Viii bo‘lim. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son mbs) 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Ko‘chmas mulkdan eng samarali foydalanish
Download 28.19 Kb.
|
8 MBS
2-bob. Ko‘chmas mulkdan eng samarali foydalanish
252. Aksariyat baholash bazalaridan kelib chiqib baholovchi ko‘chmas mulkdan eng samarali foydalanilishini hisobga olishi lozim. Eng samarali foydalanish tahlili ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlashning ajralmas qismi hisoblanadi. 253. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish ko‘chmas mulkdan uning eng yuqori unumdorligini ta’minlaydigan (uning eng katta qiymatiga mos keladigan), jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan, huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yilgan (baholash obyekti qiymatini aniqlash sanasida) va moliyaviy jihatdan o‘zini oqlaydigan foydalanishdir. 254. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish uning haqiqiy foydalanilishiga mos kelishi yoki undan boshqacha tarzda foydalanishni, masalan, yer uchastkasida mavjud kapital qurilish obyektlarini ta’mirlash (yoki rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutishi mumkin. 255. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili ko‘chmas mulk obyektidan eng ko‘p foyda olinadigan tarzda foydalanish imkonini beradi, zero, bozor ishtirokchilari (xaridorlar va sotuvchilar) bitim narxini shuni mo‘ljallab shakllantiradilar. Bozor qiymatini aniqlashda baholovchi baholash obyektini baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda har bir yondashuvni qo‘llaganda taqqoslanuvchi ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash uchun ushbu tahlil natijalariga asoslanadi. 256. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish chegarasi va ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan muqobil foydalanish variantlari soni baholashga oid vazifa shartlari va baholash obyektining xususiyatlariga qarab belgilanadi. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili baholovchi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi: bo‘sh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun; yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasi uchun. 257. Yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanish uning bozor qiymati bo‘sh turgan yer uchastkaning (yaxshilanishlarsiz) qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda eng samarali deb e’tirof etiladi. Baholash obyektining aniqlangan bozor qiymati miqdori yer uchastkasidan foydalanish variantlarining qaysi biriga muvofiq ekanligi baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilishi lozim. 258. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili, qoida tariqasida, hajmli-rejali va konstruktiv yechimlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Yer uchastkasi va kapital qurilish obyektlarini o‘z ichiga olgan baholash obyektlari uchun eng samarali foydalanish mavjud kapital qurilish obyektlarini hisobga olib aniqlanadi. Bunday tahlil zarur hisob-kitoblarni o‘tkazish yoki agar hisob-kitoblarni talab qilmaydigan asoslashlar taqdim etilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazmasdan bajariladi. 259. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili natijalariga ko‘ra baholovchi yer uchastkasidan joriy foydalanish undan eng samarali foydalanishga qay darajada muvofiq ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi va shunga qarab baholashning eng maqsadga muvofiq yondashuvlari va usullarini tanlash amalga oshiriladi. Yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bo‘sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‘lgan taqdirda baholashning barcha yondashuvlari qo‘llaniladi. Yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bo‘sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‘lmagan taqdirda baholashning xarajat va daromad yondashuvlari qo‘llaniladi. Yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bo‘sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‘lmagan, mavjud yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish zarur bo‘lgan holda xarajat yondashuvi va daromad yondashuvining POD usuli qo‘llaniladi. Yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bo‘sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‘lmagan, mavjud yaxshilashlarni buzib tashlash zarur bo‘lgan holda buzish xarajatlarini hisobga olib qiyosiy yondashuv va daromad yondashuvining POD usuli qo‘llaniladi. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling