Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet27/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

J: Anaerob infektsiya, gazli infektsiya, gazli flegmona, xavfli shish - jarohatlarning faqat kislorodsiz muhitda ko’payadigan kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar - anaeroblar bilan zararlanishi; ko’pincha, jarohatlari (asosan, oyoq va dumbadagi) tuproq tushishidan paydo bo’ladi, chunki tuproqda deyarli har doim anaerob infektsiya qo’zg’atuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan to’qimalar ko’proq zararlanadi, chunki qon tomirlarga shikast yetishi sababli jarohatlangan joyga kislorodga to’yingan qon (arterial qon) kelishi to’xtab qoladi.
Anaerob infektsiyada yumshoq to’qimalar tez shishib, unda gaz pufakchalari hosil bo’ladi, keyinchalik to’qimalar o’ladi (q. Gangrena). uning dastlabki belgilari: jarohat og’riydi, to’qimalar ko’pchib ketayotgandek tuyuladi, shish keladi, 1-2 kundan keyin tana harorati ko’tariladi. Anaerob infektsiya juda xavfli, shuning uchun bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak.

  1. Nima uchun OIV infeksiyali ayoldan tug'ilgan bolaga 18 oyga to'lguncha IFA va IB tahlillari o'tkazilmaydi?

J: OIV infeksiyasini spetsifik diagnostikasida quyidagi usullar qo'llaniladi:

  1. OlVga qarshi maxsus antitanachalarni aniqlash;

  2. virusning antigenlarini aniqlash;

  3. virus mavjudligini in vitro usulida o'stirib olib aniqlash.

1 . OlVga qarshi maxsus antitanachalarni aniqlash (serologik usullar-IFA va immunoblot). Immunoferment analizi (IFA) keng tarqalgan, nisbatan arzon, qoilanilish imkoniyati eng oson bo'lgan diagnostika usulidir. Tekshirish uchun qon zardobidan yoki plaz- masidan foydalaniladi. Bu usul OlVga qarshi organizmda hosil bo'lgan antitanachalarni aniqlash imkonini beradi. Bu usulda tek- shirilganda antigen-antitelo kompleksi hosil bo'ladi, hosil bo'lgan kompleks ferment (substrat reaksiya) ta'sirida rangini o'zgartirib. vaqqol namoyon bo'ladi. IFA yolg'on musbat yoki yolg'on manfiy natijalar berishi mumkin. Shuning uchun IFA musbat natija bergan qon namunalarini immun blot usulida tasdiqlash zarurdir. OIV in- feksiyasiga chalingan homilador ayoldan tug'ilgan chaqaloqlarda IFA musbat natija berishi ham mumkin. manfiy natija berishi ham mumkin, cluinki ona organizmida hosil boigan antitanachalar bo­laning qonida 18 oygacha saqlanib. sirkulatsiya qilib yuradi. juda kam hollarda bu 3- yilgacha cho'zilishi mumkin. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqda 18 oygacha serologik reaksiyalar mus­bat natija bersa ham. bu kasallik yuqqanligini tasdiqloqvhi hujjat bo’laolmaydi.


  1. Download 2.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling