Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari
Download 0.69 Mb.
|
VII BOB(3)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68-§. Manba qisqichlaridagi kuchlanish
A = QP + T(𝞉A/𝞉T)p
bunda p indeks tegishli kattaliklar oʼzgarmas tashqi bosim ostida oʼlchanganini koʼrsatadi (Gibbs—Gelmgols formulasi). Bunga Qp oʼrniga tekstla keltirilgan Qx uchun yozilgan ifodani qoʼyib va A=Ԑq deb quyidagini olamiz: Ԑ=(p1K1+p2K2)+T(𝞉Ԑ/𝞉T)p bunda oʼng qismdagi birinchi qoʼshiluvchi birlik oʼtgan zaryadga moʼljallangan elementdagi Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektidir. Bu munosabatni Gelmgols olgan edi va u galvanik elementlar nazariyasida asosiy hisoblanadi. Biz galvanik element koʼrinishidagi tok manbayini qarab chiqib Om qonuni (67.2) ni oldik. Аmmo bu qonun umumiy ahamiyatga ega. Har qanday tok manbayini, uning elektr yurituvchi kuchi bilan shunday xarakterlash mumkinki, bunda Om qonuni (67.2) oʼrinli boʼladi. Har qanday manbaning e. yu. k. ni tajribada oʼlchash oson boʼlgani uchun (68- §), (67.2) formula katta ahamiyatga ega boʼlib, u har qanday zanjirdagi tok kuchini hisoblashga imkon beradi. Om birinchi bo’lib bu (67.2) qonunni tajribada boshqa yoʼl bilan aniqlaganligini qayd qilib oʼtamiz. U galvanik element bilan emas, balki termoelement bilan eksperiment oʼtkazib, bu qonunni nazariy tushuntirishda Elektr tok bilan suyuqlik. va issiqlik oqimlari oʼrtasidagi oʼxshashlikdan foydalangan edi. 68-§. Manba qisqichlaridagi kuchlanish Tok manbayi oʼzgaruvchan tashqi qarshilik R va ampermetr А dan iborat zanjir berilgan boʼlsin (92- rasm). Manba qisqichlaridagi kuchlanishni voltmetr yordamida oʼlchaymiz. Voltmetrning ulanishi 1 va 2 nuqta orasidagi kuchlanishni oʼzgartirmasligi uchun voltmetr qarshiligini yetarlicha katta qilib olamiz. Voltmetr ko’rsatadigan kuchlanish zanjirdagi tok kuchiga bogʼliqligini topamiz. 92-rasm. Ishlayotgan manba qisqichlaridagi kuchlanishni o’lchash. Zanjir ochiq boʼlganda (I= 0) u eng katta boʼlib, tashqi qarshilik R ni nolgacha kamaytirganda (ampermetr qarshiligini ham qoʼshganda) nolga intiladi. Ishlayotgan manba qisqichlaridagi kuchlanish o’zgaruvchan kattalik boʼlib, manba nagruzkasiga bogʼliq. Buning tushuntirilishini Om qonunidan topamiz. Voltmetr koʼrsatadigan kuchlanish 1 va 2 nuqtalar orasidagi kuchlanishdir. Om qonuni (57-1) ni e. y. k. boʼlmagan tashqi 2 R1 zanjirga tatbiq qilib quyidagini olamiz: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling