Viloyat markazidan saylgoh dam olish maydoni hiyoboni barpo etildi


Download 96.1 Kb.
bet1/7
Sana08.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1342734
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
arx qismi


Kirish
SHaharsozlikning keng qamragan tomonlaridan biri bu bog’-rog’, landshaft me’morchiligidir. Bog’-rog’ me’morchiligi to’g’risida Respublikamizda misli ko’rinmagan darajada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Diyorimiz Xoram zamini ko’plab buyuk voqealar, qutlug’ bayramlar va shodiyonalar, Yangi-yangi imoratlar, inshootlar qurib bitkazilishining guvohi bo’lgan zamindir. Ko’hna Xivaning 2500 yillik yubiley shodiyonalari munosabati bilan ulug’ ajdodlarimiz Al-Xorazmiy va Abu Rayxon Beruniy nomlariga Urganch xalqaro aeroporti yo’lining ikki chekkasiga barpo etilgan muhtasham bino va hiyobon shahar ko’rkiga ko’rk qushib turibdi.
Urganch shahrini ikkiga ajratib turuvchi Shovot qanali atrofini obodonlashtirilib “Avesto” ning 2700 yilligiga atab barpo etilgan me`morial hudud uch jihati kishining diqqatini o`ziga jalb etadi. Bu maydon hududi unga juda yaqin bo`lgan Jaloladdin Manguberdi bog`i bilan uyg`unlashib ketgan. Amir Temur nomli markaziy bog`i asosiy kirish qismi qayta ta`mirlanib, zamonaviy ko`rinishga ega bo`lgan qiyofa kasb etadi. Al-Xorazmiy Xonqa, Toshovuz kabi markaziy ko`chalar qayta tamirlanib, yangi zamonaviy ko`rinishga ega bo`ladi. Uchganch shahrining markazi qayta tamirlanib Al-Xorazmiy hiyoboni va ushbu hududda soat minorasining qad ko`tarishi, atrofdagi turli xil manzaraga ega bo`lgan favvoralar, bobokalonimiz sharafiga qad rostlagan Al-Xorazmiy haykali o`rnatildi.
Viloyat markazidan saylgoh dam olish maydoni hiyoboni barpo etildi.
Qadimiy Xorazm fan va madaniyati, san’ati, me’morchiligi, va uning natijasi bo’lgan kal’alar qurilishi kabilar o’zining jozibadorligi, ilmiy konunlarga asoslanganligi bilan xarakterlidir. Xorazm jaxon xalqlari tsivilizatsiyasiga qo’shgan muxim xissasi bilan aloxida ko’zga tashlanadi.
Insoniyat jamiyat tarixida uz faoliyatini boshlagandan buyon tabiat kuchlari ta’sirida bulib, ularni bartaraf kilish jarayonida uz bilim va tajribalari ortib borgan.
O’z xayotida insonlar dikkati turar-joy binolari mustaxkamligi va jamoa bulib yashash, ya’ni shaxarsozlik muammolariga karatilgan. Chunki ta­biiy agressiv ta’sirlarga mustaxkamlikni oshirish va tashki dushmanlarga jamoa bulib yashash orkali erishishga xarakat kilish kurilish usullarining takomillashishiga xamda shaxarsozlik konunlarining shakllanishiga olib kel­di.
Ma’lumki, diyorimiz uzining uta darajada rivojlangan tsivilizatsiyasi bilan umuminsoniyat tarixida bekiyos urin tutadi. Bugungacha mutaxassis­larning o’tmishdagi ota-bobolarimiz ilmiy merosini o’rganishlari, o’sha davr­dagi me’morlarning amalda foydalangan qurilish usullarini, manbalarni o’rganish, me’moriy-tektonik tizimlarni taxlil qilish diyorimizda o’rta asrlarda me’moriy loyihalash fanining to’lik shakllanganligini ko’rsatdi.
O’tmish me’moriy loyihalash fani umumiy matematika fanining bir qis­mi sifatida rivojlangan va geometrik shakllar va umuman me’moriy-quri­lish g’oyalarini qurilish maydoniga tushirishga xizmat kilgan. Bunda tabiiy­ki me’moriy loyihalash fanining rivoji, unda qo’llaniladigan qonuniyat geometrik yasash usullari, ya’ni geometriya bilan chambarchas boglikdir.
O’tmishda arxitektura nazariyasi faqat bino va inshootlarni loyihalash bilan chegaralanib qolmagan. Bunda yuqorida aytilganlardan tashqari sha­xarsozlikning keng ko’lamli masalalari, zilzilabardoshlik va klimatolo­gik masalalar, shaxar va "iloxiy" joylarda kal’alarni ko’rish, massiv to’g’onlar qurilishi, ariqlar qazish kabi keng miqyosdagi masalalar bilan xam shug’ullanilgan.
Landshaft atamasi ilk bor bundan yuz yil muqaddam Amerika Ko’shma Shtatlarida, u yerdagi milliy parklarni tashkil qilish bilan bog’lik holda yuzaga keldi. Ovrupoga esa u ancha vaqtdan so’ng kirib kelgan. Biroq, bundan landshaft arxitekturasi va di­zayni qisqa va mo’jaz tarixga ega ekan degan tushuncha kelib chiqmasligi kerak. Aksincha, ushbu tushuncha chegaralari inson faoliyatining juda ko’hna tarixiga borib taqaladi.
Zamonaviy tushunchalarga ko’ra ma’lumki, arxitektura deganda insoniyat jamiyati va uning xar bir a’zosi uchun zarur bo’lgan qulay va shi­nam muxit yaratishga qaratilgan ijodiy va ama­liy faoliyat tushuniladi. Bundan qariyib ikki ming yil muqaddam yashagan rumlik arxitektura nazariyotchisi Mark Vitruviy Pollion arxitek­tor yaratadigan ushbu muxitning foydali, mustahkam va ayni paytda, go’zal bo’lishligi xaqida gapirgan. Demak me’morchilikka xos uzviy sifatlar - bu foydalilik mustahkamlik va go’zallikdir. Dizaynga xos sifatlar ham deyarli shunday: foydalanishga kulayliq mustaxkamliq chiroyliliq tejamkorliq kurilmaviy-texnik va sanoat talablariga muvofiklilik. Yoki za­monaviy tip bilan boshqacharok aytsaq me’moriy va dizaynerlik, ya’ni sun’iy xayotiy muxitni yaratishning vazifaviy, texnik va estetik jihatlardan barkaror bo’lishligi, arxitektura va dizayn inson faoliyatining eng muxim uchta jixatlarini: fan, texnika, iqtisodiy talablarni, estetika va san’atni o’zida mujassamlantirmog’i zarur.
Yuqoridagi mushtaraklikda aloxida o’rinni san’at egallaydi. Darxaqiqat, me’mor va di­zayner yaratgan har qanday sun’iy muxitning badiiy-estetik saviyasi va sifati uning umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o’rnini belgilab beradi, uni yaratgan insonlar va jamiyatning insonparvarlik va badiiy g’oyalarini O’zi­da aks ettiradi xamda yaratilgan muxitni boshqa utilitar funktsional va texnik qurilma-lardan ajratib turadi. Ayni paytda, shuni nazarda tutmoq kerakki, har qanday yuksak badiiy saviyada yaratilgan estetik muhit xam texnik vositalarsiz va muayyan funktsiyasiz shunchaki bir jonsiz o’yinchoqdir xolos.
Arxitektor va dizaynerlar yaratadigan hayotiy muxitlar sifatiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Eng avvalo bu tashki atrof muxitdan butunlay yoki qisman ajratilgan va sun’iy yaratilgan me’moriy qurilmadir. Bunday muxit turli binolar va inshootlar ko’rinishida shakllantirilgan bo’ladi. Ular asosan yer saxnida shakllantirilsada, birok ular safida yer osti, suv osti va boshqa turli-tuman qurilmalar xam bo’lishi mumkin. Bunday bino va inshootlar odatda ichki va tashki devorlar, yopmalar bilan chegaralangan ochik muxitni yoki yarim ochiq yarim yopik muxitni tashkil qiluvchi qurilmalardan tuzilgan arxitektura ob’ektlaridir.
Arxitektorlar yaratadigan muxitning yana bir keng soxasi xam mavjudki, ular ichki va tashki kurilmalar bilan cheklanmaydigan ochik fazoviy muxitdir. Bularga ko’chalar, maydonlar, gulzorlar, xiyobonlar, soxillar, mikrorayonlar ichidagi boglar, skverlar, bulvarlar, maxsus par-klar, istiroxat bog’-saroylari, milliy bog’lar, xiyobonlar, mo’’jaz bog’lar va tarixiy landshaftlar kiradi. Sun’iy tarzda yaratiladigan bun­day ochik maskanlar ruyxatinn yana ham davom ettirish mumkin. Landshaft me’morchiligining asosiy maqsadi ana shunday ochikq maskanlar muxitini tabiiy va sun’iy elementlar, shu jumladan mo’jaz me’moriy shakllar, tashqi obodanlashtirish va informatsion-axborot qurilmalari vositasida kompozitsion badiiy shakllantirishdir.
Bog’-istirohatchilik san’atining o’ziga xos yorqin xususiyati - bu ularni namoyon qilishda qo’llaniladigan tabiiy «qurilish materiallari»dir. Bular safiga eng avvalo o’simliklar dunyosi, suv dunyosi, yer, toshlar va umuman joy rel’efining barcha xususiyatlari ki­radi. Aynan shu materiallar ochiq fazoviy mu­xitni shakllantirishda asosiy manba xisoblanadi. An’anaviy qurilish materiallari ochiq muxitni shakllantirishda muxim bo’lsada, biroq yordamchi ro’l o’ynaydi. Bunda u tabiiy elementlar va atrof muxitga iloji boricha kam ta’sir ko’rsatishga xarakat qiladi. Boshqa tomondan esa u butunlay yangi «sun’iy tabiat» yaratib, uni inson maqsadlari va badiiy extiyojlariga moslashtiradi. Ushbu yo’nalish landshaft ar­xitekturasi va dizayni tarixiy taraqqiyotining butun davomida turli ko’rinish va bog’lanishlarda namoyon bo’lib kelmoqda.
Landshaft, agar biz uni an’anaviy me’moriy amaliyot bilan taqqoslasak xal qiluvchi narsani uning estetik rolida va, ta’bir joiz bo’lsa, insonparvarlikning ibtidosida ko’ramiz. Muhitni shakllantiruvchi funktsional va ayniksa, tex­nik tomonlar, ular qancha muxim bo’lsada, landshaft arxitekturasida yordamchi o’rinni egallay­di. Aynan ushbu xolat landshaft arxitekturasi va dizaynini aloxida san’at turi, xususan bog’- parkchilik san’atining bir ko’rinishi tarzidagi tushuncha mazmunida keng tarqalishiga sabab bo’lgan. Jumladan akademik D.S.Lixachev tari­xiy bog’-parkning rejaviy stilistik yechimini u yoki bu davr, u yoki bu mamlakat xalqlari badiiy tasavvurining ifodasi deb baxolaydi. Bunday dunyoqarash garchi ancha sub’ektiv xususiyagga ega bo’lsa ham to’lig’icha xaqqoniydir. Darxaqiqat, is­tiroxat bog’lari bunyod etgan me’morlar ijodi hamisha aloxida, shoirona xususiyatga ega bo’lib, o’z davrining ma’naviy va badiiy-estetik g’oyalarini uzviy uyg’unlashtirgan.



Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling