Viii – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari
Download 45.19 Kb.
|
8-MAVZU Ishlab chiqarish xarajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Sanoat maxsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbaalari va omillari
- Nazorat va muhokama uchun savollar
8.1 - jadval
Uzbekiston sanoat tarmoklari bо‘yicha sanoat mahsulotini ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar (foiz hisobida)
Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog‘i eng katta bо‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i kо‘p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (kо‘mir sanoati, yog‘och tayyorlash sanoati va boshqalar). Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog‘i eng katta bо‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i kо‘p material talab kiladigan tarmoq hisoblanadi (yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik). Xarajatlarning kо‘p kismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan tarmoklar kо‘p mablag‘lar talab kiladigan tarmoklarga kiradi (Masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidro-elektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish). Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini xisobga olish, tannarx strukturasini va ishlab chiqarish xarajatlarini iktisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iktisodiy jarayonlarni о‘rganish, ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yо‘llarini belgilashga imkon beradi. 8.4. Sanoat maxsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbaalari va omillari Mexnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat kо‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari xisoblanadi. Mexnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni о‘stirish yoki tashkil etishning ilgor usullarini joriy kilish orkali xar bir mexnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni kо‘paytirish kerak. Bu xolla har bir maxsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish xaki esa ortib boradi. Mexnat unumdorligi ish hakiga nisbatan jadal о‘sgandagina tannarx pasayadi. Mexnat unumdorligining о‘sish moxiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, il gari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi. Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bо‘ladi. Xizmat kо‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saklash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima tо‘lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muxim axamiyat kasb etadi. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi omillar hisoblanadi. Masalan, texnika taraqkiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir kо‘rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, kimyolash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi. Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun, eng avvalo, undagi zahira, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniklash kerak. Ular kо‘zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, kо‘z ilg‘amaydigan bо‘lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bо‘ladi. Zahiralar xar xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular, eng avvalo, tо‘planish joyiga kura, ichki ishlab chiqarish va tashki rezervlarga ajraladi. Tashki rezervlarga tarmoqlar bо‘yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi. Rezervlar safarbar etilishi muddati bо‘yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi. Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bо‘yicha ham guruxlarga bо‘lish mumkin. Bunday rezervlarga mexnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bо‘lib kо‘rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy - iqtisodiy rezervlar. Yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir kator omillardan keng foydalanish va ularni xisoblab chikish kerak. U ishning metodikasi, usulini «Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish» fani bо‘yicha ma’ruzalarda, amaliy mashg‘ulotlarda chuqkurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish mexnat, moddiy va moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 2. Mahsulot tannarxini kalkulyakiyalash; 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. Tannarx rejasi, ikki boskichda ishlab chikiladi. Birinchi boskichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi taxlil etiladi, maxsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniklanadi va aniklangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyixasi ishlab chikiladi. Ikkinchi bsskichda esa rejaning uzil-kesil loyixasi ishlab chikiladi va bu reja topshiriklari korxona bо‘limlariga yetkaziladi. Maxsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yukoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning о‘zida hisob qilinadigan kо‘rsatkich xisoblanadi. Shunga qaramay, maxsulot tannarxi sanoat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Maxsulot tannarxi qanchalik past bо‘lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bо‘lgan holda (masalan, xuddi о‘sha mahsulotning narxi barkaror bо‘lganda) uni sotishdan kelgan foyda xam shunchalik kо‘p bо‘ladi. Qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. Shu maqsadda yaqinda xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyotimizdagi etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish lozim. Buning uchun har bir xо‘jalik yurituvchi subyekt о‘z faoliyat yо‘nalishi bо‘yicha tannarxni pasaytirish omillari tо‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega bо‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yо‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir Tannarxni pasaytirishning asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat: import qilinadigan resurslar narxlarini qayta kо‘rib chiqish va pasaytirish mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish darajasini oshirish foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarni konservatsiya qilish materiallar sarfi meyorlarini pasaytirish mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish ma’muriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Tannarx va kiymat muammolari 2. Tannarxning tarkibi, strukturasi va uni pasaytirish yullari 3. Doimiy xarajatlar sirasiga nimalar tashkil topadi? 4. О‘zgaruvchan xarajatlar nimalar kiradi? 5. Tannarxning qanday turlari mavjud? 6. Xarajatlarning qanday turlari mavjud? 7. Tashqi xarajatlarga nimalar kiradi? 8. Tannarxni kamaytirishning qanday yо‘llari mavjud? Download 45.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling