Viii bo‘lim. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son mbs) 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 28.19 Kb.
|
8 MBS
4-§. Xarajat yondashuvi
273. Ko‘chmas mulkni xarajat yondashuvini qo‘llagan holda baholashda baholovchi 6-son MBS talablariga amal qilishi lozim. 274. Bozor bitimlari narhlari haqida yoki identifikatsiyalangan daromad oqimlari haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda ham xarajat yondashuvi ikkilamchi yoki tasdiqlovchi yondashuv sifatida qo‘llanilishi mumkin. 275. Xarajat yondashuvi bozor faolligi past bo‘lganda, qiyosiy va daromad yondashuvlarini qo‘llash uchun zarur ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda, shuningdek maxsus maqsadlarda foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan ko‘chmas mulk (masalan, gidrotexnik inshootlar, suv bosimi minoralari, nasos stansiyalari, qozonxonalar, muhandislik tarmoqlari)ni baholash uchun qo‘llaniladi. 276. Xarajat yondashuvidan foydalangan holda aniqlanadigan ko‘chmas mulk obyekti qiymati quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi: yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bo‘sh yer uchastkasiga bo‘lgan huquq sifatidagi qiymatini aniqlash; kapital qurilish obyektlarini yaratishga (qayta tiklash yoki almashtirishga) xarajatlarni hisoblash; tadbirkor foydasini aniqlash; eskirishlarni aniqlash; kapital qurilish obyektlari qiymatini ushbu obyektlarni yaratishga xarajatlarni hamda tadbirkor foydasini qo‘shish va ularning jismoniy eskirishini ayirish yo‘li bilan aniqlash; ko‘chmas mulk obyekti qiymatini yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar qiymati va kapital qurilish obyektlari qiymati yig‘indisi sifatida aniqlash. 277. Ko‘chmas mulk obyektining bozor qiymatini xarajat yondashuvidan foydalanib aniqlash maqsadida yer uchastkasi imoratlar qurilmagan bo‘sh yer sifatida undan eng samarali foydalanishini taxmin qilib baholanadi. 278. Kapital qurilish obyektlarini yaratishga xarajatlarni hisoblash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: o‘xshash obyektlarni qurish haqida qurilish kontraktlari (shartnomalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; o‘xshash obyektlarni qurishga xarajatlar haqida maxsus manbalardan olingan ma’lumotlar; smeta hisob-kitoblari; qurilish materiallarining bozor qiymatlari haqida axborot; boshqa ma’lumotlar. 279. Kapital qurilish obyektlarini yaratishga xarajatlar qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiradigan, ushbu obyektlarni yaratishga bevosita bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar bilan ularni yaratishga yordam beradigan, ammo qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiritilmaydigan sarf-xarajatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. 280. Ko‘chmas mulkning bozor qiymatini baholash maqsadida foyda miqdori ekstraksiya, ekspert baholash usullari yoki kapital qurilish obyektlarini yaratish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni sotib olish bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita va kiritilgan xarajatlarni hisobga oladigan analitik usullar asosida aniqlanadi. 281. Eskirish miqdori ko‘chmas mulk qiymatining jismoniy eskirish, funksional va tashqi (iqtisodiy) eskirish natijasida yo‘qotilishi sifatida aniqlanadi. Bunda eskirish baholanayotgan ko‘chmas mulkka tegishli kapital qurilish obyektlariga bog‘liq bo‘ladi. 282. Bo‘sh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qiymati mazkur yer uchastkasidan eng samarali foydalanish yo‘li taxmin qilinganda quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi: sotuvlarni taqqoslash usuli bilan; taqsimlash usuli bilan; ajratish usuli bilan; er rentasini kapitallashtirish usuli bilan; er uchun qoldiq usuli bilan; yer uchastkasidan mo‘ljallanayotgan foydalanish usuli bilan. 283. Yaxshilashlarni tiklash yoki o‘rniga belgilash xarajatlari qiymatini hisoblash uchun quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi: qiyosiy birlik usuli; komponentlarga ajratish usuli; ayrim narxlar usuli, u ikki xil asosiy turlarga ega ― resursli usul va bazisli-indeksli usul; analoglar usuli. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling