Vijdon erkinligi bo‘yicha milliy qonunchilik tahlili
Download 24.57 Kb.
|
2 5246876368284683143
Davlat uchun tavsiya
Davlatning cheklashi boshqa huquq va erkinliklarga tahdid solar ekan, cheklovni o‘rnatishga asos bo‘lgan xavf (masalan, jamoat xavfisizligi) bilan boshqa erkinliklarga tushayotgan tahdid (hijobli ayollarning bilimsiz, ishsiz va ijtimoiy ta’minotsiz qolishi, diskriminatsiyaga uchrashi) o‘zaro mutanosibmi? Huquq va erkinliklarni cheklashda ularni eng kam miqdorda cheklaydigan chora qo‘llanganmi? (Masalan, hukumat ayollarning ro‘mol o‘rashida biror xavf ko‘rsa (aslida bunday xavfning mavjudligi haqida hech qanday huquqiy asos yoki faktlarga asoslan-gan sabab yo‘q), hijobni butunlay taqiqlamasdan, o‘sha ehtimoliy xavflarni bartaraf etishning boshqa yengilroq choralari bordir?) Cheklov chorasi mutanosibmi, ya’ni u boshqa huquq va erkinliklarni cheklab qo‘ymaydimi? (Masalan, hijobli ayollarning ishga va o‘qishga qo‘yilmasligi oqibatida ularning bilim olish, mehnat qilish kabi boshqa huquqlari toptalmayaptimi?) Tanlangan cheklov chorasi diniy bag‘rikenlikni rag‘batlantiradimi? (Ya’ni, diniy erkinlikka asosli bir cheklov qo‘yiladigan bo‘lsa, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash asosoy tamoyil vazifasini bajarishi kerak. Agar hijobga taqiq qo‘yilsa, bu diniy bag‘rikenglikni rag‘batlantiradimi yoki buning aksi bo‘ladimi?) Tanlangan cheklov chorasini qo‘llash natijasida hech bir din vakillari yoki diniy jamoa sharmanda bo‘lishga yoki ta’qibga olinishga duchor bo‘lmaydimi? (Masalan, hijobga qo‘yilgan taqiq oqibatida, asosan, e’tiqodi bois ro‘mol o‘ragan musulmon ayol-lar jabr ko‘rmoqda. Ular o‘zlarini bu taqiq oqibatida alohida ta’qib va diskriminatsiyaga uchrayotganini aytadi.) Afsuski, mazkur savollarga hijob taqiqi ostida javob olar ekanmiz, ularning bi-rontasiga «ha» deya ijobiy javob olib bo‘lmaydi. Chunki ro‘molni taqiqlash natijasida ayollarning teng huquqli ta’lim olish, mehnat qilish, davlat xizmatlaridan foydalanish va dini yoki jinsiga qarab kamsitilishlardan xoli bo‘lish kabi huquqlari xavf ostida qolmoq-da. Bu esa cheklash va uning natijasida buzilayotgan huquqlarning o‘zaro nomutanosib-ligni, cheklash diniy bag‘rikenglikni emas, jamiyatda hijob o‘raganlarga nisbatan adovat va hijob o‘rash taqiqlanishi natijasida huquqlari cheklangan ayollarda davlatga nisbatan ishonchsizlikni tug‘dirmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda hijobni taqiqlash O‘zbekiston «talablarini bajaramiz» deya ratifikatsiya qilgan xalqaro Konven-siyalarga, o‘z Konstitutsiyasi va qonunlariga zid siyosat ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston hukumati va barcha mansabdor shaxslar yuqorida tilga olingan mil-liy va xalqaro qonunchilik me’yorlarini hisobga olgan holda hamda masalaga inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan yondashib, diniy e’tiqodiga ko‘ra jamoat joylarida ro‘mol o‘rab yurgan ayollarga nisbatan shu paytgacha amalda bo‘lgan siyo-satga barham beradi, deb umid qilamiz.
Download 24.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling