Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
6-PARAGRAF
1. Kimning o’g’illari 395-yilda Rim imperiyasini 2 qismga: G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo’lib yuboradi? Imperator Feodosiyning o’g’illari 2. G’arbiy Rim imperiyasining poytaxti qayer bo’lgan? Rim 3. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti qayer bo’lgan? Konstantinopol (Vizantiya) 4. Vizantiy shahrini o’rnida qaysi koloniya bo’lgan? Megara koloniyasi 5. Qaysi Rim imperiyasi Vizantiya deb ham atalgan? Sharqiy Rim imperiyasi 6. IV asrda Vizantiya tarkibiga qaysi hududlar kirgan? Bolqon yarim oroli , Kichik Osiyo , Kavkaz , Suriya , Falastin , Misr , Krit va Kipr orollari 7. Sharqiy Rim imperiyasida qaysi xalqlar yashagan? Ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar 8. Ilk o’rta asrlarda Sharqiy Rim imperiyasida qaysi xalqlar boshqalariga nisbatan ko’p bo’lib, keyinchalik ularning tillari lotin tilini surib chiqaradi? Yunonlar 9. Yevropada Sharqiy Rim aholisini nima deyishgan? Yunonlar. Imperiya fuqarolari o’zlarini rimliklar deyishgan 10. Sharqiy Rim imperiyasida VI asrda yirik savdo va hunarmandchilik markazlari qaysi shaharlar bo’lgan? Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa 11. Sharqiy rim imperiyasidagi qaysi shaharlarni ko’p qavatli uylar, haykallar, favvoralar o’rnatilgan maydonlar bezab turgan? Konstantinopol va Aleksandriyani 12. Ilk o’rta asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi shaharlarida hunarmandchilikning asosan qaysi sohalari yuksalgan? Shishasozlik, movut, shoyi gazlama to’qish va zargarlik 13. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog’laydigan shahar bo’lib, “oltin ko’prik” degan nom olgan? Konstantinopol 14. Ilk o’rta asrlarda qayerning puli ishonchli xalqaro pul hisoblangan? Vizantiya oltin puli 15. Vizantiya oltin puli nima deyilgan? “nomisma” 16. “Vasilevs” so’zining ma’nosi nima? Yunoncha “podsho” 17. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya imperiyasi hukmdorlari nima deyilgan? “vasilevs” 18. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya imperatori saroyi boshqa saroylardan nimasi bilan ajralib turgan? Boyligi, hashami va tantanavorligi bilan 19. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya hukmdorining kiyimi qanday rangda bo’lgan? To’q qizil. An’anaga ko’ra to’q qizil rangli etikni faqat imperatorlar kiygan 20. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya imperiyasida “sinklit” bu: lotincha senat bo’lib , maslahatlar organi 21. Ilk o’rta asrlarda Vizantiyada “mim”lar kimlar? Aktyorlar 22. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya imperiyasi kimni davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishadi? Yustinian I davrida 23. Yustinian I ning hukm surgan davri? 527-565-yillar 24. Kimning hukmronligi davri Vizantiya imperiyarida “oltin asr” deyilgan? Yustinian I 25. Yustinian I ning rafiqasi kim bo’lgan? Feodora. Feodora yoshligida qaysi kasb egasi bo’lgan? Aktrissa 26. Yustinian I ning davlat boshqaruvidagi asosiy maqsadi nima bo’lgan? Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash 27. Yustinian I 534-yilda qaysi sarkardani Shimoliy Afrikada joylashgan vandallarga qarshi kurashga yuboradi? Velisariyni 28. Ilk o’rta asrlarda vizantiyaliklar Italiyani katta qismini bo’ysundirgach, u yerda tuzgan noiblikning poytaxti qaysi shahar bo’ladi? Ravenna 29. Ilk o’rta asrlarda “ekzarxat” bu: noiblik 30. VI asrning o’rtalaridan Vizantiyaning zaiflashuvi qaysi qabilalarning istilolariga yo’l ochadi? Slavyan 31. Vizantiyaga VII asrdan kimlarning hujumi natijasida Suriya va Misr qo’ldan ketadi? Arablarning 32. Vizantiyada feodal munosabatlar qachon uzil-kesil o’rnatiladi? IX-XI asrlarda Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling