Viii bo'lim. Ochiq iqtisodiyot X alqaro m oliya tashkilotlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1461643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

33.3.1-rasm.
Mintaqaviy rivojlanish banklari
Yevropa tiklanish va taraqqiyot b an k i (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan 
va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari- 
ga bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quv- 
vatlash maqsadida tuzilgan.
YeTTB tomonidan am alga oshirilayotgan loyihalar soni 1991-2012-yillarda 
3644 taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillarda amalga oshirilgan loyiha- 
larning umumiy qiymati 235,4 mlrd. yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa
24,8 mlrd. yevroni tashkil etdi1.
YeTTB ning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
infratuzilmani rivojlantirish;
• turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashti­
rish va kreditlash. Bunda resurslarning 60 % xususiy sektorga, 40 % davlat sek- 
toriga m oijallangan;
• xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish;
• iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
• aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish.
Xususiy sektorning rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tash­
kil etish va mustahkamlash, kichik biznesning rivojlanishini qoilab-quvvatlash- 
ga qaratilgan loyiha va dasturlar YeTTB uchun ustuvor hisoblanadi. Bank xususiy 
va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi, homiylar salohiyati yuqori bolishi va biz­
nes rejalarining ishonchli boiishini talab qiladi.
Boshqa rivojlanish banklaridan farqli ravishda YeTTB siyosiy tuzilmalarni kre- 
ditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda loyihaviy 
moliyalashga ixtisoslashgan.

Ф инансовый о тч ет за 2012 год. w ww .ebrd.com /financialreport.
537


VIII BO'LIM. OCHIQ IQTISODIYOT
Bank beradigan kreditining eng kam miqdori 5,0 mln. yevroni tashkil etadi. 
Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topa- 
di. Kreditlar bo‘yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo‘llagan holda) 
yoki qat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chiqadi.
YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 2005-2010-yillarda 
267 tadan 386 tagacha ortgan. 2010-yilda YeTTB tomonidan amalga oshirilgan 
loyihalarning umumiy qiymati 22,0 mlrd. yevroni tashkil etgan (33.3.1-jadval).

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling