4 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Ma‟lumotlarni tanlash va ular ustida amallar
Ishdan maqsad: Talabalarda DML komandalaridan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo‟yilishi: Avvalgi laboratoriya mashg‘ulotida yaratilgan futbol klubining MB ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar:Ma‘lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma‘lumotlami boshqarish tili (DML – Data Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha
ma‘lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ulaming tavsifi ba‘zan so'rovlar tili (querylanguage) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta‘minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma‘lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi.
DML tili so‟rovlari:
SELECT – Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM // jadvalni to’liq chiqarish SELECT FROM // jadval ustunlarini chiqarish
21
INSERT – SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO VALUES (“ustun_info”, “ustun_info”, … );
DELETE – satrlarni jadvaldan o‘chirish buyrug‘i.
Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETE FROM WHERE qidiruv_sharti;
UPDATE – Maydon qiymatlarini o‘zgartirish buyrug‘i.
Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE SET column=expression;
UPDATE SET column=expression
WHERE qidiruv_sharti;
Ishni bajarish tartibi
Avvalo 3-laboratoriya ishida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Endi o‘sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o‘tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz.
1.Jadval ob‘yektlariga qiymatlar beramiz:
So`rov: Insert into oltin_rudasi(id, ulushi, qazib_olingan_koni,sanasi) values(1, 75.5, „marjonbuloq_karyeri‟,‟27.09.2019‟); Natija:
4.1-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga ma‘lumotlarning kiritilishi.
Jadvalni tanlaymiz va SELECT operatori orqali ekranga chiqaramiz.
So`rov: Select * from oltin_rudasi;
22
Natija:
4.2-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga kiritilgan ma‘lumotlarni ko‘rish.
3.MB ga yangi jadval qo‘shamiz va UPDATEdan foydalanib maydonga qiymat beramiz.
So`rov: Alter table oltin_rudasi add korpus varchar(20); Update oltin_rudasi set korpus=‟flotatsiya‟ where id=1; Natija:
4.3-rasm. Oltin_rudasi jadvalida UPDATE operatori orqali mavjud ma‘lumotni o`zgartirish.
DROP operatori orqali jadvalni o‘chiramiz:
So`rov: drop table oltin_rudasi;
23
Vazifalar
Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da DML buyruqlari bilan ishlaymiz.
MySqlda jadval ma‘lumotlar kiritaming.
Jadvallar atributlarinini o`zgartiring.
Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang).
Nazorat savollari
SELECT buyrug`iga misol keltiring.
(*) nima vazifani bajaradi.
INSERT buyrug`ining barcha imkoniyatlarini ko`rsating.
AUTO_INCREMENT bo`lgan atribut INSERT buyrug`iga e`lon qilinishi shartmi?
UPDATE buyrug`i imkoniytalari.
WHERE buyrug`idan nima uchun foydalaniladi?
REPLACE buyrug`ining vazifalari nimalardan iborat?
UPDATE buyrug`ining vazifalari nimalardan iborat?
SQL tilida jadval nomlarini o‘zgartirish.
SQL tilida jadval yozuvlarini o‘zgartirish.
SQL tilida jadvaldan yozuvlarini olib tashlash.
SQL tilida jadvalga yangi yozuvlarini qo‘shish uchun qanday buyruq beriladi?
SQL tilida jadvaldan ustunlarni olib tashlash uchun qanday buyruq beriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |