Hofiz Tanish Buxoriy. (1549-1589). XVI asrda o`tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim. Otasi Mir Muhammadl al-Buxoriy Buxoroning ko`zga ko`ringan boyonlaridan bo`lib, Shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan bo`lgan.
Fanni bilish uchun !!!
Manbashunoslik fanini o'rganishdan maqsad talabalarda
ushbu fan sohasi to'g'risida umumiy tushuncha hosil qilish va
ularda qiziqish uyg'otish va O`zbekiston tarixini manbalar
asosida mustaqil o'rganishga harakat qildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, ma'lumot
beruvchi shaxs, guruh, firqa, sulola, mazhab va mamlakatlar
manfaati yo'lida turlicha talqin qilinishi mumkin.
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muhim
sohalaridan biri bo`lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va
boshqa) manbalarni o'rganish hamda ulardan ilmiy
foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganadi.
Hozircha mavjud darslik va qo'llanmalar ichida akademik
B.Ahmedovning "O'zbekiston tarixi manbalari" darsligi
ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin.
Qimmatli ma'lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar
yanada mukammal darslik uchun asos bo" lib xizmat qiladi.
Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi turkiy til va g'arb tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu sohada rus tili ham ma`lum mavqega ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |