Vi bob. Iste'mol, jamg'arish va investitsiya funksiyalari
Download 90.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqHujjat (4)
MPS - „—100Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) jamg'arishga chegaralangan moyillik. MPC + MPS yoki 1 MPS va MPS ancha barqaror ko'rsatkichlar bo'lib, juda sekin o'zgarishga uchraydilar. 6.3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi Investitsiyalar yoki kapital qo 'yilmalar bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapitaldir. O'zining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko'ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko'rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog'liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Sarmoya kiritishda har xil vaqtda kelib chiqadigan xarajatlar va daromadlarni (foydalarni) taqqoslash zarur. Investitsiya subyektlari: hukumat, firmalar, banklar, uy xo'jaliklari, jismoniy shaxslar, xorijiy tashkilotlar va davlatlar. Ular investorlar deb nomlanadi va ichki va tashqi deb tasniflanadi. Investitsiya offlektlariga pul qo'yİladİgan joylar kiradİ: moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy ob'ektlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma va boshqalar. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko'p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko'ra uch turga bo'linadi. l. Ishlab chiqarish investitsiyalari (yangi bino va inshootlami qurish, yangi uşkunalar, texnika va texnologiyalarni sotib olish); Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya (xom ashyo va materiallarni qo'shimcha sotib olish); Uy-joy qurilishiga investitsiya (uy-joy va ijtimoiy ob'ektlarni qurish); Inson kapitaliga investitsiya (ta'lim, sog'liqni saqlash, kaşbhunar ta'limi va hokazolarga). Investİtsİyalar yo'naltİrİlganlİgİ va ulardan foydalanish xususiyatiga qarab, ular real va moliyaviy bo'linadi. Haqiqiy investitsiyalar - bu ishlab chiqarish vositalari, moddiy boyliklar va zaxiralarni ko'paytiradigan iqtisodiy faoliyatga sarmoyalar. Moliyaviy investitsiyalar bu aktsiyalarga, obligatsiyalarga, veksellarga va boshqa qimmatli qog'ozlar va moliyaviy vositalarga investitsiyalar. Ular real sarmoyalarning qo'shimcha manbalarini kengaytiradilar. Mulkchilik shakliga ko'ra xususiy va davlat İnvestitsiyalari farqlanadi. Xususiy investitsiyalar - bu nodavlat korxonalariga (yangi qurilish, uşkunalar sotib olish va boshqalar) investitsiyalar. Davlat investitsiyalari bu davlat sektoriga sarmoyalar (aeroportlar, temir yo'llar, metro va boshqalar). Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko'rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo'yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o' zgarishini ko'rsatadi. Avtonom invstisiya funksiyasi quyidagi ko'rinishga ega: 1=e-dR Bu yerda: I — avtonom investitsiya xarajatlari; e — foiz stavkasi 0 ga teng to'lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R — real foiz stavkasi; d — investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o'zgarishga ta'sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffisiyent. 6.3-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi 1 Grafikdan le nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko'p bo'lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma'lum miqdor bilan chegaralanadi. 1-jadval O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida Manba: O 'zbekiston Respublikasi davlat statistika ma 'lumotlari
asosida tuzilgan 6.4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo'lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o'rtasida teskari bog'liqlik bo'lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o'rtasida to'g'ri bog'liqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me'yori foiz stavkasidan yuqori bo'lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo'lsa, investitsiyalash foydali bo'lmay qoladi. Misol uchun, zavodga 100000 so'mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo'llashdan zavod 10.000 so'm sof foyda Olgan bo'lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: KSFN 10000 / 100000 x 100 = 10%. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o'zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko'rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo'lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta'sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: Soliqqa tortish darajasi; Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o'zgarishlar; Mavjud bo'lgan asosiy kapital miqdori; Investorlarning kutishi; Yalpi daromadlarning o'zgarishi. Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o'zgarmagan sharoitda ham) ko'payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog'liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I = f(Y), ya'ni investitsiyalar (I) YaMM (Y) ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to'liqroq ko'rinishi quyidagicha bo 'ladi: Ireja+ TY bu yerda: Ireja rejalashtirilgan investitsiyalar; Y — YaIM (daromad) hajmi. A Y Yt- Yt-l Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin: YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko'payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya'ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo'sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo'lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo'lmaydi. Daromad o'zgarishining investitsiya hajmining o'zgarishiga bog'liqligini aniqlash uchun indikator sifatida investitsiya multiplikatori (M) ishlatiladi. Multiplikator (multiplikator, koeffitsient) atamasi iqtisodiy nazariyaga 1931 yilda ingliz iqtisodchisi R.Kan tomonidan kiritilgan. U investitsiyalarning ko'payishi bilan milliy mahsulot yoki daromadning o'sish hajmini ko'rsatadi. Quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: AYaMM Al bu yerda: AYaMM - YaMM hajmining o'zgarishi; Al investitsiyalar hajmining o'zgarishi. Multiplikator samarasi shundaki, investitsiyalarning ko'payishi investitsiyalarning dastlabki o'sishidan kattaroq hajmga milliy mahsulot yoki daromadning o'sishiga olib keladi. O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar l. ”Avtonom iste'mol” nima? Iste'mol va jamg'arish grafiklaririni izohlang. Iste'molga o'rtacha va chekka moyillik qanday aniqlanadi? Jamg'arishga o'rtacha va chekka moyillikni qanday tushunasiz? ”Yalpi” va ”sof investitsiya” tushunchalarining mohiyatini tushuntiring. Haqiqiy investitsiyalar qanday ifodalanadi? Qaysi mablag'larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? Download 90.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling