Vi bob elektrolitik dissotsilanish


Konsentrlangan nitrat kislota, asosan, qanday idishlarda tashiladi? A) aluminiy B) po‘lat C) temir D) cho‘yan 31


Download 407.94 Kb.
bet53/83
Sana07.05.2023
Hajmi407.94 Kb.
#1438807
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Bog'liq
III-KITOBCHA

30. Konsentrlangan nitrat kislota, asosan, qanday
idishlarda tashiladi?
A) aluminiy B) po‘lat C) temir D) cho‘yan


31. Konsentrlangan sovuq nitrat kislota . . . metallar
yuzasini passivlashtirib qo‘yganligi sababli bu
metallardan tayyorlangan idishlarda saqlanishi
mumkin.
A) Fe, Cr, Al B) Fe, Cr, Cu
C) Cu, Zn, Cd D) Ag, Au, Fe


32. 130 litr ammiak bilan kislorod aralashmasi Pt
katalizatori ishtirokida oksidlandi. Suv bug’lari
kondensatlangach 22 litr O2 ortib qoldi.
Boshlang’ich aralashmadagi NH3 ning
hajmini (l) toping..
A) 48 B) 60 C) 50 D) 70


33.70 litr ammiak bilan kislorod aralashmasi Pt
katalizatori ishtirokida oksidlandi. Suv bug’lari
kondensatlangach 25 litr O2 ortib qoldi.
Boshlang’ich aralashmadagi NH3 ning
hajmini (l) toping.
A) 20 B) 50 C) 25 D) 40
*******************************************
Nitrit va nitrat kislota
1.Mo`l miqdordagi azot (IV) oksidi suvda eritilganda qanday moddalar hosil bo`ladi.
1) ammoniy nitrat; 2) nitrat kislota; 3) nitrit kislota; 4) azot; 5) ammiak; 6) azot(II)oksid;
A)1, 3 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 4, 5, 6


2.Azot(IV)oksidning kislorod ishtirokisiz mo`l miqdordagi KOH eritmasiga yuttirilishidan 0,4 mol kaliy nitrat hosil bo`ldi. Bunda yana qanday modda necha gramm hosil bo`ladi?
A) nitrat kislota -50
B) ammoniy gidroksid - 35
C) kaliy nitrit- 34
D) ammiak 34


3.Havo kislorodi ishtirok etgan sharoitda 18,4 g azot (IV) oksid suvda eritilganda hosil bo`lgan mahsulotning massasini toping
A) 25,2 B) 12,6 C) 14,5 D) 14,9
4.89,2 g suvda 5,4 g azot (V) oksid eritilsa, hosil bo`lgan eritmadagi nitrit kislotaning massa ulushi necha foizga teng bo`ladi.
A) 6,7 B) 13,4 C) 12,6 D) 5,4


5.2000 °C da ikkita rangsiz gazlar aralashmasi qizdirilganda, havoda oksidlanib 0,2 mol qo`g`ir rangli gaz hosil bo`ladi. Uni kislorod ishtirokida 150 g suvda eritilganda, hosil bo`lgan kislotaning konsentratsiyasi (%) qanchaga teng bo`ladi.
A) 7,9 B) 12,6 C) 11,6 D) 10,6


6.Azot (IV) oksidning kislorod ishtirokida suvda erishi natijasida hosil bo`lgan kislotani neytrallash uchun 3,2 g natriy gidroksid sarflandi. Reaksiya uchun olingan oksidning hajmini (ml. n.sh.) aniqlang.
A) 1800 B) 17,92 C) 180 D) 1,8


7.Ammiakni katalitik oksidlashda NO ning unumi 96%, gazni yuttirish kolonnasida HNO3 kislotaning chiqishi 92% bo`lsa, 1 l NH3 dan necha ml 52% li (ρ= 1,432 g/ ml) nitrat kislota olish mumkin.
A) 3,33 B) 1,45 C) 3,16 D) 2,15


8.Momaqaldiroq va chaqmoq paytida yomg`ir suvida qanday kislota bo`ladi.
A) H2SO3 B) H2S C) H2SO4 D) HNO3


9.Kontakt apparatida okisidlanish mahsulotining unumi 90% yuttirish kolonnnalarida kislotaning chiqishi esa 92% bo`lsa bir tonna ammiakdan qancha (t) 5,8% li nitrat kislota hosil bo`ladi.
A) 6,0 B) 4,4 C) 5,7 D) 5,2


10.Ammiakning mol miqdordagi kislorodda (platina ishtirokida) yoqilishidan olingan mahsulot o`z-o`zidan jigarrangga kiradi. Shu mahsulotning kislorod ishtirokida suvda eritilishidan hosil bo`lgan moddaning molekulyar massasini toping.
A) 63 B) 98 C) 17 D) 47


11.Suyultirilgan nitrat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishmaydi.
1) natriy ishqor; 2) sulfat kislota; 3) temir(II) nitrat; 4) rux oksid; 5) kalsiy nitrat;6) azot(IV) oksid; 7) rux karbonat; 8) platina;
A)1, 6, 7, 8 B)2,5,6,7 C)1, 2, 3, 4 D) 2, 5, 6, 8


12.Suyultirilgan nitrat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi.
1) natriy ishqor; 2) sulfat kislota; 3) mis;
4) rux oksid; 5) kalsiy nitrat; 6) azot(IV)oksid;
7) rux karbonat; 8) Platina;
A) 2, 5, 6, 7 B) 2, 5, 6, 8
C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 6, 7, 8


13.Mo`l miqdorda olingan juda suyultirilgan nitrat kislota bilan rux oksidning o`zaro ta`siridan olingan eritmaga ishqor ta`sir ettirilsa qanday gaz ajraladi.
A) azot(II)oksid B) azot C) vodorod D) ammiak


14.Magniyning suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyasida NO hosil bo`lgan. Unda 3 mol magniy necha mol HNO3 bilan reaktsiyaga kirishgan.
A) 8 B) 4 C) 2,7 D) 2,0


15.Magniyning suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyasida NO hosil bo`lgan. Unda 1,5
mol magniy necha mol HNO3 bilan reaksiyaga kirishgan. A) 4 B) 10 C) 2,0 D) 8


16.0,1 mol simob suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda, necha gramm simob(II) nitrat hosil bo`ladi va qanday gaz ajralib chiqadi.
A)97,2;O2 B)32,4: H2 C)32,4;NO D)97,2;NO


17.Tarkibida 38% mis bo`lgan oltin qotishmasining 10 g miqdorini eritish uchun tarkibida necha gramm nitrat kislota bo`lgan eritma talab etiladi. Nitrat kislota NO holigacha qaytariladi.
A) 9,975 B) 12 C) 26,25 D) 30,4
18.6,4 g mis kontsentrlangan nitrat kislota bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo`lgan gaz kislorod ishtirokida 48 g suvda eritildi. Hosil bo`lgan eritmadagi kislorod atomlari soni
A)19,0∙1023 B) 48,4∙1023 C) 2,4∙1024 D) 6,2∙1023
19.Massasi 100 g bo`lgan konsentrlangan (63% li) nitrat kislota eritmasida necha mol mis eriydi. Reaksiya natijasida necha litr (n.sh.da) gaz ajralib chiqadi.
A) 0,16 Cu, 5,6 l gaz B) 3,2 Cu, 22,4 l gaz
C) 0,25 Cu, 11,2 l gaz D) 16 Cu, 11,2 l gaz


20.95,2 g kalay etarli miqdordagi kontsentrlangan nitrat kislota bilan ta`sirlashganda 0,8 mol β-qalay kislota va ... l (n.sh.) azot (IV) oksid hosil bo`ladi.
A) 71,68 B) 39,6 C) 84,2 D) 59,74


21.Ma`lum massaga ega bo`lgan misni nitrat kislotada eritish kerak. Bu vazifani 30% li yoki 60% li eritmadan foydalanib bajarilganda sarf bo`lgan kislotalarning bir-biriga miqdoriy nisbatlari qanday bo`ladi. A) 1; 1,5 B) 1; 2,07 C) 1,5; 1 D) 1; 2


22.Konsentratsiyasi 94% bo`lgan nitrat kislota (ρ=1,49 g/ml) bilan misni oksidlab olingan gaz kislorod ishtirokida suvda eritildi va hosil bo`lgan kislotani neytrallash uchun 23,8 ml 10% li natriy gidroksid (ρ=1,11 g/ml) sarf bo`ldi. Mis bilan reaksiyada qatnashgan nitrat kislota hajmi (ml) -
A) 6,47 B) 5,94 C) 12,3 D) 7,42


23.Qancha hajm (ml) konsentrlangan nitrat kislota (ω=80%, ρ=1,45 g/ml) bilan misning reaksiyada 1,204∙1023 dona gaz molekulalari ajraladi.
A) 14,8 B) 21,7 C) 25,2 D) 31,5



Download 407.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling