Yuqorigi nafas yo'llaridan yot jismni chiqarib tashlashda |Geymlix usulini qo'llash texnikasi.
J: Nafas yo'llariga yot jism tushishi belgilari va birinchi yordam ko'rsatish ketma-ketligi
Barcha insonlarda uchrashi mumkin bo'lgan patologik-kritik holatlardan biri - nafas yo'llarida yot jism turib qolishi. Bunday vaziyatda shoshilinch yordam zudlik bilan ko'rsatilishi kerak bo'ladi - bir necha soniyalar ichida. Quyida kattalar va bolalar nafas yo'llarida yot jism tushishida shoshilinch yordam berish haqida ma’lumot keltirib o'tamiz.
Nafas yo'llariga yot jism tushish sabablari
Bunday vaziyat ko'pincha bolalarda kuzatiladi. Bu albatta bolakaylar tabiatining o'ziga xosligiga bog'liq - ular ovqatlanish vaqtida o'yin o'ynashga beriluvchan, gapirishga harakat qiladi, yo'tal yoki aksa urishlari mumkin. Bundan tashqari bolakaylar tashqi atrof jismlarni o'rganishda ularning ta’mini, mazasini bilish orqali harakat qiladilar, kichik o'lchamdagi jismlar tasodifan nafas yo'llariga o'tib ketishi mumkin. Bolalar og'iz bo'shlig'i va himoya reflekslarining to'liq shakllanmaganligi tufayli bolalarda yot jism tushish ehtimoli yuqori hisoblanadi.
Katta yoshdagi odamlar esa ovqatlanish vaqtida haddan ortiq ko'p taom iste’mol qilishlari yoki suhbat qurishlari natijasida nafas yo'llariga yot jism tushish mumkin. Bundan tashqari katta yoshdagilar spirtli ichimliklar iste’mol qilgan vaqtda nerv tizimi himoya reflekslari susayadi, natijada yot jism nafas yo'llariga o'tish ehtimoli ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |