Vi– semester. 3-mavzu: O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizasiya jarayonlari ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.81 Mb.
bet10/12
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1305697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-maruza mashg`uloti

16-modda. Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.


3.4. Ta’lim tizimi va turlari
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;

  • kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim-Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
Kasb-hunar ta’limi-2019/2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling