Vijdon erkinligi bo‘yicha milliy qonunchilik tahlili


Diniy erkinlikni cheklash natijasida ta’limdagi kamsitishlar


Download 24.57 Kb.
bet2/5
Sana19.10.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1710449
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5246876368284683143

Diniy erkinlikni cheklash natijasida ta’limdagi kamsitishlar
O‘quvchi va talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash O‘zbekiston Respublika-sining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga va eng asosiysi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi belgilangan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 4 moddasi bilim olish huquqi deb nomlanadi. Mazkur mod-daga ko‘ra, jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimo-iy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi kabilardan qat’i nazar, har kim-ga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 7 moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarola-rining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar ta’min etiladi. Ayol va qizlarning hijob o‘rashi ularning ta’lim olishiga to‘sqinlik bo‘lmasligi kerak va ular boshqalar bilan bir xil bilim olish huquqiga ega.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 4 moddasi “Fuqa-rolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi” deb nomlanib, unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yil-maydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday chek-lash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uyg‘o-tish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqo-ratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoqosti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi”, deyiladi. Ya’ni, fuqarolarni dinga bo‘lgan munosabati uchun kamsitish yoki huquqlarini cheklash O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 141-moddasi (Fuqaro-larning teng huquqligini buzish) hamda 156 moddasi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2 qismi talablariga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ro‘molli qiz va ayollarni ro‘mol o‘ragani tufayli ta’limga bo‘lgan huquqini cheklab diskriminatsiya qilish Konstitutsiya va qonunlarga xilof bo‘lgani kabi, ro‘molli ayollarni mehnat faoliyatida va davlat xizmatlaridan foydalanishda diskriminatsiya qilish ham Konstitutsiya va qonunlarga xilof hisoblanadi.

Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling