^ Izoniazid — H;
^ Rifampitsin — R;
^ Pirazinamit — Z;
^ Etambutol — E;
^ Streptomitsin — S.
Sil bemorlari kimyoviy terapiyasi ikki bosqichdan iborat: davolashning jadal bosqichi va quvvatlovchi bosqich.
Jadal bosqich — davolashning 1-bosqichida (2—3 oy) bemor unga tayinlangan davolashning rejimiga asosan 4—5 silga qarshi dorilarni qabul qiladi va bu vaqtda M. Tuberculosisning tez nobud bo'lishi kuzatiladi. Natijada, bemor yuqumli bo'lmay, doriga chidamlilik paydo bo'lishining oldi olinadi. Bemor tayinlangan dorilarning hamma dozasini qabul qilishi muhimdir. Buning uchun bemor dorilarini qabul qilishini bevosita nazorat qilish kerak. Jadal bosqich davomida bemor ixtisoslashgan sil kasalxonasida davolanadi. Ba'zida davolashni ambulator sharoitda o'tkazish mumkin.
Quvvatlovchi bosqich — silni davolashning 2-bosqichida (jadal davolash bosqichiga nisbatan bu davrda qabul qilinadigan dorilar soni kamayadi) shikastlangan o'choqni zararsizlantirish uchun M. Tuberculosisning persist shakllariga ta'sir qilinadi. Bu bosqichda bemor ambulator davolanadi. Bemor o'zini yaxshiroq his qilishi va boshqa har xil sabablarga ko'ra, davolash ustidan to'liq nazorat o'tkazish qiyin bo'lib qoladi. Bosqichda kimyoviy terapiya kursini uzilish xavfi ko'payadi.
135.O'tkir obstruktiv bronxitning sabablari, klinik belgilari, bronxial astma hurujidan farqlash va hamshira parvarishini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |