Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang


Download 38.69 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi38.69 Kb.
#1748748
Bog'liq
Nil


Nil
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Nil (maʼnolari).

Nil

النيل



Tavsif

Uzunligi

6 650 km

Havzasi

Oʻrta Yer dengizi

Suv sarfi

2 830 m³/s

Suv oqimi

Boshlanishi

Viktoriya koʻli

 · Boshlanish joyi

JinjaUganda

 · Balandligi

350 m

Quyilishi

Oʻrta Yer dengizi

 · Quyilish joyi

Misr

 · Balandligi

0 m

Joylashuvi




Davlat

Uganda

Vikiomborda "Nil" nomli sahifa mavjud


Nil (hoz. misrliklar tilida — AlBahr; lot. Nilus, yun. Ntilos) — Afrikadagi dare, Ruanda, Tanzaniya, Uganda, Sudan, Misr hududlaridan oqadi. Dunyoda eng uzun, uz. 6671 km, havzasining mayd. 2870 ming km². Daryoning bosh irmogʻi Sharqiy Afrikadagi Virunga togʻlaridan Katera nomi bilan boshlanib, Viktoriya koʻliga kelib quyiladi. Daryo mazkur koʻldan Viktoriya-Nil nomi bilan oqib chiqadi. Soʻng Koga va Albert koʻllaridan oʻtgach, dastlab Albert-Nil, soʻngra Bahr ulJabal deb ataladi. Yassitogʻ chegarasida koʻplab ostona va sharsharalar (Merchison va b.) hosil qilgan. Sudan tekisligida vodiysi bot-qoqlangan, bu qismida daryo juda se-kin oqadi. Suvining katta qismi bugʻlanishga sarf boʻladi. N. chapdan Bahr ul-Gʻazal va Bahr ul-Arab daryolari bilan qoʻshilgach, Oq Nil (Bahr ul-Abʼyaz) deb ataladi va Hartum sh.gacha chala choʻl va choʻl zonasidan oqadi. Oʻngdan Asva, Sabat, Koʻk Nil (Bahr ul-Azraq), Atbara kabi oʻnlab irmoqpar qoʻshilgan joydan N. nomini olgan. Keyingi 3000 km li masofada, yaʼni N. Oʻrta dengizga quyilguncha unga bironta ham irmoq kelib qoʻshilmaydi. Oʻrta dengizga mayd. 24 ming km² ga .teng delta hosil qilib quyiladi. Deltasida katta va kichik juda koʻp tarmoqlarga boʻlingan koʻllar mavjud. Daryo suvining bir qismi Ibrohimiya kanali va Yusuf tarmogʻi or-qali Birkat-Karun koʻliga quyiladi. N.dan chikarilgan Ismoiliya kanali Suvaysh kanali sohilidagi aholi pun-ktlarini, Mahmudiya kanali Iskanda-riya sh.ni chuchuk suv bilan taʼminlaydi.
N.ning suv rejimi mavsumlarga qarab keskin oʻzgarib turadi. Asvon sh. yonida oʻrtacha suv sarfi 2600 m³/sek. (maksimali 15000 m³/sek., minimali 400–500 m³/sek.), quyilish joyida 2900 m³/sek. N.ning ekvator qismidagi havzasida yoz va qish mavsumlarida, Misr va Sudanning markaziy va shim. hududlarida yoz — kuz oylarida suvi koʻpayadi. Daryoning kuyi ok,imida ayni jazirama yezda suv koʻpayadi. Toʻlinsuv davrining choʻqqisi sent. oyiga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha yillik oqim 73,1 km³. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgunga qadar daryo quyi oqimiga yiliga 62 mln. m³ loyqa keltirgan. N. suvi oqimini tartibga solib turish maqsadida Asvon, Baland Asvon toʻgʻonlari, Asvon, NagHammadi, Ul-Fayyum, Ouen-Fols GESlari qurilgan. Daryoning quyilish joyidan Asvon toʻgʻonigacha va oʻrta qismlarida kema qatnaydi. N. va uning irmoqlarida kema qatnaydigan qismining jami uz. 32 ming km. N. suvi baliqqa boy. Daryo boʻyida Qohira, Is-kandariya, Hartum va b. shaharlar joylashgan. N. vodiysi sugʻoriladigan deh-qonchilik asosida yuzaga kelgan qad. sivilizatsiya markazlaridan biri boʻlgan. Lhmad aaFartniy boshchiligida abbosiy xalifa al-Mutavakkilning buyrugʻi bilan 861 y.da N. suvining sath-ini oʻlchaydigan inshoot qurilgan. Bu qurilma dastlab "Miqyosi jadid" (Miqyos an-Nil), keyinchalik Nilo-metr deb atalgan va hozirga qadar Sayyolat ul-Rod mavzesi (Ravzo o.)da saqlanib qolgan.[1]
Nil (arab. النيل‎‎ an-nīlingl. Nile) — Shimoli-sharqiy Afrikada joylashgan dunyoning eng uzun daryosi.[2] U 6,650 km uzunlikka ega boʻlib, oʻnta davlat boʻylab oqib oʻtadi, bular SudanJanubiy SudanBurundiRuandaKongo Demokratik RespublikasiTanzaniyaKeniya,EfiopiyaUganda va Misr davlatlaridir.[3]
Nil suratlari va media-fayllar[tahrir]



Nildagi qayiq, Misr 1900



Sayohat kemasidan Nilga ochiladigan manzara, Misrdagi Luksor va Asvan oraligʻida



Feluka Nil boʻylab Asvan yaqinida suzmoqda.



Nilning Zamalek hududidagi qayiq, Qohira



Nil boʻyidagi botqoq



Ugandadagi Nil



Ugandadagi Nilni kesib oʻtayotgan qayiq



Shahar chiroqlari sahroni boʻylab choʻzilgan daryo vodiysini belgilab bermoqda.



Nil daryosi Qohira boʻylab oqib oʻtib, qadimgi kundalik hayot tarzi va shaharning zamonaviy koʻrinishini ohangrabo qilmoqda.



Nildagi daryo va togʻlarning koʻrinishi



Nil qirgʻoqlari boʻylab yashovchi 
Download 38.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling