Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet25/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Jarrohlik sepsisi: ta'rifi, tasnifi, belgilari, bemor muammolari. Sepsisli bemorlarni parvarish qilishda hamshiralik jarayonining xususiyatlari.

J: Jarrohlik sepsisi turli jarrohlik kasalliklari (ayniqsa, yiringli peretonit, plevrit, appenditsit, o‘pka absessi hamda kuyish jarohati) asorati sifatida uchraydi.
Davolash va hamshiralik parvarishi. Davolashning maqsadi asosan sepsisning qo'zg'atuvchisiga ta'sir qilish, bola organizmining himoya qobiliyati (reaktivligi) ni ko'tarish, moddalar almashinuvini korreksiya qilish va mavjud yiringli o'choqlarga qarshi kurashishdan iborat bo'lmog'i kerak. Davolash muolajalari qanchalik erta boshlansa va kompleks tarzda olib borilsa, shuncha barvaqt va yaxshi natija beradi. Kasallik qo'zg'atuvchilarga qarshi, odatda, antibiotiklardan, ayniqsa, keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan turlaridan 104 foydalaniladi. Antibiotiklar sutkalik dozasining 50-70% venalar orqali kiritilishi, 30-50% esa muskullar orasiga yuborilishi maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarni qo'llashda albatta mikroblarning sezuvchanligini aniqlash lozim, aks holda, davolash befoyda olib borilgan bo'ladi. Dezbakteriozga yo'l qo'ymaslik uchun antibiotiklar bilan davolash nistatin, levorin, bifidumbakterin va boshqa zamburug'larga qarshi vositalar bilan birgalikda olib boriladi. Yuqoridagi davo usullari bilan birgalikda simptomatik davolash, maxsus parvarish olib borilishi lozim. Bolaning terisi, tabiiy burmalari, mavjud mahalliy yiringli o'choqlari doimiy nazorat qilib turilishi va tegishli muolajalar vaqtida o'tkazib turilishi shart. Bolalar tuzalib kasalxonadan chiqarilgach, kasallikning og'iryengilligiga qarab kamida 1-3 oy davomida dispanser kuzatuv ostida bo'lishadi. Patronaj vaqtida hamshira ulardagi har qanday o'zgarishlarni sinchkovlik bilan aniqlashi va shifokor bilan birga aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralarini ko'rishi kerak.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling