Vii bob. Geografik kartalarning tasnifi, turlari va tiplar1


Download 142.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi142.84 Kb.
#1545051
  1   2   3   4
Bog'liq
14-Ma\'ruza



VII bob. GEOGRAFIK KARTALARNING TASNIFI,
TURLARI VA TIPLAR1
7.1. Geografik kartalarning tasnifi.
Tasniflash prinsiplari
Geografik kartalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Kartalar ulami 
o'rganish. hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun 
tasniflanadi. Kartalami ilmiy asosda tasniflash ulaming alohida turlari- 
ga xos bo'lgan xususiyatlar va qonuniyatlami o‘rganishni osonlashtiradi. 
Shuningdek, u kartografik ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘z aksini 
topadi va korxona ishini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam beradi
shuningdek u kartalarning kataloglarini tuzish, ulami kartalar saqlana- 
digan xonalarda sistemali ravishda joylashtirish va saqlash uchun zarur; 
va nihoyat, kartalar saqlanadigan joylar, masalan, kutubxonalar uchun 
tasniflash ayniqsa muhim. Zero, tasniflash kerakli kartalami tez axtarib 
topishni va ulami foydalanuvchilarga o ‘z vaqtida etkazib berishni 
ta'minlaydi. informatsion-kartografik xizmatga avtomatizasiyani joriy 
etish uchun barcha turdagi kartografik asarlar albatta tasniflangan 
bo‘lishi lozim.
Geografik kartalami tasniflashda ularda tasvirlangan hududning 
maydoni, kartaning masshtabi, mazmuni, maqsadi, matematik asosi
davri, nashr qilingan joyi, yili, tili va boshqa xususiyatlari asos qilib 
olinishi mumkin. Har qanaqa ilmiy tasnif qator mantiqiy talablami 
qoniqtirishi kerak.
Birinchidan — umumiy tushunchadan xususiy tushunchaga 
o‘tishda (keng tushunchani ancha tor tushunchalarga bo‘lib yuborishda 
darajama-daraja borish) ketma-ketlik bolishi shart.
Ikkinchidar — tasnifning bar bir pog‘onasida bo‘lishning ma’lum 
aniq belgisini q о‘Hash zarur.
Uchinchidan — keng tushunchani ancha tor tushunchalarga 
bo‘lgan paytda, ulami umumiy yig‘indisi keng tushuncha hajmiga 
mos kelishi kerak.
Tasnifni har bir pog‘onasida ajratilgan guruhlar o'zaro bir-biridan 
aniq farqlanishi kerak. Lekin, tasnif qancha maydalansa amalda bu 
talabni amalga oshirish shuncha qiyinlashib boradi.
89


Hamma turdagi kartografik asarlarni to'plovchi va ularni 
saqlovchi muassasalar dastlab ularni shakliga (bichimiga) ko‘ra 
guruhlarga ajratadi, bunda geografik kartalar, atlaslar, relyef kartalari, 
va globuslar alohida tasniflanadi. Turgan gap, kartografiya rivoj- 
lanishi bilan geografik kartalami tasnif qilish ham o‘zgarib takomil- 
lashib boradi.

Download 142.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling