Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet27/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

25 - PARAGRAF

  1. 1799-yilda Fransiyadagi davlat to’ntarishidan so’ng kim Fransiyaning birinchi konsuliga aylanadi ? Napaleon Bonapart

  2. Napaleon Bonapart nechanchi yilda o’zini umrbod konsul deb e’lon qiladi ? 1802-yilda

  3. Napaleon Bonapart nechanchi yilda “Fransuzlar imperatori Napaleon I” deb e’lon qiladi ? 1804-yilda

  4. Napaleon I Avstriya poytaxti Vena shahrini nechanchi yilda egallaydi ? 1805-yilda

  5. Napaleon I Prussiya poytaxti Berlin shahrini nechanchi yiulda egallaydi ? 1806-yilda

  6. Napaleon I qaysi davlatga nisbatan “qitá qamali” siyosatini yuritadi ? Buyuk Britaniya

  7. Napaleon I ning Buyuk Britaniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qilinganligi haqidagi dekretga ko’ra ... Napaleon I qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo – sotiq qilishi taqiqlandi

  8. Rossiya nechanchi yilda Fransiyaning Yevropadagi barcha g’alabalarini tan olib Napaleon I bilan tinchlik hamda ittifoq to’g’risida shartnoma imzolaydi ? 1807-yilda

  9. Rossiya va Fransiya o’rtasida 1807-yilda imzolangan shartnoma tarixga qanday nom bilan kiradi ? “Tilzit shartnomasi”

  10. 1807-yilgi “Tilzit shartnomasi” ga ko’ra ... Rossiya Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo’shilish majburiyatini oladi

  11. Qanday omil Napaleon I ga qit’a qamali siyosatidan ko’zlangan maqsadga erishish imkonini bermaydi ? Buyuk Britaniya harbiy flotini qudratliligi

  12. Qaysi davlat Napaleonning qit’a qamaliga qo’shilgan bo’lsada , amalda shartnomani bajarmaydi ? Rossiya

  13. Napaleon I armiyasi nechanchi yilda Rossiyaga hujum boshlaydi ? 1812-yil 24-iyunda

  14. Rossiya va Fransiya o’rtasidagi 1812-yil 7-sentabrdagi hal qiluvchi jang qayerda bo’ladi ? Moskva yaqinidagi Borodino qishlog’ida

  15. 1812-yilgi Rossiya – Fransiya urushida qanday omil Fransiya halokatini muqarrar qilib qo’yadi ? Rus qo’shinining matonati, qahraton sovuq va ochlik

  16. 1813-yil oktabrida Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya ittifoqchi qo’shinlari va Fransiya o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’ladi ? Leypsig ostonasida

  17. 1813-yil oktabr oyida ittifoqchi qo’shinlar va Fransiya o’rtasida Leypsig ostonasidagi jang tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Xalqlar janggi”

  18. Napaleon I qachon taxtdan voz kechadi ? 1814-yilda

  19. Napaleon I 1814-yilda qaysi orolga surgun qilinadi ? Elba

  20. Napakeon I taxtdan voz kechgach Fransiya taxtiga kim o’tiradi ? burbonlar sulolasi vakili Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVIII

  21. Napaleon I qayerda tug’ulib o’sgan ? Korsikada

  22. Napaleon I 1815-yil mart oyida qayerga keladi ? Fransiyaning janubiga

  23. Lyudovik XVIII Napaleonga qarshi qancha qo’shin yuboradi ? 30 ming

  24. Napaleon I ikkinchi marta Fransiya taxtini nechanchi yilda egallaydi ? 1815-yil 20-martda

  25. Napaleon I Fransiya taxtini ikkinchi marta egallaganida necha kun hukmronlik qiladi ?100 kun

  26. Napaleon I va ittifoqchi qo’shinlar o’rtasidagi ikkinchi jang nechanchi yilda bo’ladi ? 1815-yil 18-iyunda

  27. Napaleon I va ittifoqchi qo’shinlar o’rtasidagi ikkinchi jang tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Vaterloo janggi”

  28. Vaterloo qishlog’i hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi ? Belgiya

  29. “Vaterloo janggi”da mag’lub bo’lgan Napaleon I qayerga surgun qilinadi ? Muqaddas Yelena oroliga

  30. Napaleon I nechanchi yilda va qayerda vafot etadi ? 1821-yilda Muqaddas Yelena orolida

  31. “Vena kongressi” qachon bo’ladi ? 1815-yilda

  32. “Vena kongressi”ning asosiy maqsadi nima edi ? Yevropani g’oliblar manfaati yo’lida qayta taqsimlash

  33. 1815-yilda “Vena kongressi”ning yakunlovchi hujjatini qaysi davlatlar imzolaydi ? jami 8 ta davlat: Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Ispaniya, Shvetsiya, Portugaliya, Fransiya

  34. “Vena kongressi”da Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi nima edi ? Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o’zining dengizdagi va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish

  35. Vena kongrassiga ko’ra Buyuk Britaniya qaysi hududlarga ega bo’ladi ? Malta, Seylon orollariga, Afrika janubidagi Kapa yerlariga

  36. Vena kongrassiga ko’ra qaysi davlat Polshaning katta qismiga ega bo’ladi ? Rossiya

  37. Vena kongressiga ko’ra 200 dan ortiq mayda davlatlarga bo’linib ketgan Germaniya o’rnida nechta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuziladi ? 39 ta

  38. Vena kongressiga ko’ra 39 ta davlatga bo’linib ketgan Germaniya ittifoqiga qaysi davlatning yetakchilik roli e’tirof etiladi ? Avstriya

  39. Vena kongressiga ko’ra Reyn viloyati, Vestfaliya, Polshaning g’arbiy yerlari qaysi davlatga qo’shib beriladi ? Prussiyaga

  40. Vena kongressiga ko’ra qaysi davlat Shimoliy Italiyada mustahkamlanib oladi ? Avstriya

  41. Vena kongressiga ko’ra Belgiya qaysi davlatga qo’shib beriladi ? Gollandiyaga

  42. Vena kongressiga ko’ra qaysi davlatning mustaqilligi tiklanib abadiy betaraf davlat maqomini oladi ? Shveysariya

  43. Vena kongressiga ko’ra Fransiya qancha kontributsiya to’lash majburiyatini oladi ? 700 mln frank oltin hisobida

  44. Qora tanli qullar savdosini taqiqlovchi dekloratsiya nechanchi yilda qabul qilingan ? 1815-yilda Vena kongressida

  45. “Muqaddas ittifoq” qaysi davlatlar o’rtasida tuzilgan ? Rossiya , Avstriya , Prussiya

  46. “Muqaddas ittifoq” qanday maqsadda tuzilgan ? Yevropada kelgusida ro’y berishi mumkin bo’lgan inqiloblarni oldini olish maqsadida

  47. Kontributsiya nima ? tovon puli


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling