Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet30/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

28 - PARAGRAF

  1. XIX asr o’rtalarida Rossiyada jamiyat taraqqiyotiga g’ov bo’lgan asosiy omil nima edi ? Krepostnoylik tartiblarining hukmronligi

  2. Rossiyada qachondan mashinalar ishlab chiqarishga joriy etila boshlanadi ? XIX asrning 30-yillaridan

  3. Rossiyada sanoat to’ntarishi qachon boshlanadi ? XIX asrning 30-yillarida

  4. XIX asr 40-yillari oxirlariga kelib Rossiyaning qaysi shaharlarida mashinasozlik zavodlari quriladi ? Peterburg va Moskvada

  5. Rossiyada temiryo’l qurilishi qachondan boshlanadi ? XIX asrning 30-yillaridan

  6. Rossiyada sanoat to’ntarishi qachon tugallanadi ? XIX asrning 90-yillarida

  7. XIX asrning o’rtalarida Rossiyada aholining necha foizi shaharlarda yashagan ? 8 %

  8. Rossiyadagi qanday harakat “dekabristlar harakati” nomini olgan ? Dvoryanlarning samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi harakati

  9. Dekabristlar qanday tuzum tarafdori edi ? birinchi guruhi respublika tarafdori, ikkinchi guruhi konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori

  10. Dekabristlarning “Janubiy jamiyat” va “Shimoliy jamiyat” nomli tashkilotlari nechanchi yillarda tashkil topgan ? 1821-1822-yillarda

  11. “Janubiy jamiyat”ning rahbari kim bo’lgan ? Pavel Pestel

  12. Pavel Pestel yashagan yillar ? 1793-1826-yillar

  13. Rossiyada kim Borodino janggida ko’rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan ? Pavel Pestel

  14. Pavel Pestel yaratgan konstitutsiya loyihasi nima deb atalgan ? “Rus haqiqati”

  15. Pavel Pestel yaratgan konstitutsiya loyihasida qanday tuzum ko’zda tutilgan edi ? samoderjaviye va krepostnoylik tuzumini yo’q qilish, respublika boshqaruv tizimini o’rnatish, teng saylov huquqi asosida saylanadigan “Xalq vechesi” ning respublika parlamenti bo’lishi

  16. “Shimoliy jamiyat”ning rahbari kim bo’lgan ? Nikita Muravyov

  17. Nikita Muravyov tuzgan konstitutsiya loyihasi Rossiyani qanday davlat deb e’lon qilishni ko’zda tutgan ? konstitutsiyaviy monarxiya

  18. Dekabristlar qo’zg’oloni qaysi kunga belgilanadi ? vafot etgan Aleksandr I o’rniga ukasi Nikolay I taxtga o’tiradigan kunga

  19. Dekabristlar qo’zg’oloni qachon boshlandi ? 1825-yil 14-dekabrda

  20. Dekabristlar muvaffaqiyatsizlikka uchragach necha kishi osib o’ldiriladi ? 5 kishi (N.Muravyov va P.Pestellar ham)

  21. Nikolay I Rossiyada qanday tuzumni mustaxkamlashga kuch-g’ayratini qaratadi ? samoderjaviyeni

  22. “Inqilob Rossiya ostonasida turibdi. Ammo qasamyod qilib aytamanki, tanamda jonim bor ekan inqilob Rossiyaga kirmaydi” bu so’zlar kimga tegishli ? Nikolay I

  23. Inqilobiy harakatga qarshi kurash olib boruvchi maxsus bo’lim tuzgan Rossiya imperatori kim ? Nikolay I

  24. 1853-1856-yillarda Rossiya qaysi davlatga qarshi urush olib borib mag’lub bo’ladi ? Turkiyaga qarshi

  25. 1853-1856-yillarda Rossiya Turkiyaga qarshi urushda mag’lubiyatining sababi nima ? Rossiyaning iqtisodiy qoloqligi

  26. Rossiya imperatori Aleksandr II krepostnoylik huquqini bekor qilinishi to’g’risidagi farmonni nechanchi yilda chiqaradi ? 1861-yil 19-fevralda

  27. Rossiyada krepostnoylik bekor qilingach dehqonlarga berilgan yerlar nima deb atalgan ? chek yerlar

  28. Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilingach pomeshchiklar o’zlari ixtiyoridagi yerlarni qanchasini saqlab qolish huquqiga ega bo’ladi ? 3/1, cho’l yerlarda 2/1 qismini

  29. Rossiyada kepostnoylik huquqi bekor qilingach, dehqon hukumat belgilagan miqdordan qo’proq yerdan foydalangan bo’lsa, ortiqchasi pomeshchikka berilib, u nima deyilgan ? otrezok

  30. Rossiyada kepostnoylik huquqi bekor qilingach, dehqon yer egasi bo’lish uchun nima to’lashi lozim edi ? vikup

  31. Rossiyada dehqon vikupi imzolanayotganda qo’yilgan bahoni 20 %ni to’lashi shart edi, qolgan 80 %ni necha yilda to’lagan ? 49 yilda

  32. XIX asrda Podsho Rossiyasi dastlab qayerlarni bosib oladi ? Bessarabiya va Kavkazortini

  33. Rossiya Shimoliy Kavkazni bosib olish uchun necha yil urush olib boradi ? 30 yil

  34. Kavkazda Rossiyaga qarshi 25 yil kurashga rahabrlik qilgan kim ? Shomil

  35. Butun Kavkaz nechanchi yilda Rossiya tarkibiga kiritiladi ? 1864-yilda

  36. Turkiston general gubernatorligi nechanchi yilda tuziladi ? 1867-yilda

  37. Rossiya tabiiy boyliklarga boy Alyaskani nechanchi yilda AQSH ga sotadi ? 1867-yilda

  38. Krepostnoylikdan ozod bo’lgan dehqonning o’ziga berilgan yerni haq to’lash evaziga sotib olishi nima deyiladi ? vikup

  39. Ilg’or g’oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab qolishga yoki, ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar nima deyiladi ? reaksion kuchlar

  40. “Katorga” so’zi qaysi tildan olingan ? yunoncha


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling