Viloyat: Navoiy Shahar: Zarafshon Maktab: 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi Mavzu: ch. Aytmatov. "Asrga tatigulik kun" romani


Download 45.05 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi45.05 Kb.
#136266
Bog'liq
Dars ishlanmasi


TITUL VARAG’I

Familiya: Rajabova

Ismi: Mahfuza

Otasining ismi: Raxmatullayevna

Viloyat: Navoiy

Shahar: Zarafshon

Maktab: 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Mavzu: CH.Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani

Sinf: 9


Pochta manzili: Mahfuza10@inbox.uz

Navoiy viloyati Zarafshon shahar

10- o’rta umumta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Rajabova Mahfuza Raxmatullayevnaning

adabiyot fanidan 9- sinf o’quvchilari uchun

Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun”



romani mavzusida tayyorlagan bir soatlik

dars ishlanmasi

Navoiy- 2018 Mahfuza10@inbox.uz

Sana: 14. 05. 2018 yil

Sinf: 9 Fan: adabiyot

Mavzu: Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani


T n

Maqsad va vazifalar:

ta’limiy maqsad: o’quvchilarga adibning ijod yo’li, yaratgan asarlari haqida batafsil ma’lumot berish; asar yuzasidan badiiy asar tahlili va adabiy- nutqiy kompetensiyani shakllantirish;

tarbiyaviy maqsad: oquvchilarda ota- oanaga hurmat, o’zlikni anglash, o’zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirish;

rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda adib ijodiga xos manbalarni media manbalardan izlab topa olish va saqlash layoqatini, shuningdek o’g’zaki nutqni rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish;

Vazifalar: asar yuzasidan o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishiga ko’maklashish.




Darsning tashkil qilinishi:

Dars usuli: induktiv (soddadan murakkabga tomon)

Dars uslubi: noan’anaviy (“Baxtli tasodif” , “Sayohat” , “Uzilmas zanjir” )

Darsning jihozi: texnik vositalar (proyektor, monitor), slaydlar, “Asrga tatigulik kun” romani, adib suratlari.

Nazorat: og’zaki savol- javob

Baholash: 5 ballik tizim asosida, turli xil rag’batlar.


Darsning bosqichlari:

  1. Tashkiliy qism: Savol bizdan- javob sizdan (sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi aniqlanadi, navbatchining davomati tinglanadi, jurnalga mavzu qayd etiladi, kun yangiliklari haqida fikrlar bildiriladi) 5 daqiqa

  2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Baxtli tasodif “ usulida 10 daqiqa

  3. Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa

  4. “Sayohat” usulida yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa

  5. Baholash, tilaklar, taqdirlash 3 daqiqa

  6. Uyga vazifa 2 daqiqa

O’qituvchi: Assalom mehrga tashna qalblarim,

Ziyoli, odobli, hur dilbandlarim,

Diydor onlari-la yana uchrashdik,

Shirinso’z, so’zga boy o’quvchilarim.

O’quvchilar: Assalomu alaykum ustoz.

O’qituvchi: Siz salom berdingiz olgayman alik,

Ollohning o’zidir yuksak, begumon

Bandaga joizdir faqat kamtarlik,

Yo’l pastdan boshlanar kamolot tomon.

Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim, mana bugun yana qalblarimizni olam- olam quvonch-u shodliklarga to’ldirib yana bahor fasli o’lkamizda hukmron. Keling, mana shunday iliq kayfiyat ila darsimizni boshlaymiz.

Sinfimiz o’quvchilarini 2 bguruhga ajtatib olamiz.


Adolat

Ezgulik



Tashkiliy qism savollariga yuzlanamiz:

  1. Vatan tushunchasi sizning nazdingizda qanday tushuncha?

  2. Vatanni madh etuvchi she’rlardan namunalar keltiring.

  3. Yurtimizda qanday kun yangiliklari kuzatilmoqda?

(Ushbu savollar orqali o’quvchilarda jamiyatda bo’ladigan voqea- hodisalarga befarq bo’lmaslik layoqati shakllantiriladi)

Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib boriladi.

O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan birgalikda “ Baxtli tasodif” usulini o’tkazamiz.

(“Baxtli tasodif” usuli quyidagicha bo’ladi: o’tilgan mavzu Ch. Aytmatovning hayoti va ijodi haqida bo’lib, adib hayoti va ijodiga xos savollar yozilgan , har bir o’quvchi savol tortib bittadan savollarga javob berishadi, faqat bittasiga “Siz 5 ball sohibisiz” degan yozuv yozilgan bo’ladi. Savollar tushgan o’quvchilar savollarga javob berib baholanadi. Baxtli tasodif sohibi esa o’z- o’zidan 5 balni qo’lga kiritadi).

“Baxtli tasodif” savollari:


  1. Chingiz Aytmatov qachon, qayerda tug’ilgan?

  2. Adibning bolaligi qanday kechgan?

  3. Chingiz Aytmatovning ota- onasi haqida nimalarni bilasiz?

  4. Adib qayerlarda tehsil olgan?

  5. Ilk yaratgan asarining nomi nima?

  6. Adibning nomini jahonga tanitgan asarlaridan ayting/

  7. Biz bu yil Ch. Aytmatovning necha yillik yubeleylarini nishonlaymiz?

O’quvchilarni javoblari tinglangach, to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

O’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.

Yangi mavzu boshlanadi.

“Asrga tatigulik kun” romani. Ushbu mavzu bizga 3 soatga berilgan. Bugun biz asarni ilk parchasini siz bilan o’qiymiz.



Chingiz Aytmatovning bu romani 1980- yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan butun dunyodagi kitobxonlar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Yozuvchi ko’nglining tubidagi eng ezgu tuyg’ular ifoda etilgan bu romanga

X asrda yashab ijod etgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlari epigraf qilib olingan

Vveve

Asarda quyidagi joy nomlari tilga olingan: SARIO’ZAK dashtligi, Bo’ronli bekati, Ona Bayit qabristoni.

Asar qahramonlari: Edigey, Sobitjon, Nayman ona , Jo’lomon…



(Asar voqealari o’qituvchi tomonidan aytib beriladi va o’quvchiolarga ifodali qilib o’qitiladi).

Asar tushuntirib berilgach, ‘’Sayohat” usulida mavzu mustahkamlanadi.



Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Sobitjonning ota jasadini shu yerga ko’mib qo’yaqolishga urinishi sababini qanday izohlaysiz?

  2. Uning marhum vasiyatiga beparvoligi nimada?

  3. Edigeyning jasadini ona Bayit mozoriga qo’yishga astoydil urinishi zamirida qanday ma’naviy- axloqiy asos bor?

Javoblar tinglangach, o’qituvchi tomonidan mavzu mustahkamlanadi.

Guruhlarning rag’batlari umumlashtirilib, g’olib guruh aniqlanadi.



O’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa: intenetning ziyonet.uz, uzedu.uz saytlaridan adibning ijodiga xos ma’lumotlarni to’plash.

Asarning keying boblarini uyda mustaqil o’qib kelish.
Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling