Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
4-PARAGRAF
1. 843-yilda franklar imperiyasi parchalangandan keyin ularning hammasini kimning avlodlari boshqaradi? Buyuk Karlning avlodlari 2. 919-yilda Sharqiy frank qirolligida (bo’lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar kimni qirollikka saylaydilar? Saksoniya gersogi Genrixni 3. Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligiga qachon asos solinadi? 919-yilda 4. Germaniyada korolinglar sulolasi hukmronligi qachon barham topadi? 919-yilda 5. Qaysi Germaniya qiroli vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhini tuzadi? Genrix I 6. Genrix I mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish maqsadida qishloqda yashaydigan aholidan har 9 kishidan bittasini qayerga ko’chiradi? Burgga 7. Genrix I barcha yig’inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni qayerda o’tkazishni buyuradi? Burgda 8. Otton I hukm surgan davr? 936-973-yillar 9. Otton I kimning o’g’li edi? Genrix I ning 10. Kimni davrida Germaniyada kuchli otliq qo’shini vujudga kelgan? Otton I davrida 11. Otton I tomonidan tuzilgan kuchli otliq qo’shinning asosini kimlar tashkil etgan? Og’ir qurollangan ritsarlar otliq qo’shini 12. Otton I ning vengerlar bilan hal qiluvchi jangi qachon va qayerda bo’ladi? 955-yil Bavariyaning Lex daryosi bo’yida 13. 962-yilda o’z qo’shini bilan Rimga kelgan Otton I ga kim imperatorlik tojini kiydiradi? Papa Ioann XII 14. Germaniya imperiyasi qachondan Muqaddas Rim imperiyasi deyiladi? 962-yilda 15. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga qayerlar kirgan? German yerlari va Italiyaning shimoliy hududlari 16. Zamondoshlari kimni “dunyo mo’jizasi” deb nomlagan? Otton III ni 17. Muqaddas Rim imperiyasining qaysi hukmdori Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo’lgan? Otton III 18. Muqaddas Rim imperiyasining qaysi imperatori butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida bo’lishi lozim deb hisoblagan? Otton III 19. Muqaddas Rim imperiyasi hukm surgan davr? 962-1806-yillar 20. X asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan kimning gapiga ko’proq quloq solgan? O’z gersogining gapiga 21. Qaysi Germaniya imperatori o’z ustozi Gerbertni Silvester III nomi bilan Rim papaligiga saylaydi? Otton III 22. Qaysi Rim papasi o’qish uchun Ispaniyadagi Kardova va Seviliyaga boradi? Silvester III 23. Silvester III hukm surgan davr? 999-1003-yillar 24. Qaysi Rim papasining bilimdonligi haqida afsonalar tarqalib, zamonasining eng mashxur kishilari, hatto imperatorlar ham uning shogirdi bo’lishni orzu qilgan? Silvester III Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling