i-i1-i2=0
Kirxgofning ikkinchi qoidasini ar1бr1a va ar1бԐa ko’nturlarga tatbiq qilib va ularni soat strelkasi boʼyicha aylanib oʼtib, quyidagiga ega bulamiz:
-r1i1+r2i2=0, ri+r1i=Ԑ.
Biz uchta nomaʼlum tokni aniqlash uchun uchta tenglama oldik, bundan boshqa mustaqil tenglamalar Yoʼqligiga osongina ishonish mumkin.
Dastlabki ikki tenglamadan tokni yoʼqotib, quyidagi munosabatni olamiz:
I2/i=r1/(r1+r2)
98- rasm. Qarshiliklarni parallel ulash.
Oʼsha tenglamalarning oʼzidan i2 tokni yoʼqotib, quyidagini topamiz:
I1/i=r2/(r1+r2)
Shuningʼ uchun
I1/i2=r2/r1
Parallel ulangan ikki oʼtkazgichdagi toklar nisbati ularning qarshiliklari nisbatiga teskari boʼladi.
i1 uchun yozilgan ifodani sistemaning uchinchi tenglamasiga qoʼyib, quyidagini topamiz:
i(r+r1r2/(r1+r2))=Ԑ.
Olingan ifodani Om qonuni (62.2) bilan taqqoslab, parallel ulangan ikkala oʼtkazgichning qarshiligi quyidagi qarshilikka ega boʼlishini koʼramiz:
R=r1r2/(r1+r2)
Olingan natijani yana ham qulayroq koʼrinishda yozish mumkin:
1/R=1/r1+1/r2
Аgar ikki oʼtkazgich oʼrnida istalgancha miqdordagi oʼtkazgichlarni qarab chiqsak, u holda natija shunga oʼxshash boʼladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |