Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet26/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

24 – PARAGRAF

  1. XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Buyuk Britaniya sanoatida qaysi sohalar yetakchi o’rin tutgan ? to’qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati

  2. Mashinalashgan ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda Buyuk Britaniyada mashinalar qancha odamning qo’l mehnatiga teng ishni bajaradi ? 150 mln

  3. 1816-yilda Buyuk Britaniya aholisi qancha edi ? 12 mln

  4. Dunyoda birinchi temiryo’l qayerda va nechanchi yilda quriladi ? Buyuk Britaniyada 1825-yilda

  5. Nechanchi asr insoniyat tarixiga bug’ asri bo’lib kirgan ? XIX asr

  6. Nechanchi asrga kelib qishloq xo’jaligida mashinalar va kimyoviy o’g’itlar ishlatish boshlanadi ? XIX asrning 40-yillariga kelib

  7. Dunyoning birinchi industrial davlati qaysi bo’lgan ? Buyuk Britaniya

  8. Buyuk Britaniyada sanoat to’ntarishi qachon tugallanadi ? XIX asrning 40-yillarida

  9. Mashinalarni mashinalar yordamida ishlab chiqarish nima deyiladi ? Sanoat to’ntarishini tugallanishi

  10. Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonunni nechanchi yilda qabul qiladi ? 1825-yilda

  11. 1832-yilda Buyuk Britaniyada o’tkazilgan birinchi parlament islohotiga ko’ra ... yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 ta o’rin ajratib berildi, parlamentning quyi palatasi mamlakat byudjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi, hukumatning quyi palata oldida javobgarligi belgilandi

  12. 1832-yilgi islohotdan so’ng saylangan parlament 1833-yilda necha yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqtini belgiladi ? 13 yoshgacha 9 yoshgacha bo’lgan bolalarning mehnati taqiqlandi

  13. 1836-yilda qaysi shaharda ishchilarning “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Asotsatsiyasi” tuziladi ? Londonda

  14. Buyuk Britaniya tarixiga qaysi harakat chartistlar harakati nomi bilan kirgan ? “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Asotsatsiyasi”ning saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga uch marta xartiya topshirishi

  15. Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti qachon o’tkaziladi ? 1867-yilda

  16. 1867-yilda Buyuk Britaniyada o’tkazilgan ikkinchi parlament islohotiga ko’ra ... shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi

  17. 1832-yilda Buyuk Britaniyada saylovchilar soni qancha edi ? 600 ming

  18. 1867-yilda Buyuk Britaniyada saylovchilar soni qancha edi ? 2 mln

  19. Gibraltar bo’g’ozi qayerda joylashgan ? O’rta yer dengizidan Atlantika okeaniga chiqish joyida

  20. Adan bo’g’ozi qayerda joylashgan ? Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqish joyida

  21. Keyptaun qayerda joylashgan ? Afrikaning janubiy qismidagi Ezgu Umid burnida

  22. XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya dengiz va okeanlar orqali o’tadigan jahon yo’llarida qaysi tayanch punklarni bosib oladi ? Gibraltar, Adan, Keyptaun, Singapur, Gongkong

  23. XIX asr o’rtalarida Angliyaning eng yirik mustamlakasi Hindistonda qancha aholi yashagan ? 300 mln dan ko’proq

  24. XIX asr o’rtalarida Hindiston aholisi Britaniya aholisidan necha barobar ko’p edi ? 10 barobar

  25. Buyuk Britaniya XIX asrda qaysi qoidani ustalik bilan qo’llagan ? “Nifoq solib hukmronlik qil”

  26. XIX asrda “Oq koloniyalar” qaysi hududlarga nisbatan ishlatilgan ? Amerika, Afrika, Avstraliyaga Britaniyadan va qisman ingliz tojiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakatlardan ko’chib borgan kishilar o’zlashtirgan hududlar

  27. XIX asr o’rtalarida qaysi hududlar “oq koloniyalar” deyilgan ? Kanada , Avstraliya, Yangi Zelandiya

  28. 1861-yilda Avstraliyadagi oq tanlilar soni qanchani tashkil etadi ? 1 mln 200 ming

  29. Buyuk Britaniya hukumati Kanadaga nechanchi yilda dominion huquqini beradi ? 1867-yilda

  30. Qaysi so’z lotinchadan tarjima qilinganda birga, markaz, ma’nolarini anglatib, Biror narsaning muayyan bir joyda to’planishidir ? konsentratsiya

  31. O’zini-o’zi boshqaradigan qaram yer, o’lka nima deyiladi ? Dominion


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling