Vii bob. Geografik kartalarning tasnifi, turlari va tiplar1


Kartalami masshtabi va egallagan maydoniga


Download 142.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi142.84 Kb.
#1545051
1   2   3   4
Bog'liq
14-Ma\'ruza

7.2. Kartalami masshtabi va egallagan maydoniga 
ko‘ra tasniflash
Masshtabining yirik-maydaligiga qarab kartalar quyidagi uchta 
guruh bo'linadi.
— yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik);
— o‘rta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha);
— mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda).
Masshtabi 1:100 000 va undan yirik bo ‘Igan umumgeografik kartalar
topografik kartalar deyiladi. Bu kartalarda hudud topografik jihatdan 
aniq va mukammal tasvirlanadi. Shuning uchun ham topografik kartalar 
hududni aniq va mukammal o‘rganish hamda tekshirish, turli inshootlar 
qurish, shuningdek, aniq o‘lchash va hisoblash ishlarida keng 
qo‘llaniladi.
Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 ООО 000gacha b o ‘Igan umumgeografik 
kartalar 
obzor topografik kartalar 
deb ataladi. 
Bu 
kartalarda 
hudud 
topografik kartalarga qaraganda birmuncha umumlashtirib tasvirlanadi. 
Ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish rejalari va loyihalarini tuzishda, 
yirik qurilish inshootlarini joylarini belgilashda, hududni dastlabki 
o‘rganishda keng foydalaniladi.
Obzor topografik kartalar hududni geografik jihatdan o‘rganish, 
geografik rayonlashtirish, shu karta masshtabida turli xil mavzuli va 
maxsus kartalar hamda mayda masshtabli obzor kartalar va atlaslar 
tuzishda asos sifatida, harbiy ishlarda esa turli operativ-taktik masa- 
lalami hal qilishda qo‘llaniladi.
Masshtabi 1:1 000 000 dan mayda bo‘Igan umumgeografik kartalar 
obzor kartalar deyiladi.
Bu kartalarda hudud topografik jihatdan ancha umumlashtirib 
tasvirlanadi. Shuning uchun ham ular hudud to ‘g‘risidagi umumiy 
ma’lumotlarnigina bera oladi.
Kartalar egallagan maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar, 
materiklar, qit’alar, okeanlar, dengizlar, alohida davlatlar kartalari
90


va boshqa kartalarga bo‘linadi. Tabiiy geografik, iqtisodiy geografik 
va ma’muriy-hududiy tamoyillarga (bo‘linishga) ko‘ra har bir davlat 
yoki materik kartalarini yana guruhlarga ajratish mumkin.
Masalan, materiklarning tabiiy geografik rayonlari kartasi, alohida 
davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari kartasi bunga misol bo‘la oladi. 
Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqada- 
ryo, Surxondaryo, Qizilqum, Ustyurt va Quyi Amudaryoning karta- 
iarini 0 ‘zbekistonning tabiiy-geografik rayonlari kartalariga misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Toshkent, Mirzacho‘l, Samarqand. Farg‘ona, 
Buxoro-Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qo‘yi Amudaryoning 
kartalarini 0 ‘zbekistonning iqtisodiy-geografik rayonlari kartalariga 
misol qiiib ko‘rsatish mumkin. Dunyo okeani kartalari ham dastlab 
okeanlar yoki ulaming havzalari va so‘ngra alohida-dengizlar, qo‘ltiqlar 
va bo‘gsozlar kartalariga bo‘linadi. Alohida davlatning ma’muriy- 
hududiy bo‘linishi kartalariga misol qilib 0 ‘zbekiston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy viloyatlar va tumanlar 
kartalarini ko‘rsatsa bo'ladi.

Download 142.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling