Viking Dubulg'a Shoxli Yoki Nima Tarixiy Afsona Kelib Chiqishi


"Titanik" kemasi real vaqtda cho‘kishining 3 soatlik simulyatsiyasi chop etildi


Download 1.09 Mb.
bet2/11
Sana14.08.2020
Hajmi1.09 Mb.
#126282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dunyoning yetti mojizsi


"Titanik" kemasi real vaqtda cho‘kishining 3 soatlik simulyatsiyasi chop etildi

YouTube videoportalida "Titanic: Honor and Glory" (Titanik: faxr va g‘alaba) o‘yinining rasmiy kanalida real vaqt rejimida mashhur "Titanik" kemasining cho‘kishini ko‘rish mumkin bo‘lgan video joylashtirildi. Kemaning cho‘kishi simulyatsiyasi bu falokatning 104 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan.

Rolik 3 soatga yaqin – aysberg kema yo‘lida paydo bo‘lgandan boshlab to u to‘liq suvga g‘arq bo‘lgungacha davom etadi.

"Titanik" kemasi 1912 yil 14 aprelda o‘zining birinchi reysi vaqtida cho‘kib ketgan. Kema to‘qnashib ketgan aysberg uning o‘ng tomonini 6ta joyidan shikastlagan va bu uning suvga g‘arq bo‘lishiga olib kelgan.

"Titanic: Honor and Glory" kompyuter o‘yinida harakatlar birinchi shaxs nomidan yuz beradi. O‘yinning bosh qahramoni Britaniyada yashovchi amerikalik bo‘lib, unga qotillik va o‘g‘irlik jinoyatlari bo‘yicha soxta ayb qo‘yiladi. U "Titanik"da haqiqiy jinoyatchilarni topishi kerak bo‘ladi. Kema aysberg bilan to‘qnashgandan keyin o‘yinchida bu vazifani bajarish uchun 2 soat 40 daqiqa (kema aynan shuncha vaqt cho‘kkan) vaqt bo‘ladi.

Dunyo tarixidagi eng yirik kemaning cho`kishi 100 yil o`tib ham odamlarga tinchlik bermayapti. Superzamonaviy, barcha zaruriy narsalar bilan jihozlangan “Titanik” nomli kema qanday qilib aysberg bilan to`qnashgani bois cho`kishi mumkin edi?

Aniqlanishicha, kemaning halokatiga muz bilan to`qnashib ketishidan boshqa omillar ham sabab bo`lgan. Mana ularning ayrimlari.

TITANIK”NING YoQILG`I BO`LMASIDA YoNG`IN ChIQQAN

30 yil davomida kema cho`kishi tarixini o`rganayotgan britaniyalik jurnalist Shenon Moloni (Senan Molony) suratlarni o`rganib, aynan yong`in sabab kema cho`kkan degan xulosaga kelgan.

Yong`in layner safarga chiqishidan oldin boshlangan, uni bir necha hafta davomida o`chirishga harakat qilishgan. Jurnalist yong`in haqida kema egalari bilgani, ammo buni yo`lovchilardan yashirishganligini ma`lum qilgan.

Kema qoplamasi ushbu joyda 1 000 °S haroratgacha qizib ketgan, “Titanik” aysberg bilan to`qnashganda po`lat bunga dosh berolmagan — katta yoriq yuzaga kelgan. Ekspertlar bunday qizishda po`lat sinuvchan bo`lib qolib, 75 % qattiqligini yo`qotishini tasdiqlashgan.



DURBINLAR TURGAN XONA QULFLANIB, KALIT QURUQLIKDA QOLIB KETGAN

So`nggi onda White Star Line kompaniyasi rahbariyati kema kapitanining birinchi yordamchisini o`zgartirishga qaror qiladi, uning o`rniga ko`p yillik katta kema boshqarish tajribasiga ega Genri Uayld tayinlandi. Ammo avvalgi yordamchi Devid Bler Uayldga durbinlar saqlanadigan seyf kalitini topshirishni unutadi.

Shu sababli oldinda aysberg borligi kech payqalgan. 

Qolib ketgan durbinlar haqida halokatdan 95 yil o`tgach, seyf kaliti auksionga qo`yilganida ma`lum bo`ldi. 



HALOKATNI YuZAGA KELTIRIShI MUMKIN BO`LGAN YaNA BIR NEChTA OMILLAR

O`sha tunda osmonda aysbergni yoritishi mumkin bo`lgan oy bo`lmagan, agar u bo`lganida aysbergni avvalroq payqash imkoni bo`lardi.

Boshqa kemalarning ogohlantirishiga qaramay “Titanik” muzlar hududiga kirib borganda tezligini kamaytirmagan. Agar kema past tezlikda bo`lganida u burilish manyovrini amalga oshirolgan bo`lardi.

,,,,


Titanik fojiasi 20 asrning eng shov-shuvli voqealaridan biri sifatida tarixga muhrlangan. Uning cho‘kishi haqida turli gipoteza va farazlar fojiadan ham mashhur. U haqda filmlar, kitoblar va maqolalar yozilgan. 

Titanik kemasining qurilishi 1909 yil 31 mart kuni boshlangan. 1911 yilning 31 may kuni bitkazilgan. 1912 yil 10 aprel kuni Titanik ilk va so‘nggi sayohatini boshlagan. 

Kemaning bosh loyihachisi Tomas Endryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham Titanik uch kecha-kunduz cho‘kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Afsuski bu so‘zlar noto‘g‘ri ekanligiga u 1912 yilning 15 aprel tunida amin bo‘ldi. 

Quyida sizga kamdan kam yozilgan faktlarni taqdim etamiz.



//////////////////////////

Amerikani qayta kashf etish



Foto: america

O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi arafasida ushbu tashrifni yorituvchi jurnalistlar bilan birga okean ortiga yo‘l olgan jurnalist, Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida Amerika safari taassurotlari bilan bo‘lishmoqda.



Nega Amerika Beruniya deb atalmaydi?

Amerikadagi ilk taassurotlarim bo‘yicha postimdan so‘ng ko‘plab fikr va takliflar oldim. Savollar ham ko‘p bo‘ldi. E'tibor va munosabat uchun rahmat. Bugungi postimda shu savollarning ba'zilariga javob bersam. Ba'zan bu olamning minglab rishtalar bilan bog‘liqligi va bir-biridan uzoqdek tuyulgan olamlar qanchalik yaqinligini tasavvur qilish kishini hayratga soladi. Masalan, Amerika va O‘zbekiston oralig‘ini qariyb 11 000 kilometr masofa hamda tubsiz va cheksiz okean ajratib tursada, guyoki, bizga har safar Amerika yangidan kashf etilgandek tuyulaveradi.

Tarixdan yaxshi xabardor kishilar yaxshi biladiki, Amerika qit'asining borligi haqida Kolumbdan oldin o‘zbek olimi aytgandi. Amerikaning ochilishi rasman 1492 yilning 12 oktabri deb hisoblanadi. O‘sha kuni mashhur yevropalik jahongashta dengizchi Xristofor Kolumb yangi olam sohillariga langar tashlaydi. Endi yana o‘zbek olimiga qaytamiz. 973 yilda Xorazm hududida tug‘ilgan Abu Rayhon Beruniyning bugungi zamonaviy kashfiyotlarni yaralishida anchagina mehnati singgan. Beruniy Yer sayyorasining o‘lchovini aniqlik bilan o‘lchagan dunyodagi birinchi olimdir. Beruniy o‘lchami bugungi olimlarning hisob-kitoblaridan (kompyuterda hisoblaganda albatta) atigi 17 kilometrga farqlanadi. Yer o‘lchovini bilganda u Osiyo, Afrika va Yevropa kit'alari dunyoning uncha katta bo‘lmagan bo‘lagi 2/5 qismini anglatishni ma'lum qiladi. Xo‘sh qolgan 3/5 qismi nimadan iborat. Abu Rayhon Beruniy Yevropa va Osiyo o‘rtasida boshqa qit'a borligiga oid ilmiy gepotizasini ilgari suradi. Beruniy umrida okean ko‘rmagan inson bo‘lsada, buyuk ixtirosi bilan «buyuk kashfiyot toji»ini kiyishga haqli. To‘g‘ri, u Xristofor Kolumb kabi yog‘och kemada Amerika sohiliga qadam qo‘ymagan bo‘lsada, Amerikadan 11 000 kilometr uzoqlikda turib, aql mash'ali ila o‘z qalami uchida yangi kashfiyot g‘oyasini berdi. Va bu 5 asrdan so‘ng o‘z tasdig‘ini topdi. Xo‘sh nima uchun unda bu yurt Amerika deyiladi? Xristofor Kolumbiya yoki Beruniya deyilmaydi? Birinchidan, bobomiz kamtarlikka borgan, ikkinchidan, Yevropada osiyolik olimlar bilan muloqot va jurnallar bo‘lmagan. Uchinchidan, o‘rtada tarixga tasodifan kirgan yana bir shaxs bor. U 1454 yilda Florentsiyada tug‘ilgan Amerigo Vespuchidir. U tadqiqotchi, savdogar va sayyoh bo‘lgan va Medichilar oilasiga xizmat kilgan. U Kolumb xaritasi asosida sayyohatga chiqqandi. Kolumb Amerikaga birinchi borgan bo‘lsa ham, u yerga «Vest Indiya», ya'ni Osiyoning davomi sifatida qaraydi va Kolumbdan farqli ravishda ko‘rganlari haqida Florentsiya zodogonlariga hikoya qiladi, ko‘plab maktublar yullaydi. O‘limidan so‘ng uning yozgan maktublari «Rakkolta» nashrida va Yevropaning boshqa jurnallarida ham chop etiladi. Kolumbning asarlari esa hali ommalashmagan edi (uning qarashlari va asarlari o‘limidan 50 yil o‘tib ommalashgan). Shu bois yangi olamga bu materikning mo‘'tadil iqlimi u yerda yashovchi aborigenlar va ajoyib tuproqni ta'riflagan Amerigo nomiga o‘tib ketadi. Zotan, bu faktlar o‘sha davrda ijtimoiy tarmoqlar bo‘lmasada, jurnallar orqali ommalashgan. U Amerika va Amerikaning asl xalqi, urf-odatlari to‘g‘risida juda ko‘p yozgandi.

Amerika ozodlikni va tashabbusni sevganlar yurti...

Amerikaning o‘ziga xos jihati ham shunda. Amerika ochilgandan beri bu zamin tadbirkor, eski olamdan zerikkan, o‘z taqdirini o‘z qo‘llari bilan yaratgan, yangilikka intilganlar, Irlandiyada dordan qochgan jinoyatchilar uchun makon bo‘ldi. 

Amerikani ko‘p va xo‘p tanqid qilishadi. Amerikani yomon ko‘radiganlar ham uchraydi. «Nima uchun bunday deb» bu yerga kelib o‘zimga savol berdim. Amerikada resurslar ko‘p emas, milliardlab tonna neft yoki gazi yo‘q, iqlimi ham og‘ir. - 62 sovuq faqat Alyaskada, +56 faqat Kaliforniyada bo‘lishi mumkin. Lekin dunyodagi birinchi ommaviy avtomobil Amerikada ishlab chiqarilgan. Dunyoning, bashariyatning aqliy boyligi - internet ham Amerikada ixtiro qilingan. Qo‘shma shtatlar eng ko‘p Nobel mukofoti olganlar yurti. Va bu yerda kimni uchratmaysiz. AQSh dunyodagi eng uzun - 6,5 million kilometrlik avtomagistrallar bilan rekordga ega. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l tizimi ham Amerikada. Eng hayratlanarlisi Qo‘shma shtatlarning rasmiy davlat tili yo‘q, aholining katta qismi ingliz tilining «amerikacha» talaffuz turini ishlatadi. Ikkinchi o‘rinda ispan tili turadi. Uchinchi til kar va soqovlar tili. Ba'zi shtatlarda fransuz tilida gaplashishadi.

Xo‘sh, bugungi tarixiy bosqichda O‘zbekiston va AQShni nima birlashtiradi degan savol juda muhim. Amerikada doim so‘z erkinligi, xususiy biznesning muqaddasligi, inson qadr-qimmati yuqori bo‘lgan. Amerikaga qup-quruq cho‘ntak bilan kelgan va «nol»dan ish boshlaganlar millionerlar va prezidentlarga aylanishgan. Amerikada bir sehrli gap bor. Bu «Amerika orzusi, o‘z kuch va g‘oyasiga ishongan odamning g‘alaba qozonishi»dir. Shuning uchun ham Amerikaning bosh qarorgohi Oq uyning 43 nafar sohiblarining barchasining kelib chiqishi har xil bo‘lgan. Ular orasida hatto kinoaktyorlar ham bor. Bu faktlar har bir amerikalikni o‘z orzusi bilan yashashga o‘rgatgan. Albatta, bunday odamlar va bunday davlat kibrli, o‘zini butun dunyoda ustun deb bilgan ayrim shaxslarga va davlatlarga yoqmasligi mumkin. Masalan, yaqingacha Buyuk Britaniya konservatizm g‘oyalari bilan ko‘proq zodagonlar, oilaviy siyosiy klanlar mamlakati bo‘lgani uchun Angliyada burjuaziya va qora xalq uchun ko‘p narsa taqiqlangan edi. Alaloqibat Buyuk Britaniya va umuman shu kabi boshqa mamlakatlardan odamlar Amerika tomon suzib kelishgan. Hozirgi davrda O‘zbekistonda ham biznes uchun imkoniyatlar ochilayotganligi, tadbirkorlar erkinligi amalda ta'minlanayotganligi, jamiyatda ochiqlik kayfiyati borligi bilan Amerikaga o‘xshab ketmoqda.



Amerikaliklarning kuchi oddiylikda..

AQShda menga yoqqan narsa odamlardagi oddiylik, moddiyatga berilmaganlik. Ko‘cha-ko‘yda va boshqa joylarda yoningizda millioner turganini sezmaysiz. Garchan musulmon bo‘lmasa ham zohidlik xos ularga. Davlat idorasi bo‘ladimi, boshqa idoralarmi, xullas hashamat, ortiqcha yaltir-yultur yo‘q. Amerikaga odmilik xos. Dasturxon ham me'yorida. Ular boyligini boshqa narsaga sarflashni yaxshi ko‘radi. Asosiysi farzandlar tarbiyasi, ularning bilim va ilm olishi. Nogahon o‘ylanib qolasan. Bizda ham ko‘pchilik boyidi 20-25 yil ichida, lekin mehnat bilan topgan narsalarimizni «ne to» narsalarga sarfladik. Chunki bizning orzuimiz boshqacha yo‘llarga kirib ketishiga ozgina qoldi.



Nega amerikaliklar Amerikani sevadi?

Oldingi postimdan qaytarish bo‘lsa ham aytaman: amerikaliklar Amerikani eng qudratli va eng adolatli davlat deb ishonadilar. Siyosatchilar ham xalq nima istayotganini bilib, shuni ro‘yobga chiqarishga harakat qiladilar. O‘zbekistonda ham bu jarayon boshlandi. Davlat xalq uchun tamoyili ishlay boshladi. Shu o‘rinda mashhur Prezident Jon Kennedining mashhur so‘zlaridan iqtibos keltirsam: «Davlat men uchun nima qildi deb o‘tirishdan ko‘ra men davlatga nima hissa qo‘shdim, deb o‘zimizdan so‘rashimiz muhim». 

Amerikaning milliy guli - bu atirgul. E'tibor bering tikonli atirgul, ya'ni, muvaffaqiyatga va g‘alabaga yo‘l tikonsiz bo‘lmas.

/////////////////////////////////////////



Amerikani qayta kashf etish



Foto: america

O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi arafasida ushbu tashrifni yorituvchi jurnalistlar bilan birga okean ortiga yo‘l olgan jurnalist, Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida Amerika safari taassurotlari bilan bo‘lishmoqda.



Nega Amerika Beruniya deb atalmaydi?

Amerikadagi ilk taassurotlarim bo‘yicha postimdan so‘ng ko‘plab fikr va takliflar oldim. Savollar ham ko‘p bo‘ldi. E'tibor va munosabat uchun rahmat. Bugungi postimda shu savollarning ba'zilariga javob bersam. Ba'zan bu olamning minglab rishtalar bilan bog‘liqligi va bir-biridan uzoqdek tuyulgan olamlar qanchalik yaqinligini tasavvur qilish kishini hayratga soladi. Masalan, Amerika va O‘zbekiston oralig‘ini qariyb 11 000 kilometr masofa hamda tubsiz va cheksiz okean ajratib tursada, guyoki, bizga har safar Amerika yangidan kashf etilgandek tuyulaveradi.

Tarixdan yaxshi xabardor kishilar yaxshi biladiki, Amerika qit'asining borligi haqida Kolumbdan oldin o‘zbek olimi aytgandi. Amerikaning ochilishi rasman 1492 yilning 12 oktabri deb hisoblanadi. O‘sha kuni mashhur yevropalik jahongashta dengizchi Xristofor Kolumb yangi olam sohillariga langar tashlaydi. Endi yana o‘zbek olimiga qaytamiz. 973 yilda Xorazm hududida tug‘ilgan Abu Rayhon Beruniyning bugungi zamonaviy kashfiyotlarni yaralishida anchagina mehnati singgan. Beruniy Yer sayyorasining o‘lchovini aniqlik bilan o‘lchagan dunyodagi birinchi olimdir. Beruniy o‘lchami bugungi olimlarning hisob-kitoblaridan (kompyuterda hisoblaganda albatta) atigi 17 kilometrga farqlanadi. Yer o‘lchovini bilganda u Osiyo, Afrika va Yevropa kit'alari dunyoning uncha katta bo‘lmagan bo‘lagi 2/5 qismini anglatishni ma'lum qiladi. Xo‘sh qolgan 3/5 qismi nimadan iborat. Abu Rayhon Beruniy Yevropa va Osiyo o‘rtasida boshqa qit'a borligiga oid ilmiy gepotizasini ilgari suradi. Beruniy umrida okean ko‘rmagan inson bo‘lsada, buyuk ixtirosi bilan «buyuk kashfiyot toji»ini kiyishga haqli. To‘g‘ri, u Xristofor Kolumb kabi yog‘och kemada Amerika sohiliga qadam qo‘ymagan bo‘lsada, Amerikadan 11 000 kilometr uzoqlikda turib, aql mash'ali ila o‘z qalami uchida yangi kashfiyot g‘oyasini berdi. Va bu 5 asrdan so‘ng o‘z tasdig‘ini topdi. Xo‘sh nima uchun unda bu yurt Amerika deyiladi? Xristofor Kolumbiya yoki Beruniya deyilmaydi? Birinchidan, bobomiz kamtarlikka borgan, ikkinchidan, Yevropada osiyolik olimlar bilan muloqot va jurnallar bo‘lmagan. Uchinchidan, o‘rtada tarixga tasodifan kirgan yana bir shaxs bor. U 1454 yilda Florentsiyada tug‘ilgan Amerigo Vespuchidir. U tadqiqotchi, savdogar va sayyoh bo‘lgan va Medichilar oilasiga xizmat kilgan. U Kolumb xaritasi asosida sayyohatga chiqqandi. Kolumb Amerikaga birinchi borgan bo‘lsa ham, u yerga «Vest Indiya», ya'ni Osiyoning davomi sifatida qaraydi va Kolumbdan farqli ravishda ko‘rganlari haqida Florentsiya zodogonlariga hikoya qiladi, ko‘plab maktublar yullaydi. O‘limidan so‘ng uning yozgan maktublari «Rakkolta» nashrida va Yevropaning boshqa jurnallarida ham chop etiladi. Kolumbning asarlari esa hali ommalashmagan edi (uning qarashlari va asarlari o‘limidan 50 yil o‘tib ommalashgan). Shu bois yangi olamga bu materikning mo‘'tadil iqlimi u yerda yashovchi aborigenlar va ajoyib tuproqni ta'riflagan Amerigo nomiga o‘tib ketadi. Zotan, bu faktlar o‘sha davrda ijtimoiy tarmoqlar bo‘lmasada, jurnallar orqali ommalashgan. U Amerika va Amerikaning asl xalqi, urf-odatlari to‘g‘risida juda ko‘p yozgandi.

Amerika ozodlikni va tashabbusni sevganlar yurti...

Amerikaning o‘ziga xos jihati ham shunda. Amerika ochilgandan beri bu zamin tadbirkor, eski olamdan zerikkan, o‘z taqdirini o‘z qo‘llari bilan yaratgan, yangilikka intilganlar, Irlandiyada dordan qochgan jinoyatchilar uchun makon bo‘ldi. 

Amerikani ko‘p va xo‘p tanqid qilishadi. Amerikani yomon ko‘radiganlar ham uchraydi. «Nima uchun bunday deb» bu yerga kelib o‘zimga savol berdim. Amerikada resurslar ko‘p emas, milliardlab tonna neft yoki gazi yo‘q, iqlimi ham og‘ir. - 62 sovuq faqat Alyaskada, +56 faqat Kaliforniyada bo‘lishi mumkin. Lekin dunyodagi birinchi ommaviy avtomobil Amerikada ishlab chiqarilgan. Dunyoning, bashariyatning aqliy boyligi - internet ham Amerikada ixtiro qilingan. Qo‘shma shtatlar eng ko‘p Nobel mukofoti olganlar yurti. Va bu yerda kimni uchratmaysiz. AQSh dunyodagi eng uzun - 6,5 million kilometrlik avtomagistrallar bilan rekordga ega. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l tizimi ham Amerikada. Eng hayratlanarlisi Qo‘shma shtatlarning rasmiy davlat tili yo‘q, aholining katta qismi ingliz tilining «amerikacha» talaffuz turini ishlatadi. Ikkinchi o‘rinda ispan tili turadi. Uchinchi til kar va soqovlar tili. Ba'zi shtatlarda fransuz tilida gaplashishadi.

Xo‘sh, bugungi tarixiy bosqichda O‘zbekiston va AQShni nima birlashtiradi degan savol juda muhim. Amerikada doim so‘z erkinligi, xususiy biznesning muqaddasligi, inson qadr-qimmati yuqori bo‘lgan. Amerikaga qup-quruq cho‘ntak bilan kelgan va «nol»dan ish boshlaganlar millionerlar va prezidentlarga aylanishgan. Amerikada bir sehrli gap bor. Bu «Amerika orzusi, o‘z kuch va g‘oyasiga ishongan odamning g‘alaba qozonishi»dir. Shuning uchun ham Amerikaning bosh qarorgohi Oq uyning 43 nafar sohiblarining barchasining kelib chiqishi har xil bo‘lgan. Ular orasida hatto kinoaktyorlar ham bor. Bu faktlar har bir amerikalikni o‘z orzusi bilan yashashga o‘rgatgan. Albatta, bunday odamlar va bunday davlat kibrli, o‘zini butun dunyoda ustun deb bilgan ayrim shaxslarga va davlatlarga yoqmasligi mumkin. Masalan, yaqingacha Buyuk Britaniya konservatizm g‘oyalari bilan ko‘proq zodagonlar, oilaviy siyosiy klanlar mamlakati bo‘lgani uchun Angliyada burjuaziya va qora xalq uchun ko‘p narsa taqiqlangan edi. Alaloqibat Buyuk Britaniya va umuman shu kabi boshqa mamlakatlardan odamlar Amerika tomon suzib kelishgan. Hozirgi davrda O‘zbekistonda ham biznes uchun imkoniyatlar ochilayotganligi, tadbirkorlar erkinligi amalda ta'minlanayotganligi, jamiyatda ochiqlik kayfiyati borligi bilan Amerikaga o‘xshab ketmoqda.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling