Viloyat hokimi stipendiyasi
Download 15.04 Kb.
|
annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA
- “Parrandalarda nafas tizimi kasalliklari diagnostikasi”
- “Kelajak yulduzlari”
- Agrologistika va biznes fakulteti dekani: A.Avliyokulov
“Viloyat hokimi stipendiyasi”ga nomzod Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrologistika va biznes fakulteti “Veterinariya meditsinasi” faoliyat turlari bo’yicha ta’lim yo’nalishi 215-guruh talabasi Hasanov Elshod Abduqahhor o’glining faoliyati to’g’risida ANNOTATSIYA Men Hasanov Elshod Abduqahhor o’g’li 2021-yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga o’qishga kirdim. Talabalikka qabul qilinganimdan so’ng o’z mutaxassisligim bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman. Men institut miqyosida balki tuman,viloyat va respublikada tashkil etilayotgan onlayn hamda offlayn ko’rik tanlovlar, turli konferensiya va forumlarda qatnashib kelmoqdaman. 1.Ta’lim olish davomida fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirganligim, institutning ma’naviy, ma’rifiy va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etganligim hamda namunali xulqim bilan tengdoshlarimga o’rnak bo’lib kelmoqdaman. 2.Men shu kungacha 3ta mahalliy va xalqaro jurnallarda maqolalarimni chop ettirdim. 3. “Parrandalarda nafas tizimi kasalliklari diagnostikasi” mavzusida maqolam chop etildi. 4.”Kuydirgi kasalligiga tashxis qo’yish usullari” mavzusida maqolam chop etildi. 5. “Senuroz kasalligi va unga tashxis qo’yish” mavzusida maqolam chop etildi. 6. Men Hasanov Elshod Abduqahhor o’g’li institutda tashkil etilayotgan turli ilmiy va badiiy kecha hamda anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdaman. 7. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida talaba yoshlarning bo’sh vaqtini mazmumli o’tkazish maqsadida “milliy taomlar va milliy o’yinlar chempionati” bo’yicha Rektor kubogi musobaqasida guruhimiz jamoasi bilan tayyorlagan osh hakamlar hay’ati tomonidan yuksak e’tirof etilib faxrli birinchi o’rin deb topildi va Rektorimiz tomonidan diplom bilan taqdirlandi. 8. Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqasadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrologistika va biznes fakultetida tashkil etilayotgan onlayn hamda offlayn zakovat o’yinlarida “Kelajak yulduzlari” jamoasi safida doimiy ravishda qatnashib kelmoqdaman. 9. Men Hasanov Elshod Abduqahhor o’g’li 2022-2023 o’quv yili davomida ’ Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirgan holda Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi katta o’qituvchisi, Veterinariya falsafa fanlari doktori A.S.Mengliyevga shogird tushib turli mavzularda ilmiy maqolalar chop ettirib kelmoqdaman. 10. Hozirgi vaqtda men erishgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlar albatta biz yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar natijasidir. Shu yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib kelajakda institutimizga va vatanimga kerakli kadr bo’lib yetishishga, yangilik va izlanishlardan, ilm olishlardan chetda qolmay o’z ustimda tinimsiz ishlab yangiliklar yaratishga, bundan ham ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib, o’z soham va mutaxassisligimning bilimdon kadri bo’lib yetishishim uchun tinimsiz izlanishda va harakatda bo’lib, oldimga qo’yilgan ulkan maqsadim tomon shahdam qadamlar bosib bormoqdaman. Men Nurmatov Sardor Tuxtamish o’g’li 2022-2023o’quv yilida oliy ta’lim muassasalari uchun ta’sis etilgan “ Viloyat hokimi stipendiyasi” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovar bo’lish uchun tayyorgarlik ko’rmoqdaman. Agrologistika va biznes fakulteti dekani: A.Avliyokulov Download 15.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling