Vii bob. Yoqilg‘1 havo aralashmasida yoqilgining alangalanishi, yonish fronti va to‘la yonish jarayoni


Gaz aralashmasining Iaminar-diffuzion yonishi


Download 23.29 Kb.
bet4/7
Sana26.02.2023
Hajmi23.29 Kb.
#1232336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YOQILG‘1 - HAVO ARALASHMASIDA YOQILGINING ALANGALANISHI, YONISH FRONTI VA TO‘LA YONISH JARAYONI

7.4. Gaz aralashmasining Iaminar-diffuzion yonishi

Yondirgich orqali kislorod tarkibiga ega bo‘lmagan gaz berilayotgan bo‘lsa, uni yoqishda yonish jarayoni atmosferadagi kislorod bilan diffuziya ko‘rinishida aralashish tufayli sodir boffadi. Shuningdek, gaz va havo alohida berilganda yonish jarayoni o‘zaro diffuziya jarayonida amalga oshadi, chunki yonish tezligi aralashish jarayonining intensivligidan aniqlanadi, shunga o‘xshash jarayonlar diffuzion yonish deb ataladi.


Harakatlanish xarakteriga ko‘ra, diffuzion yonish ham laminar va turbulent diffuzion yonish turlariga bo‘linadi [11].
Laminar diffuzion yonish gaz harakatining laminar rejimida amalga oshadi. Yonish uchun zarur bo‘lgan kislorod tashqi tomonidan kiradi va yonuvchi gaz bilan aralashadi; molekular diffuziya natijasida olinayotgan aralashma konussimon shakldagi mash’ala hosil qiladi.
96
7.3- rasm. Laminar diffuzion mash’alaning tuzilishi. a, b va s - gaz, kislorod va yonish mahsulotlarining konsentratsiyalari
[10,11] .

Laminar diffuzion mash’alaning tuzilishi 7.3-rasmda tasvirlangan. Yonuvchi gaz konsentratsiyasi a oqim o‘qidagi maksimal qiymatidan alanga frontidagi nol qiymatigacha pasayadi, kislorod konsentratsiyasi b esa alanga frontidagi nol qiymatidan atrof-muhitidagi yirik qiymatgacha o‘sadi. Yonish mahsulotlarining konsentratsiyasi c frontda maksimal qiymatga erishadi. Spektrografik tahlilga ko‘ra uglevodorodli yoqilg'ilar yoqilganda OH, CH va C2 kabi oraliq moddalar paydo bo'lar ekan.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, diffuzion yonish shakli kimyoviy chala yonish ko'rsatkichi bilan bog'liq. Diffuzion laminar alangalanish jarayonida yonish zonasidagi harorat maksimal qiymatga erishadi. Uglevodorodli birikmalarga ega gazlar issiqlik jihatidan turg'un sanalmaydi. Yoqish jarayonida tiklanish zonasida kislorod yetishmovchiligi natijasida ular qurum va vodorodga parchalanadi. Uglevodorod tarkibli gazlar parchalanishi harorat ortishi bilan tezlashadi. Masalan, metanni parchalanishi 680-700 °C haroratda boshlanadi. Havo bermasdan
97

950 °C gacha qizdirilganda 26 % metan, 1150 °C haroratgacha qizdirilganda esa 90 % metan parchalanadi.


Zarrachalaming diffuzion yonishi nisbatan sekin kechishi natijasida erkin uglerod va og‘ir uglevodorodlaming bir qismi yonishga ulgurmasdan, kuyindi holida mash’alani tark etadi. Uglerod tufayli С + CO2 = 2CO muvozanat holatiga muvofiq CO paydo bo‘ladi. Yonish mahsulotlari tarkibiga kiruvchi uglerod, og‘ir uglevodorodlar va CO miqdorlari kimyoviy chala yonish kattaligini hosil qiladi.



Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling