Viii – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari


Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya bandlari buyicha xarajatlar


Download 45.19 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi45.19 Kb.
#1014181
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-MAVZU Ishlab chiqarish xarajatlari

8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya bandlari buyicha xarajatlar

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda Uz­bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tar­tibi tо‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.


Mahsulot (ishlar, xizmat)larning ishlab chiqarish tan­narxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmu­niga kо‘ra, kuyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish axamiyatiga ega bо‘lgan boshqa xarajatlar.
I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bо‘ladi:
1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar kо‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni о‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish extiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini о‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish), ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuza­tish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fond­larga kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xо‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xо‘jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy bо‘linmalari to­monidan bajariladigan, faoliyatning asosiy turiga tegishli bо‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bо‘yicha ayrim operatsiyalarni ba­jarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayottan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bо‘ladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan xizmatlarga tegishli bо‘ladi.
5. Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq tо‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq tо‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xо‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq tо‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yeki atrof-muxitni tiklash xarajatlari.
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xujalik yurituv­chi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha transport ishlari.
7. Xо‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish hamda xо‘jalik extiyejlariga sarflanadi­gan barcha turdagi xarid kilinadigan energiY. (Xujalik yurituvchi subyektning о‘zi tomonidan ishlab chikariladigan elektr energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid kilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya kilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabi­iy yо‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yо‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9. Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodim­lari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xa­rajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kira­di) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, asosiy fond­lar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
10. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurs­lar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va о‘rash-joylash materiallari kiymati ularning amalda sotilishi, foydalanishi, ishlatilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bо‘yicha chiqarib tashlanadi.
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, jumla­dan, barter bitishuvlarida, qо‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashki iktisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan vositachilik takdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga hak tо‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bulgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mexnatga haq tо‘­lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1. Xо‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq tо‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bо‘yicha dastlabki xujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi tо‘lovlar.
2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar.
3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bul­gan kompensatsiya tusidagi tо‘lovlar, shu jumladan:
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaktda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalari va ok­ladlarga ustamalar va qо‘shimcha haq;
- kо‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga kushib olib borganlik va xizmat kо‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar rо‘ixati bо‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- aloka, temir yо‘l, dars, avtomobil transporti va katta yо‘llar xodimlari doimiy ishi yо‘lda о‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bо‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xо‘jalik yuri­tuvchi subyekt joylashgan joydan jо‘nagan paytadan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha tо‘lanadigan yо‘lda о‘tgan har bir sutka uchun tо‘lanadigan ustamalar;
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bо‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning kо‘chma va qatnov xususiyata uchun ustama;
- doimiy ravishda yer osti ishlarida band bо‘lgan xodim­larga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jо‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha о‘tadigan normativ vaqt uchun qо‘shimcha haq;
- mehnatga haq tо‘lashning rayonlar bо‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq chо‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan tо‘lovlar;
- xо‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yо‘lda о‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga kura va transport tashkilotlari aybi bilan yо‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi.
4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq tо‘lash.
5. Ishlamagan vaqt uchun haq tо‘lash:
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qо‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qо‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, о‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy kо‘rikdan о‘tash bilan bog‘liq vaqt uchun haq tо‘lash;
- majburiy ta’tilda bо‘lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq tо‘lash;
- donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq tо‘lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bо‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi tо‘lash.
6. Xо‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xo­dimlar mehnatiga ular tomonidan fukarolik-xuqukiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bо‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq tо‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jara­yonida katnashuvchi xodimlar mehnatiga haq tо‘lash fondiga kiritiladigan tо‘lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bо‘yicha mehnatga haq tо‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bо‘yicha xarajatlar tar­kibiga kuyidagilar kiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tik­lash) qiymatidan kelib chiqib xisoblangan amortizatsiya aj­ratmalari summasi (xisoblangan eskirish), lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (birok, xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bо‘ladi. Foydali foydalagann muddatini aniklash imkoni bо‘lmagan nomoddiy aktivlar bо‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgalanadi, biroq xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni xisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bо‘yicha ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat kо‘rsatish xara­jatlari:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mexnat vositalari va buyum­lari bilan ta’minlash xarajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik kо‘rik va qarov, joriy va mukammal tuza­tish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, о‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xо‘jalik yuri­tuvchi subyektning о‘z kuchi bilan о‘tkazish xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xara­jatlar, mexnat haqi tо‘lash xarajatlari va boshqalar) bо‘yicha maxsulot (ishlar, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Zarurat bulganda ayrim tarmoqlarning xо‘jalik yurituvchi subyektlari Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi va kо‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukam­mal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda anik­lanadi. Zahiraga ajralmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib chiqiladi va zarur bо‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar mikdori kо‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira mablag‘lari sum­masi ushbu obyektni tuzatishga kilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘iicha tuzatish kiritilishi kerak: agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi.
- yong‘indan saqlash va qо‘riqlashni hamda xо‘jalik yuri­tuvchi subyektlarni texnikaviy foydalanish qoidalari, nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar bilan ta’minlash ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari, qо‘riqlash xarajatlari bunday qо‘riqlash mavjud bо‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bо‘lgan taqdirda maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bо‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
- tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajat­lar, jumladan, ifloslantaruvchi moddalarni atrof-muxitga yо‘l qо‘yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha chiqarganlik uchun tо‘lovlar;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bо‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari;
- tekin kо‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoklar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, Xо‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini tо‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin berila­digan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar yoki ular pasaytirilgan narxlar bо‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
- ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloka uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat kо‘rsatish xara­jatlari;
- konun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bо‘lgan xodimlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq tо‘lash.
2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan xizmat safarlariga yuborish bо‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta kilish xarajatlari.
4. Brak tufayli kelib chiqadigan yо‘qotishlar.
5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga kura bekor turishlar tufayli yо‘qotishlar.
6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xa­rajatlari.
7. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya kilish xarajatlari.
8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yо‘qotilishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va karorlarisiz tо‘lanadigan nafaqalar.
9. Umumiy foydalaniladigan yо‘lovchilar transporti xiz­mat kо‘rsatmaydigan yо‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.
Maxsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi struk­turasi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajat­lar summasidagi nisbatini kо‘rsatadi. Odatda, struktura foiz hisobida о‘lchanadi.
Tannarx strukturasi tarmoklar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir.
Mahsulot tannarxining strukturasi о‘zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning о‘sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining о‘zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va trans­port tariflarining о‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi struk­turasi ham о‘zgaradi.
Mahsulot tannarxida qaysi guruxdagi xarajatlar aso­siy о‘rin tutishiga karab, sanoat tarmoqlari bir-biridan fark qiladi — kо‘p mehnat, kо‘p material, kо‘p energiya, kо‘p mablag‘ talab kiladigan bо‘ladi. Buni 8.1 - jadvaldagi ma’lumotlardan kо‘rish mumkin.



Download 45.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling