Viloyat markazidan saylgoh dam olish maydoni hiyoboni barpo etildi
Download 96.1 Kb.
|
arx qismi
Uzoq yashashi. Daraxt navlarining yashashi davomiyligi bog’-park qurilishi uchun katta ahamiyatga ega. Daraxtlarning umri har xil. Ma’lum bir qonuniyat kuzatiladi: tez o’suvchi daraxtlar sekin o’suvchi daraxtlarga qaraganda, odatda kamroq yashaydi. (bundan chinor, oddiy shumtol, lola daraxti mustasno).
Tashqi muhitning uzoq ta’sir etuvchi omillari ta’sirida tegishli shakllar va biologik xossalar shakllangan bo’lib, ular o’simliklarga ma’lum sharoitlarda yashashlariga imkon beradi. Agar tashqi muhit o’simlik bu o’zgarishlarga moslashadigan darajada o’zgarsa, u yashashda davom etadi, lekin bunda u o’zgaradi, bu o’zgarish uning organizmining yo faqat bir qismiga ta’sir ko’rsatadi, yoki butun organizmga ta’sir ko’rsatadi. Muhitning kuchli o’zgarishlariga o’simlik unga moslasha olmaydi natijada organizmning hayotiy funktsiyalarida jiddiy o’zgarishlar yuz beradi, bu uni xalok bo’lishiga olib keladi. SHuning uchun bog’-park qurilish uchun dekorativ materialni tanlashda unga faqat tashqi shaklini baholash nuqtai nazaridan yondoshmay, balki, agar biz o’simlikning o’sishi va rivojlanishining optimal sharoitlarida unga xos bo’lgan dekorativligini berishni istasak, u holda unga o’simliklarning ko’kalamzorlashtirilayotgan joyning tuproq ob-havo sharoitlariga qo’yadigan talablarning butun majmuini hisobga olgan holda yondashishimiz zarur. Maysazor kompozitsiyasi (gazon). Maysazor – boshoqli, kamroq dukkakli o’simliklardan iborat uchastkalar bo’lib, ular zich tuproqni himoyalovchi qoplamni tashkil etadi. Urug’ sepish, tabiiy o’tni yaxshilash va bir qator boshqa usullar bilan barpo etiladi. Maysazorlarning o’lchami 1m2dan bir necha gektargacha bo’ladi. Vazifasiga bog’liq holda dekorativ, sport o’yinlari uchun mo’ljallangan va maxsus vazifani bajaruvchi maysazorlarga bo’linadi. Bu maysazorlarning barcha guruhlari bir paytda sanitariya-gigienik vazifalarni ham bajaradi. Dekorativ maysazorlar ko’kalamzorlashtirishning yoki alohida turini yoki daraxtlar, butalar, gullar o’suvchi manzara vazifasini o’taydi. Sport o’yinlari uchun maysazorlar stadionlarda, ippodromlarda, o’yin maydonlarida barpo etiladi. Maxsus vazifani bajaruvchi maysazorlar aerodromlarda, tosh yo’l va temir yo’l chetlarida, gidrotexnik inshootlar chetlarida barpo etiladi. Navlar tarkibiga ko’ra maysazorlar sof - bir xil turdagi o’tlardan iborat; aralash - turli xillaridan iborat (aralash o’t), gullovchi maysa o’simliklari bilan boshoqli va dukkakli o’tlar aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Tarkibiga faqat boshoqli yoki dukkakli maysalar kiruvchi maysazorlar yashil maysazorlar, aralash o’tlar va gullovchi o’simliklar bilan mavritaniya yoki rang-barang maysazor deyiladi. Maysazorlar amal qilishi vaqtiga qarab bir yillik va ko’p yillik bo’lishi mumkin. Xulosa Axolining o’sishi va inson faoliyatining xar tamonlama rivojlanishi muamolari yashash muhitini o’zgartirish bilan bog’liq. Muhitni landshaft arhitekturasi bilan yaxshilash tajribalari yirik va o’rta tuman turqumlariga tegishlidir. Shuning uchun tuman muxitining funksional, ekologik va estetik sifatlarni uyg’unlashtirish landsaft arhitekturasining asosiy maqsadi xisoblanadi. Landshaft arhitekturasi asosiy vazifalari: -landshaftlarni muhofaza qilish -landshaftlarni o’zgartirish -yangi landshaftlarni landshaft yaratishning turli bosqichlarida yaratish. Landshaft loyihalash sohasida o’zining tipologiyasi mavjud: tumanning ko’kalamzor xududlari umumiy tizimi, tumandan tashqarida dam olishning ko’kalamzor tizimlarni alohida elementlarni loyihalash –tuman tipidagi va tuman axamiyatidagi parklarni, bulvarlarni, sanitary ximoya qismlarni va boshqa ko’p ob’eklarni loyihalash tizimi. Tuman ko’kalamzor tizimini lohihalash uning bosh tarixini loyihalash bilan uzviy bog’langan. Shuni ta’kidlash lozimki, xozirgi paytda tumanni “landshaft loyihalash” tusunchasining ham hajmi, ham mazmuni ancha o’sib, “landshaft tumansozligi” sifatini olayapti. Landshaft arxitekturasi oldida tumandan tashqari dam olish joylarni loyihalashda o’ziga xos muammolar majmuasi paydo bo’ladi: ayniqsa yirik tumanlarning ta’siri doirada bu muammolar murakkab va turli xildir. Landshaft arxitekturalaring faoliyati tuman ichki ko’kalamzor hududlarni qurish bilan bog’liqdir. Tumanning o’ziga xos ko’rinishini shakllantirishda xuddi o’shalar muhim ro’l o’ynaydi. XX asr boshlarida tumanlarning rivojlanishi keskin o’sishiga olib keladi. Tumanlarning o’sishi kun tartibiga aholining dam olishini nafaqat tuman chegarasda, balki undan tashqarida ham tashkil etishni qo’yadi. Ilmiy texnik revolyuysiya, tumanlar va sanoatning gurkirab o’sishiga ko’pchilik, ayniqsa yirik va eng yirik tumanlarni ekologik eqologik holokat yoqasiga olib keldi, u tumanlarni ko’kalamzorlashtirishni arhitekturadagi ekologik yo’nalish bo’lgan landshaft arhitekturasiga aylanishga olib keladi. Bog’-parklarini yaratish tuman va qishloq aholisi uchun dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun juda muhimdir. Loyihalanayotgan Urganch tumanida Ulli xovli majmuasining landshaft yechimi loyihasini mavjud xudud uchun juda qulay bo’lib, qishloq aholisi va sayoxatchilarning dam olishini va xordiq chiqarishi uchun barsha qulayliklarga ega. Olingan 4.5 yillik taxsilimiz samarasi shuni ko’rsatadiki men loyihalagan diploma ishim qurilish me’yorlari asosida yaratilgan bo’lib amalyotga tadbiq qilinishda o’z ifodasini topadi. Download 96.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling