Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Bolalar hayotining ilk yilida sun’iy ovqatlantirishning namunaviy shakli (Kon I. Y., 1999)
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taom va mahsulotlarning nomlari Yoshi, oylari 0-1
- 6.2. Bolalar jamoalarida ovqatlanish tartibi va uni tashkil etishning gigiyenik qoidalari
- Bolalar uchun namunaviy sutkalik jamlanma, g
- Kundalik iste’mol kilinadigan maxsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori, g.
Bolalar hayotining ilk yilida sun’iy ovqatlantirishning namunaviy shakli (Kon I. Y., 1999)
6.2. Bolalar jamoalarida ovqatlanish tartibi va uni tashkil etishning gigiyenik qoidalari Hayotining dastlabki 3 yilida bola о‘zining kundalik ovqatini kun davomida teng miqdorda iste’mol qila borib, asta-sekinlik bilan 6-7 marta ovqatlanishdan 5 martaga, keyin esa 4 marta ovqatlanishga о‘tadi. Maktab yoshida kundalik ovqat miqdori shunday taqsimlanadiki, bunda tushlik xajmi jihatdan kо‘proq va quvvatiy qiymati ham oshiqroq bо‘ladi. Bunday о‘tish asta-sekin amalga oshiriladi. Birinchi ovqatlanish – nonushta – bir kunlik energetik qiymatning 25 foizini tashkil etadi. U sabzavotli salatlar va ikkita issiq ovqatdan iborat bо‘lmog‘i lozim: birinchi taom – bо‘tqalar, kartoshkali va sabzavotli ovqatlar, tuxum, tvorog, ikkinchi taom – qaynoq ichimliklar ( sut, sutli qahva, sutli kakao, qaynatilgan suv). Ikkinchi ovqatlanish – tushlik – bir kunlik energetik qiymatning 30-35 foizini tashkil et adi. U kamida uch xil taomdan iborat bо‘lishi lozim: birinchisi – shо‘rva, ikkinchisi – gо‘shtli yoki baliqli ovqat garniri bilan va uchi nchisi –shirinlik. Uchinchi ovqatlanish – ikkinchi tushlik – bolaning suyuqlikka bо‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak, chunki tushlikdan keyin va uxlab turgach , bolalar chanqab qolishadi. Ikkinchi tushlikka bir kunlik energetik qiymatning 15 – 20 foizi tо‘g‘ri keladi. U suyuqliklar, mevalar, rezavor mevalar, shirinliklar, pishiriqlar, oshirma kulchalardan iborat bо‘ladi. Tо‘rtinchi ovqatlanish – kechki ovqat – bir kunlik energetik qiymatning 20 foizini tashkil etishi va kamida ikki xil taomdan iborat bо‘lishi kerak: birinchi – tvorogli, sabzavotli, yormali va boshqa kо‘rinishdagi issiq ovqat bо‘lishi shart,ikkinchiga – sut, kisel, qatiq beriladi. Maxsulotlar va ovqatlanish meyorlari kо‘rsatkichi 6.7-jadvalda keltirilgan. Normani tuzishda gо‘shtli va baliqli taomlarni bolalar kunning birinchi yarmida tanavvul etishlariga e’tibor berish kerak, chunki oqsilga boy mahsulotlar modda almashinuvini oshiradi va bolaning asab tizimiga qо‘zg‘atuvchi ta’sir kо‘rsatadi. Bu mahsulotlar, ayniqsa, yog‘lar bilan birgalikda, oshqozonda uzoqroq ushlanib turadi va bunda katta hazm qiluvchi faollik talab etiladi. Taomnomani tuzishda taomlar xajmi ham e’tiborga olinadi. Ovqat hajmining yetarli bо‘lishi tо‘yish hissini paydo qiladi. Ovqatning о‘ta kо‘p bо‘lishi esa bolada norozilik paydo qilib, kо‘ngilsiz asoratlarga olib kelishi mumkin. Bolalarning yoshidan kelib chiqqan holda birinchi va ikkinchi ovqatlarning tavsiya etiluvchi hajmi 6.8-jadvalda berilgan. 6.7-jadval Bolalar uchun namunaviy sutkalik jamlanma, g
6.8-jadval Kundalik iste’mol kilinadigan maxsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori, g.
1-1,5 yoshdan boshlab bolalarni mustaqil ravishda ovqat yeyishga о‘rgatish mumkin. Bu kо‘pincha ishtaha ochilishiga ham kо‘maklashadi: ovqat yeyish jarayonining о‘ziga qiziqib ketgan bola taomni mazza qilib tanavvul etadi. Bolalar muassasasida maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bola dasturxonni bezatish ishlarida ishtirok etishi mumkin. Maktabgacha bо‘lgan muassasada ovqat bilan bog‘liq bо‘lgan asosiy gigiyenik kо‘nikmalar tarbiyalanadi: ovqat yeyishga о‘tirishdan oldin qо‘llarini yaxshilab yuvishga, ovqatni puxta chaynab, shoshilmay yeyishga, dasturxon atrofida о‘zini tо‘g‘ri tutishga (tо‘g‘ri о‘tirish, oshxona anjomlaridan hamda sochiqlardan foydalanish va hokazo)ga odatlanadi. Yil davomida bolalar va о‘smirlar turli-tuman kо‘rinishdagi faoliyat turlari, kо‘proq aqliy va jismoniy yuklamalar bilan band bо‘lishadi. Zо‘riqtiruvchi aqliy mehnatda oqsilga bо‘lgan ehtiyoj odatdagi ehtiyojga nisbatan 10 foiz kо‘proq bо‘ladi. Bunday holatda kundalik taomlar sirasiga yuqori biologik qiymatga ega bо‘lgan, bolalar ovqatlanishi uchun maxsus ishlab chiqarilgan maxsulotlar kiritilishi shart. Umumta’lim muassasalari о‘quvchilari uchun ovqatlanish tartibini va ikkinchi smenani hisobga olgan holda tashkil etiladi. Birinchi smenada shug‘ullanuvchilar uchun birinchi nonushta (kunlik ovqat miqdorining 25 foizi) – soat 7.30da, ikkinchi ( maktabdagi) –nonushta (kunlik ovqat miqdorining 15-20 foizi) – soat 11-12da, tushlik (kunlik ovqat miqdorining 35-40 foizi) maktabdan qaytgach – soat 15-16 da va kechki ovqat (kunlik ovqat miqdorining 20 foizi) –soat 20 da berilishi tavsiya etiladi. Ikkinchi smena о‘quvchilari uchun birinchi nonushta - soat 8 da, tushlik maktabga ketish oldidan – soat 12-13larda, maktabdagi ikkinchi issiq tushlik – soat 16 da , kechki ovqat – soat 19-20 larda tashkil etiladi. О‘quvchilar 4-6 soat davomida maktabda bо‘lishadi. Ovqatlanishlar orasidagi uzoq tanaffus bolalarning mehnat qobiliyatiga, sog‘lig‘iga, kayfiyatiga, shuningdek, organizmning ovqat xazi qilish funksiyalariga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham о‘quvchilar о‘zlari sarflagan quvvat о‘rnini qoplovchi issiq nonushta tanavvul qilishlari kerak. Asosiy oziq moddalarning eng maqbul muvozanatini saqlagan xolda ovqatlanishning energetik qiymatini 10-15 foizga oshirish ta’til paytlarida bolalar dam oluvchi oromgohlarda ham nazarda tutilishi kerak. Bolalar va о‘smirlar ovqatlanishining sanitariya-epidemiologiya nazoratini bolalar va о‘smirlar gigiyenasi vrachlari ovqatlanish gigiyenasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ular ovqatlanishni baholash va oqilona tashkil etish tadbirlarini о‘tkazishadi, bolalar va о‘smirlarning ovqatlanishini nazorat qilib borishadi. Umumiy ovqatlanish muassasalari, ovqat tayyorlash jarayoni, bolalar muassasalariga maxsulotlarni topib kelish va ularni saqlash sharoitlari , maxsulotlar va tayyor ovqatlarni sotish muddatlariga rioya qilish, bir kunlik ovqat miqdorining ovqatlanish rejimiga mos tarzda va tо‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, jamoat oshxonalari xodimlarining tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilishi ham tekshirilib turilishi shart. Jamoat oshxonalari va bufetlarga ishga kirayotgan va ishlayotgan shaxslar quyidagi tartibda tibbiy kо‘rik va tekshiruvlardan о‘tib turishlari majburiydir: terapevt kо‘rigi – ishga kirayotganda va keyinchalik 1 yilda bir marta; dermatovenerolog ( teri-tanosil kasalliklari shifokori) kо‘rigi – ishga kirayotganda va keyinchalik yiliga 4 marta; silga tekshiruvdan о‘tish (yirik kadrli flyurografiya) – ishga kirayotganda va keyinchalik yiliga bir marta; zahmni animqlovchi qon tahlili – i shga kirayotganda va keyinchalik yiliga 4 marta; jinsiy yо‘l bilan yuо‘uvchi kasalliklarni bakterioskopik usulda tekshirish – ishga kirayotganda va keyinchalik yiliga 4 marta; ichak infeksiyalari tashuvchanlikni tekshirish va ichterlamani serologik tekshirish – ishga kirayotganda va keyinchalik epidemiologiya kо‘rsatmalariga binoan; gijja tuxumlarini tekshirish va enterobiozni aniqlovchi qirtishlama – ishga kirayotganda va kelgusida yiliga 1 marta. Bо‘g‘maga qarshi emlanganlik haqidagi ma’lumotnoma bо‘lishi shart. Shu jumladan, mehnat turi oziq-ovqat maxsulotlari, idish-tovoqlar, ishlab chiqarish anjomlari va uskunalariga bevosita aloqador bо‘lgan shaxslar ham gigiyenik tayyorgarlikdan о‘tib, har 2 yilda 1 marta belgilangan dastur bо‘yicha imtihon topshirishlari lozim. Shu tariqa, ovqatlanish bilan bog‘liq zaharlanishlar va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi majmualar о‘tkazilishi yuzasidan nazorat о‘rnatiladi. Bolalar jamolarida tashkil etilgan vaziyatni tahlil qilishda ovqatlanish xolatidagi asosiy salbiy yо‘nalishlarni bilish zarur. Mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar ovqatlanishining tuzilishi biologik jihatdan qimmatli bо‘lgan oziq-ovqat maxsulotlari, ya’ni gо‘sht va gо‘sht maxsulotlari, sut va sut maxsulotlari, baliq va baliq maxsulotlari, о‘simlik moyi, m yeva va sabzavotlarning iste’mol etilishi kamligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga non va non maxsulotlari, kartoshka iste’moli esa anchagina kо‘pdir. Oqibatda ovqatlanish vaziyatining quyidagi buzilishlari oldingi о‘ringa chiqadi: hayvon oqsillarining taqchilligi tavsiya etiluvchi kо‘rsatkichlardan 15-20 foizini tashkil eitadi ( ayniqsa, aholining daromadi past guruhlarida; yarim tо‘yinmagan yog‘ kislotasi (YATEK) taqchilligi hayvon moylarining ortiqcha tushishi xolatida; kо‘pgina vitaminlarning sezilarli taqchilligi – S vitamini yetishmasligi (70-100 foiz aholida) ; hamma joyda V guruhi vitaminlari va folat kislota taqchilligi (60-80 foiz aholida); - karotin yetishmasligi (40-60 foizida); ba’zi mineral moddalar va mikroelementlar ( kalsiy, temir, yod, ftor, selen, rux) yetishmasligi; ovqat tolalari taqchilligi. Hozirgi paytda bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir kо‘rsatish bо‘yicha “mikronutriyentlar” – vitaminlar, mikroelementlar, alohida YATEK va boshqalarning tanqisligi yetakchi о‘rinda turibdiki, bu oksidantlargaqarshi himoya tizimi ishining va immun tanqisligi xolatlarining rivojlanishi oqibatida organizmning tevarak-atrof muhitidagi yomon ta’sirlarga qarshi kurashish qobiliyati keskin pasayishiga olib keladi. Butun dunyoda ovqatlanish muammolariga alohida e’tibor qaratilmoqda va buning о‘ziga xos sabablari bor, albatta. Aholining juda katta qismida, shu jumladan, bolalar, о‘smirlar va yoshlarda ham quvvat sarflanishi eng past darajagacha kamaygan. Bu – sivilizasiya qulayliklari uchun inson tо‘layotgan haqdir. Quvvat sarflanishining keskin pasayishi quvvatga va uning asosiy manbai bо‘lmish ovqatga bо‘lgan ehtiyojining keskin kamayishiga olib keladi. Ayni paytda, boshqa hayotiy zarur bо‘lgan oziq-moddalari, qisman, mikronutriyentlarga bо‘lgan ehtiyoj sezilar- sezilmas о‘zgargan, kundalik ovqatlanishning zichligi, ya’ni ularning foydali moddalar, shu jumladan, mikronutriyentlar bilan boyitilganligi deyarli о‘zgarmagan. Bu esa zamonaviy inson oddiy tabiiy maxsulotlardan keraklicha miqdordagi mikronutriyentlar ololmasligining yagona sababidir. Shu tariqa, mikronutriyentlar tanqisligi dasturlashtiriladi. Bunday vaziyatda oziq moddalarning yangi manbalarini izlab topish, oziq-ovqat ishlab chiqarishni kengaytirish birinchi о‘ringa chiqadi. Biotexnologiya yangi ufqlarni ochmoqda. Qishloq xо‘jaligi amaliyotida transgen yoki irsiy shakli о‘zgartirilgan iste’mol xususiyatiga ega bо‘lgan viruslarga chidamli о‘simliklar hayotga tadbiq etilmoqda. Bu о‘simliklarning maxsulotlari allaqachon amerikaliklar dasturxonidan keng о‘rin egallagan. Aholi ovqatlanishining tuzilishini yaxshilashga kо‘maklashuvchi ikkinchi yо‘nalish, bu – oziq-ovqat sanoatida yuqori texnologiyalardan foydalanish va tabiiy maxsulotlarning kimyoviy tarkibi о‘zgargan turli xillarini yaratishdir. Bu yо‘nalishdagi eng katta yutuq, bu – millatning kelgusi salomatligini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan maxsus bolalar oziq-ovqat maxsulotlaridir. Ovqatlanishni yaxshilashda nisbatan samarali roq va jadalroq uchinchi yо‘l esa qisman mikronutriyentlar tanqisligini yо‘qotuvchi ovqatga biologik faol qо‘shimchalarni qо‘llashdan iboratdir. Biologik faol moddalar boyitilgan tabiiy oziq-ovqatlarning botiniy tarkibiy qismlari, ya’ni vitaminlar, mineral moddalar va mikroelementlar, alohida yog‘ kislotalari fosfolipidlar va borshqalardan iboratdir. Ulardan foydalanish essensial oziq-moddalar tanqisligi о‘rnini tо‘ldirish, organizmning atrof-muhit salbiy omillarini noxush ta’siriga qarshilik kо‘rsata olish qobiliyatiga oshirish, immunitetni yaxshilash, ovqatlanishni iloji boricha har bir odamning organizmiga moslash imkonini beradi. XX1 asr oziq-ovqati formulasi (tabiiy) mahsulotlar, shu jumladan, irsiy shakli о‘zgartirilgan, ma’lum kimyoviy tarkibdagi tabiiy maxsulotlar va biologik faol qо‘shimchalardan iborat bо‘ladi. Ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi mutaxassislarning fikricha, sog‘lom ovqatlanish formulasi uchta teng tarkibiy qismlar – iqtisodiy imkoniyatlar, oziq-ovqatlarning xilma-xilligi va oqilona ovqatlanish borasidagi bilim darajasining yig‘indisidan iboratdir. Ilova 1 Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling