning harakat faolligini kuchaytirish uchun mashq qildirish shartligi. Bolalarning yoshiga qarab qо‘shimcha ovqat kiritilishi uning fiziologik va biokimyoviy о‘ziga xosliklariga qarab aniqlanadi (6.5-jadval). 6.5-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling