Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Nafas yo'llarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar


Download 2.27 Mb.
bet69/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Nafas yo'llarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar
Ushbu patologiyaning o'ziga xosligi shundaki, yot jism ko'pincha ovqatlanish vaqtida nafas yo'llariga o'tib keladi. Nafas yo'llarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan belgilar 3 bosqichda yuzaga chiqadi:
^ Boshlang'ich bosqich. To'satdan yuzaga keluvchi kuchli yo'tal, ko'z yoshlanishi, yuz
terisi qizarishi;
^ Belgilar kuchayish bosqichi. Yo'tal yanada kuchli namoyon bo'ladi, nafas olish deyarli
ro'y bermaydi, ammo bemor nafas harakatlarini bajaradi, og'iz atrofida ko'karish kuzatiladi;
^ Oxirgi bosqich. Nafas olish butkul to'xtaydi, bemor hushini yo'qotadi, qisqa vaqt ichida yurak ish faoliyati to'xtaydi, klinik o'lim holati kelib chiqadi.
^ Birinchi yordam ko'rsatish algoritmi quyidagicha:
^ Bemorga “nima bo'ldi?” savolini bering. Albatta siz bunday holatda ahmoqona
ko'rinishingiz mumkin, ammo aynan shu savol yordamida bemor nafas olyaptimi yoki yo'qmi, bilib olishingiz mumkin. Aynan, mana shu holat orqali keyingi taktikangizni belgilab olasiz.
^ Agar bemor umuman nafas olmayotgan bo'lsa unga “kuchliroq yo'tal, yana yo'tal, qani bo'laqol” degan buyruqni bering - ya’ni bemorni hushini yo'qotmaslik uchun, uni stimmulash uchun har qanday so'z bilan himoya reflekslarini “uyg'oting”. Ko'pincha mana shu chora tadbirlar yordamida kichik o'lchamdagi yot jismlar nafas yo'llaridan chiqib ketish uchun yetarli bo'ladi.
^ Agar yot jism 30 soniya davomida chiqib ketmasa yoki bemor xuruj boshlangan vaqtning o'zida nafas olmaganligini sezsangiz Xeymlix usulini qo'llash kerak bo'ladi.
^ Xeymlix usuli
^ Bu usulni bajarish texnikasi quyidagicha:
^ Shikastlanuvchining orqa tomonida turing;
^ Uni ikki qo'llaringiz bilan quchoqlang, o'ng qo'lingizni musht qilib chap qo'lingiz bilan uni kuchli ushlab oling, qo'llarni qorinning yuqori sohasiga qo'ying. Yo'nalish - yuqoriga va o'zingizga torting. Nafas olish sezilsa - bu yot jismning nafas yo'llaridan chiqib ketganligidan dalolat beradi.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling