Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari


Download 0.69 Mb.
bet4/15
Sana29.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1139919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
VII BOB(3)[1]

Qx = А+QT (67.1)
bunda А — tok bajargan ish. Аlbatta, bu formulaga kirgan barcha kattaliklar bir sistema birliklarida (issiqlik yoki mexanikaviy birliklarda). ifodalanishi lozim.
Juda aniq fikr yuritganimizda biz yana quyidagini: tok borligida ikki turli o’tkazgich kontaktlarida qo’shimcha miqdorda issiqlik ajralishi yoki yutilishini (tokning yoʼnalishiga bogʼliq ravishda) hisobga olishimiz lozim edi. Biroq Peltye issiqligi deb ataladigan bu issiqlik (200- § ga q.) odatda kimyoviy reaksiyalardagi issiqlik va Joul—Lens issiqligiga qaraganda ancha kam, shuning uchun ham ularni hisobga olmasa ham boʼladi.
Hatto kvazistatik rejimda kimyoviy reaksiyaning hamma energiyasi tok bajargan ishga aylanmay, faqat ,
А = Qx-QT
farqigina aylanadi. Аgar biz elementdan chekli bir tok kuchi olgan boʼlsak, unda element ichida qoʼshimcha protsesslar roʼy berardi. Bu protsesslar kontsentratsiyalar va temperaturalar farqi bilan bog’liq boʼlgan protsessdir. Tokning foydali ishi bundan ham kam boʼladi. Kvazistatik protsess uchun А kattalik kimyoviy reaksiyaning maksimal ishi deyiladi. Berilgan temperaturadagi maksimal ish QX energiyaning maʼlum ulushidan iborat boʼlib, u ham Qx kabi zanjir orqali oʼtgan zaryad kattaligiga proportsional. Shuning uchun
А =Ԑq
deyish mumkin, bunda Ԑ—birlik zaryadga moʼljallangan muayyan kimyoviy reaksiyaning (yoki reaksiyalarning) maksimal ishi. U galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi deb ataladigan boʼldi.
А ni tokning toʼliq ishiga (tashqi zanjir va manba ichidagi) tenglashtirib,
Ԑq =RI2t + rI2t
ga ega boʼlamiz, bunda g — elementning ichki qarshiligi. Tenglikning ikkala qismini zaryad kattaligi q = It ga boʼlib, quyidagini topamiz:
I=I/(R+r) (67.2)
Olingan bu qonun (67.2) yopiq zanjir uchun Om qonuni deyiladi. Tashqi va ichki qarshiliklarning yigʼindisi (R + r) ni zanjirning toʼla qarishligi deyiladi. (67.2) formula har qanday galvanik element uchun unga xarakterli boʼlgan kattalikni — elektr yurituvchi kuchni shunday tarzda kiritish mumkinki, uni zanjirning toʼla qarshiligiga boʼlishdan chiqqan boʼlinma zanjirdagi tok kuchiga teng boʼladi.
(67.2) dan Ԑ ning oʼlchamligi kuchlanish oʼlchamligiga mos kelishi koʼrinib turibdi, shuning uchun e. y. k. ham kuchlanish birliklarida ifodalanadi.
Kimyoviy reaksiyada ajralgan QX energiya kabi berilgan kattalikdagi zaryadning oʼtishidagi А maksimal ish ham faqat elektrodlar va elektrolitning tabiatigagina bogʼliq. Shuning uchun galvanik elementning e. yu. kuchi uning tarkibiga kiruvchi moddelarnnng turiga bogʼliq boʼlib, element oʼlchamlariga bogʼliq boʼlmay- di. Аksincha, elementning ichki qarshiligi esa, har qanday boshqa oʼtkazgichlar singari, uning oʼlchamlari va shakliga bogʼliq.
Yuqorida biz galvanik elementning e. yu. k. ning Kimyoviy reaksiyaning maksimal ishi orqali aniqlagan edik. Biroq e. yu. k. ni bevosita Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti orqali ifodalash ham mumkin. Termodinamikada har qanday izotermik kvazistatik protsessda bajariladigan А ish manbadan olayotgan Qp issiqlik miqdori bilan quyidagi munosabat orqali bogʼlangan koʼrsatiladi:

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling