Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet29/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

27 - PARAGRAF

  1. Germaniyada 1848-yilgi inqilobning asosiy sababi nima ? o’rta asr feodal tartiblarining kapitalizm taraqqiyotiga to’siq bo’lib kelayotganligi

  2. Germaniyada 1848-yilgi inqilobning asosiy maqsadi nima edi ? siyosiy tarqoqlikka barham berish va feodal tartiblarni tugatish

  3. Germaniyada 1848-yilgi inqilobga qaysi tuzum tarafdorlari rahbarlik qiladi ? konstitutsiyaviy monarxiya

  4. 1848-yilgi Germaniyadagi inqilobning harakatlantiruvchi kuchlari kimlar bo’lgan ? mayda va o’rta burjuaziya, ishchilar, ziyolilar

  5. Qayerda boshlangan inqilob Germaniyada 1848-yilgi fevral inqilobini boshlanishi uchun uchqun vazifasini o’tagan ? Fransiyada

  6. Nechanchi yilda Prussiya qirolligida konstitutsiya qabul qilinadi ? 1848-yilda

  7. Nechanchi yilda birlashgan Italiya qirolligi tashkil etiladi ? 1861-yilda

  8. 1861-yilda Italiyani birlashtirish vazifasi qaysi qirollik zimmasiga tushadi ? Sardiniya

  9. Italiyani birlashtirishda katta ro’l o’ynagan Sardiniya bosh vaziri kim ? Kamillo Kavur

  10. Kamillo Kavur Avstriya zulmiga qarshi kurashda qaysi davlat bilan shartnoma tuzishga erishadi ? Fransiya

  11. Italiya siyosiy tarqoqligini tayanchi bo’lgan qirolliklar qaysi bo’lgan ? Sitsiliya va Neapol

  12. 1860-yilda Italiyani birlashtirishning qizg’in tarafdori, xalq qahramoni kim bo’lgan ? Juzeppe Garibaldi

  13. Neapol qirolligi kim tomonidan tugatiladi ? Juzeppe Garibaldi

  14. Italiyani birlashtirish ishida yetakchilik qilgan Sardiniya qiroli kim ? Viktor Emmanuel II

  15. Fransiya ta’sirida bo’lgan Rim shahri nechanchi yilda Italiyaga qo’shib olinadi ? 1870-yilda

  16. Germaniyani birlashtirishga qaysi qirollik rahbarlik qilgan ? Prussiya

  17. 1864-yildan Germaniyani yagona davlatga birlashtirish ishiga kim rahbarlik qilgan ? Otto fon Bismark

  18. “Shimoliy Germaniya ittifoqi” nechanchi yilda tuziladi ? 1866-yilda

  19. “Shimoliy Germaniya ittifoqi”ni tuzilishiga kim rahbarlik qilgan ? Otto fon Bismark

  20. “Shimoliy Germaniya ittifoqi”ga nechta nemis davlati kirgan ? 22 ta

  21. Germaniya birlashuvidagi asosiy tashqi to’siq qaysi davlat bo’lgan ? Fransiya

  22. Burjuaziyaning murosaga intiluvchi, muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishga, hukmron tabaqalar bilan kelishishga intiluvchi qismi nima deyiladi ? mo’tadil burjuaziya


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling