Vii bob. Geografik kartalarning tasnifi, turlari va tiplar1
Kartalami masshtabi va egallagan maydoniga
Download 142.84 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masshtabi 1:100 000 va undan yirik bo ‘Igan umumgeografik kartalar topografik kartalar
- Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 ООО 000gacha b o ‘Igan umumgeografik kartalar obzor topografik kartalar deb ataladi.
7.2. Kartalami masshtabi va egallagan maydoniga
ko‘ra tasniflash Masshtabining yirik-maydaligiga qarab kartalar quyidagi uchta guruh bo'linadi. — yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik); — o‘rta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha); — mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda). Masshtabi 1:100 000 va undan yirik bo ‘Igan umumgeografik kartalar topografik kartalar deyiladi. Bu kartalarda hudud topografik jihatdan aniq va mukammal tasvirlanadi. Shuning uchun ham topografik kartalar hududni aniq va mukammal o‘rganish hamda tekshirish, turli inshootlar qurish, shuningdek, aniq o‘lchash va hisoblash ishlarida keng qo‘llaniladi. Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 ООО 000gacha b o ‘Igan umumgeografik kartalar obzor topografik kartalar deb ataladi. Bu kartalarda hudud topografik kartalarga qaraganda birmuncha umumlashtirib tasvirlanadi. Ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish rejalari va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlarini joylarini belgilashda, hududni dastlabki o‘rganishda keng foydalaniladi. Obzor topografik kartalar hududni geografik jihatdan o‘rganish, geografik rayonlashtirish, shu karta masshtabida turli xil mavzuli va maxsus kartalar hamda mayda masshtabli obzor kartalar va atlaslar tuzishda asos sifatida, harbiy ishlarda esa turli operativ-taktik masa- lalami hal qilishda qo‘llaniladi. Masshtabi 1:1 000 000 dan mayda bo‘Igan umumgeografik kartalar obzor kartalar deyiladi. Bu kartalarda hudud topografik jihatdan ancha umumlashtirib tasvirlanadi. Shuning uchun ham ular hudud to ‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarnigina bera oladi. Kartalar egallagan maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar, materiklar, qit’alar, okeanlar, dengizlar, alohida davlatlar kartalari 90 va boshqa kartalarga bo‘linadi. Tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va ma’muriy-hududiy tamoyillarga (bo‘linishga) ko‘ra har bir davlat yoki materik kartalarini yana guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, materiklarning tabiiy geografik rayonlari kartasi, alohida davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari kartasi bunga misol bo‘la oladi. Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqada- ryo, Surxondaryo, Qizilqum, Ustyurt va Quyi Amudaryoning karta- iarini 0 ‘zbekistonning tabiiy-geografik rayonlari kartalariga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Toshkent, Mirzacho‘l, Samarqand. Farg‘ona, Buxoro-Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qo‘yi Amudaryoning kartalarini 0 ‘zbekistonning iqtisodiy-geografik rayonlari kartalariga misol qiiib ko‘rsatish mumkin. Dunyo okeani kartalari ham dastlab okeanlar yoki ulaming havzalari va so‘ngra alohida-dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘gsozlar kartalariga bo‘linadi. Alohida davlatning ma’muriy- hududiy bo‘linishi kartalariga misol qilib 0 ‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy viloyatlar va tumanlar kartalarini ko‘rsatsa bo'ladi. Download 142.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling