Viloyat markazidan saylgoh dam olish maydoni hiyoboni barpo etildi


Yashil ekinzorlarning funksiyalari


Download 96.1 Kb.
bet4/7
Sana08.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1342734
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
arx qismi

Yashil ekinzorlarning funksiyalari:

  1. mikro iqlimni yaxshilash; haroratli – namgarchilik tartibini o’zgartirish: vertikal, gorizontal shamollatishni tashkillashtirish, havoning ionlashuvga ta’siri (yengil ionlarni soni ortsa inson asab tizimiga ijobiy ta’sir etadi); katta parlanish imkoniyatiga ega bo’lish ( namgarchilikning kamayishida inson organizmi harorati tushib ketadi);

  2. O2ning ajralishi va CO2ning yutilishi;

  3. mikrob bakteriyalarini o’ldiruvchi, uchib yuruvchi moddalar – fitonsidovning ajralishi;

  4. shahar muhitini gaz va changdan tozalash;

  5. shovqin bilan kurashishga yordam berish ( 24% ovoz energiyasini pasaytirish va qaytarish, boshqa to’lqinlarni har tomonga yo’naltirish;

  6. texnik funksiyalar (qiyaliklarni mustahkamlash, chang va shamoldan himoyalash, olovda himoyalash va h.k.).

Shahardagi yashil ekinli maydonlar yo’nalishi bo’yicha uchta kategoriya bo’yicha ajralib turadi:
I. Umumiy foydalanish ekinzorlari – shahar ahiolisi uchun mo’ljallangan yashil ekinzorlar; dam olish va istirohat hiyobonlari, tuman va umumshahar miqyoaida markaziy hiyobinlar shahar bog’lari va skverlar, korxona oldi va ko’chalardagi ekinzorlar.
Umumiy foydalanish ekinlari yo’lovchilarni shovqindan, changdan, quyosh nurlanishidan, himoya qiladi, aholiga dam olishni yaxshilashda yordam beradi va ommaviy, madaniy, ko’ngil ochar tadbirlarni takomillashtirishga yordam beradi.
II. Foydalanishi cheklangan ekinzorlar – korxona va birlashmalar hududida joylashgan yashil ekinzorlar; bularga o’quv binolari, bolalar bog’chasi, klublar, kasalxonalar va h.k.
Foydalanishi cheklangan ekinzorlarda bolalar o’yinlari, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi, davolash va prafilaktika muolajalari, odamlarning ishdan bo’sh paytida dam olish uchun mo’ljallangan.
III. Maxsus ko’rsatmaga ega bo’lgan ekin maydonlari – ishlab chiqrish korxonalaridagi zonalari; notabiiy sharoitlardan himoya qilish; yong’inga qarshi; melioterativ hususiyatga ega; ko’chalar, mashina yo’llari bo’ylab; gul xo’jaliklari, botanika bog’lari va h.k.
Maxsus hususiyatga ega bo’lgan ekin maydonlar ishlab chiqarishning nojo’ya ta’sirini, transportlarning atrof muhitga bo’lgan ta’sirini kamaytiradi, qor, chang, shamoldan himoyalaydi, yog’in tutun shovqin, sel tarqalishini oldini oladi; landshaft tuzadi.
Yashil ekinli maydonlarning hammasi birgalikda, shaharni ko’kalamzorlashtirishning butun bir tizimi hisoblanadi va har biri o’z vazifasini bajaradi.
Bog’-park kompozitsiyasining asosiy materiali daraxt, yordamchi materiali – butalar, yarim butalar va maysa o’simliklari hisoblanadi. Ko’kalamzorlashtirishning faqat kichik o’ektlarida (uncha katta bo’lmagan xiyobonlarda, hovlidagi bog’larda), shuningdek, maxsus bog’larda, masalan al’pinariylarda, butalar va maysa o’simliklari asosiy material sifatida foydalaniladi.
Tarixiy rivojlanish jarayonida daraxlar turlicha ekologik sharoitlarda yashashga moslashib keldi. Ayrim navlar quruq qumli tuproqlarda muvaffaqiyatli o’smoqda (qarag’ay, qora archa, saksovul va b.), boshqalariga yanada unumdor va nam tuproq kerak (archa, terak, tol). O’simliklarning issiqlikka, havo namligiga bo’lgan talablari ham turlichadir.
SHaxsiy o’sish jarayonida o’simliklar bir qator bosqichlarni bosib o’tadi. Bu bosqichlarda aynan bitta o’simlik tepa qismining kattaligi va shakli, o’sish tezligi turlichaligi ifodalanadi.
Vegetatsiya mobaynida o’simliklarda rivojlanishning mavsumiy ritmikasi kuzatiladi. Bahorda daraxtlarda barg yoziladi, gullar paydo bo’ladi. YOzda ular yirik yoki mayda, ko’pincha yaqqol mevalar bilan to’lib toshadi. Ko’pincha bargning rangi ham o’zgaradi. Kuzda ko’p xil tusga kiradi. Sovuq tushishi bilan faol hayot tsikli tugaydi, barglar to’kila boshlaydi va o’simliklar bahorgacha qishki uyqu holatiga o’tadi. Daraxtlarning hayot tarzi ana shunday. Biroq bu, hammaga ma’lum bo’lgan va oddiy jarayonda shaxsiy xususiyatlarning ulkan xilma-xilligi asos qilib qo’yilgan, ularni yashil o’simliklarni loyihalashda, ko’kalamzorlashtirish uchun o’simliklarni tanlashda hisobga olish kerak.

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling