Vijdon erkinligi bo‘yicha milliy qonunchilik tahlili


Qonunlarning o‘zaro ixtilofi


Download 24.57 Kb.
bet3/5
Sana19.10.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1710449
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5246876368284683143

Qonunlarning o‘zaro ixtilofi
Deylik, ro‘mol ibodat libosi bo‘lgan taqdirda ham, uni kiyishni taqiqlash yuqo-rida sanab o‘tgan e’tiqod erkinligini kafolatlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasi va qonunlari hamda quyida muhokama qilinadigan xalqaro huquq qoidalariga ziddir. Demak, har qanday holatda ham ro‘mol o‘rashni taqiqlash noto‘g‘ri va noqonu-niy bo‘ladi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16 moddasi hamda «Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har qanday ma’muriy-boshqaruv organ-lari va tashkilotlarning o‘z doirasida qabul qiladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid kelishi mumkin emas.
Mazkur qonunning 5 moddasiga ko‘ra, qonunlarning iyerarxiyasi bo‘yicha avvalo O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarorlari, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari va eng quyida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari turadi.
Afsuski, hozirga qadar norasmiy tarzda ro‘molni taqiqlash siyosati orqali ko‘plab ro‘mol o‘ragan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, boshqalari ishidan haydalgan; o‘quvchi va talaba qizlarni ro‘molini yechmaguncha o‘qishga kiritmaslik va o‘qishdan haydash kabi holatlar kuzatilgan. Bu holatlarning barchasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari hamda xalqaro inson huquqlari normalariga ziddir.
Vijdon erkinligi bo‘yicha xalqaro normalarning tahlili
O‘zbekiston Konstitutsiyasi O‘zbekistonda xalqaro huquqning umum e’tirof etil-gan qoidalari ustunligini tan oladi. O‘zbekiston Inson Huquqlari Umumjahon Deklarat-siyasini qabul qilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 18 moddasi barcha uchun vijdon, fikr-lash va din erkinligini kafolatlaydi. Moddaga ko‘ra, mazkur erkinliklar inson o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirishi va jamoa bo‘lgan holda yoki yakka o‘zi, ommaga oshkor etgan holda yoki ommaga oshkor etmagan holda o‘z dini yoki e’tiqodidan ta’lim berishi, unga amal qilishi, ibodat qilishi va nishonlashini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston, shuningdek, Fuqarolik va Siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro Pakt va Birinchi Ixtiyoriy Protokolni qabul qilgan. Paktda kafolatlanadigan asosiy fuqarolik va siyosiy huquqlar belgilangan bo‘lsa, Birinchi Ixtiyoriy Protokol Paktni qabul qilgan davlatlarning fuqarolaridan mazkur Paktning ijrosi yuzasidan individual shikoyatlar kiritishni ta’minlaydi. Demak, O‘zbekiston fuqarolari ham mazkur Paktning O‘zbekis-tonda ijrosi bo‘yicha BMTning Inson Huquqlari Qo‘mitasiga shikoyat qilishi mumkin.

Fuqarolik va Siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro Paktning 18-moddasida ham vijdon erkinligining kafolatlanishi va unga qanday hollarda cheklashlar o‘rnatish mum-kinligi belgilangan:


18-modda
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o‘z ixti-yori bilan o‘ziga ma’qul dinni qabul qilish va e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shu-ningdek, boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilishni oshkor etishga, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o‘z ichiga oladi.

Hech kim o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘z dini va e’tiqodiga ega bo‘lish yoki qabul qi-lish erkini kamsitadigan majburiy holatga duchor etilmasligi lozim.

Din yoki e’tiqodini oshkor etish erkiga faqat qonun bilan belgilangan va ja-moat xavfsizligini, tartibini, salomatligini va axloqini saqlash uchun, shuningdek, boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bilangina daxl qilinishi mumkin.
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning o‘z bolalarini o‘z shaxsiy e’tiqodiga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilishi majburiyatini oladi”.
Din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha BMT Inson Huquqlari Qo‘mitasining Maxsus Hisobotchisi Paktga a’zo davlatlarning Pakt ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarini kuza-tib, rasmiy sharh beradi. Maxsus Hisobtochiga ko‘ra, Konvensiyaning 18-moddasi fikr va e’tiqod erkinligi, o‘z tanloviga ko‘ra din yoki e’tiqodga ega bo‘lish yoki yangi din yoki e’tiqodga kirish erkinligini davlatlar o‘z milliy qonunlarida hech qanday holatda cheklashi mumkin emasligini belgilaydi. Mazkur huquqlar xalqaro huquqda forum in-ternum deb atalib, ular insonning vijdonida saqlaydigan e’tiqod va xulosalari hisobla-nadi.
Konvensiya 18-moddasining 3-bandida belgilangan huquqlarni, jumladan, diniy libos kiyish kabi din yoki e’tiqodni oshkor etish erkini davlatlar o‘z milliy qonunchi-liklarida cheklashi quyidagi talablarga javob bersagina qonuniy bo‘ladi:

  • Cheklov amaldagi qonunchilikda ifodasini topgan bo‘lishi lozim (masalan, soqol qo‘yishni taqiqlovchi qonun yo‘q, ammo soqol qo‘yib yurishni taqiqlovchi noras-miy siyosat bor; demak, bunday taqiq noqonuniy);

  • Cheklov jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligini va axloqini saqlash uchun, shuningdek boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza etish uchun zarur bo‘lishi lozim. Bu holatda mazkur sabablar aniq, isbotlangan va om-maga oshkor etilgan bo‘lishi lozim (Masalan, “hijob o‘raganlarning hammasi no-qonuniy diniy oqimlarga kirib ketyapti, ekstremistik guruhlarga a’zo” degan mus-taqil tashkilot tomonidan ilmiy tasdig‘ini topmagan va/yoki sudda isbotlanmagan umumiy va mujmal gaplar hijobni taqiqlash uchun asos bo‘la olmaydi).

Maxsus Hisobotchi, cheklashlarni qo‘llash uchun Konvensiya 18-moddasining o‘zi-da belgilangan talablardan tashqari, cheklashlar qo‘shimcha ravishda quyidagi talablar-ga javob berishi lozimligini aytadi:

  • Har qanday cheklash jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligini va axloqini saq-lash uchun, shuningdek, boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo‘lishi lozim;

  • Ommaviy yoki ijtimoiy ehtiyojlarga javoban belgilangan bo‘lishi lozim;

  • Cheklovlar qonuniy maqsadlarni nazarda tutgan va mazkur maqsadlarga mutano-sib bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, din va e’tiqodni oshkor qilish erkinligiga cheklov o‘rnatishning o‘rinliligini oqlash/isbotlash burchi davlat zimmasiga yuklatiladi. Natijada, aniq dalil-larga emas, balki faqat gumon yoki prezumpsiyalarga asoslangan holda diniy belgilarni kiyish/taqish ustidan taqiq o‘rnatish shaxslar diniy erkinligining buzilishi hisoblanadi. Masalan, hijob o‘ragan odam terrorchi yoki ekstremist bo‘ladi, buzg‘unchi diniy guruh-larga qo‘shilgan yoki jinoyat qilishga moyil bo‘ladi kabi aniq faktlar bilan isbotlanma-gan gumon va prezumpsiyalar bilan hijob o‘rashni taqiqlash va ayollarni hijobini ye-chishga majburlash vidjon erkinligining buzilishidir.
Maxsus Hisobotchi, bundan tashqari, Konvensiyaning 18-moddasi, 3-qismiga nisbatan cheklovlar yuqorida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa hech qanday holatlarda qo‘llanilmasligini, hatto ular milliy xavfsizlikni ta’minlash kabi Konvensiyadagi boshqa huquqlarni cheklashga sabab bo‘la oladigan asos bo‘lgan taqdirda ham vijdon erkinligi huquqiga nisbatan amal qilmasligini ta’kidlaydi. Bundan ayon bo‘ladiki, davlatlar milliy xavfsizlikni ro‘kach qilib din va e’tiqodni oshkor etish erkinligini, jumladan, diniy libos va belgilarni kiyish erkinligini cheklashi mumkin emas. Din va e’tiqodni oshkor qiluvchi hijob aslida milliy xavfsizlikka tahdid emas, ammo ba’zi davlatlar uni milliy xavfsizlikka tahdid deya hisoblaganda ham, hijob o‘rashni taqiqlash xalqaro inson huquqlari normalariga xilof bo‘ladi.
Cheklovlar faqat ular uchun belgilangan maqsadlar uchungina qo‘llanilishi mumkin. Cheklovlar ularni o‘rnatish uchun aniqlangan ehtiyojlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘-lishi kerak va ular mazkur ehtiyojga mutanosib bo‘lishi kerak. Cheklovlar kamsituvchi maqsadlarda qo‘llanilmaydi yoki kamsitadigan tarzda qo‘llanilishi mumkin emas. O‘z-bekiston misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, aholining ko‘pchiligi musulmon bo‘lgan dav-latda ibodat libosini taqiqlash aynan musulmon ayollarning hijobini taqiqlashday bir din va bir guruhni (hijob o‘rovchi musulmon ayollar guruhi) kamsitish maqsadida joriy etil-gan, degan shubha tug‘diradi. Bunday maqsad bo‘lmagan taqdirda ham hijobning taqiq-lanishi amaliyotda faqat musulmonlarning, xususan, hijob o‘rovchi ayollarni ishda, o‘qishda, mahallada va davlatning xizmatlaridan foydalanishida diskriminatsiya qilish tarzida qo‘llanilmoqda. Ayrim misollarga to‘xtalsak.
Ro‘molli ayollardan mehnat joylarida, ayniqsa, davlat idoralarida hijobni yechish so‘raladi; yechmasa ishdan haydaladi. Po‘molli ayollarning ishga kirish bo‘yicha arizalari rad etiladi. Albatta, ishdan haydash yoki ishga kirish arizasini rad etish kabi rasmiy hujjatlarda masalaning asl sababi bayon etilmaydi.
Universitet, kollej va litsey hamda maktablarda ro‘molli qizlar uni yechishga maj-burlanadi yoki o‘qishdan haydaladi. Ijtimoiy ta’minot kabi davlat yordamlarini olish uchun hijobli ayollardan hijobini yechish shart qilib qo‘yilgan hollar ham uchraydi. Hijobli ayollarga nisbatan bunday diskriminatsiya qilish nafaqat Fuqarolik va Siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro Paktga, balki O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan Ayollarga nis-batan kamsitishlarning barcha turlariga barham berish bo‘yicha xalqaro Konvensiya hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan dini, jinsiga qarab kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga ham zid keladi.
Maxsus Hisobotchi davlatlar din va e’tiqodni oshkor etish erkinligini qanday ta’min-layotganini baholash uchun “og‘irlashtirilgan ko‘rsatkichlar” hamda «neytral ko‘rsat-kichlar» mezonini tuzib chiqqan. Ularning barchasi sanab o‘tishga arzisada, O‘zbekis-tonga aloqador ikkita bandni keltirib o‘tamiz. Ya’ni, quyidagilar sodir bo‘lsa, O‘zbekis-tonda fuqarolarning diniy erkinligi buzilgan bo‘ladi:


  • Amalda davlat organlari kamsituvchi holda yoki kamsituvchi maqsadlarda, masa-lan, ayollar kabi muayyan jamoalarni yoki guruhlarni o‘zboshimchalik bilan yoki selektiv tarzda nishonga olgan bo‘lsa;



  • Cheklov din yoki e’tiqodiga qarab ochiq-oydin kamsitishni maqsad qilgan yoki din yoki e’tiqodiga qarab ochiqchasiga kamsitishga olib kelgan bo‘lsa.

Shu o‘rinda a-bandida keltirilgan «o‘zboshimchalik bilan» va “selektiv tarzda” ayrim guruhlarni nishonga olish ifodasiga biroz izoh berish lozim. O‘zboshimchalik bilan yoki selektiv tarzda deganda bir masalani turli ijro organlari turlicha qo‘llashi nazarda tutila-di. Misol uchun, ko‘cha-ko‘yda ko‘plab hijobli ayollarni ko‘rish mumkin. Ularni ichki ishlar xodimlari bozorlarda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida ko‘radi. Ammo hammasini ham Ma’muriy javobgarlik kodeksining 184-1-moddasiga ko‘ra javobgar-likka tortayotgani yo‘q. Holbuki, hijob o‘rash huquqbuzarlik bo‘lsa, uni ko‘rib-bilib turgan ichki ishlar xodimining hijobli ayollarni javobgarlikka tortmasligi ularning o‘z vazifasini oshkora bajarishdan bosh tortishini ko‘rsatadi va noqonuniy hisoblanadi.

Ammo ro‘molli ayollardan ayrimlari xuddi boshqa ro‘molli ayollar kabi bozor, ko‘cha-ko‘y kabi jamoat joylarida ro‘molda yurgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Hatto sudda o‘z huquqlarini himoya qilganda ham eng yuqori instansiya dara-jasida ro‘mol ibodat libosi va uni jamoat joylarida o‘rash taqiqlanishini takidlab sud qarori chiqarilgan. Nima uchun aynan mazkur ayolning huquqiy javobgarlikka tortilga-nini uni “selektiv” tanlagan ichki ishlar organi biladi. Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda ro‘molni taqiqlash amaliyoti Maxsus Hisobotchining “og‘irlashtirilgan ko‘rsatkichlari” qatoriga kiradi. O‘zbekistonga b-bandi ham qanchalik mos kelishini yuqorida bayon etdik.




Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling