Vi– semester. 3-mavzu: O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizasiya jarayonlari ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.81 Mb.
bet11/12
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1305697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-maruza mashg`uloti

Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.
Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim.
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: tayanch doktorantura; doktorantura; mustaqil izlanuvchilik.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish-yangi kasbiy bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv va pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va yetarli darajada hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli.
Maktabdan tashqari ta'lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning taiimga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularningbo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling