Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida
Download 190.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 mil. 404 min.
- ta tayanch maktablar
- “Ingliz tilida gaplashamiz kuni”
- 76 ta guruhlarga 1284 nafar
- Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan maqsadli o’quvlar tashkil etish
- Maktab o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash
- 2014 yil 28 aprelda Adliya vazirligidan 2577- sonli raqam bilan ruyxatdan o’tkazilgan “Umumta’lim maktablarini darsliklar va O’MQlar bilan ta’minlash
Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot
Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2017 yilning birinchi yarmida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jizzax viloyatida jami 727 ta ta’lim muassasalari mavjud. SHundan, 542 ta umumta’lim maktablari, shu jumladan 4 ta maxsus maktab-internatlar, 1 ta Mehribonlik uyi, 170 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 14 ta Barkamol avlod markazlari, 1 ta pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Ta’lim 5 ta (o’zbek, rus, qozoq , qirg’iz va tojik) tillarida olib boriladi.
2017 yil uchun o’qituvchilarning jami ish haqqi fondiga 278 mil. 956 min. so’m ajratilgan. SHundan yilning 1-yarim yili uchun ish haqqi fondiga 139 mil. 478 mln. so’m, Direktor jamg’armasiga hodimlarning oylik ish xaqqi fondining 12% miqdorida 33 mil.475 min. so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan. 2017 yilning 1-yarmida Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar 18127 nafarni tashkil etadi. Direktor jamg’armasidan ustama oluvchi o’qituvchilar 7070 nafar. SHulardan ikki turda ustama oluvchilar 611 nafar, kasb mahorati uchun ustama oluvchi o’qituvchilar 4081 nafarni, sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlar uchun ustama oluvchi o’qituvchilar 2632 nafarni, ustama oluvchi kutubxonachilar 126 nafarni tashkil etadi. 2017 yil 6 oyi uchun direktor jamg’armasi 139 mld. 478 mln so’mni tashkil etib, kasb mahorati uchun 3 mld. 682 mln. 100 ming so’m, sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlar 2 mid. 650 mil.so’m, kutubxonachilar uchun 1 mil. 404 min. so’m, moddiy rag’batlantirish uchun 7 mld. 443,1 mln. so’m, moddiy yordam uchun 1 mil. 558 mln. so’m miqdorida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya to’g’risida”gi qaroriga asosan 39 ta ta’lim muassasalari, shundan 24 ta maktab (3 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 11 ta mukammal tahmir) hamda 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida (7 ta rekonstruktsiya va 8 ta mukammal tahmirlash) qurilish-tahmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Ajratilgan mablag’ 30410,0 mln. so’m. Barcha obhektlar bo’yicha loyimxa smeta xujjatlari tayyorlanib, tender savdolari o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi PQ-3079-sonli qaroriga ko’ra 4 ta maktab, 16 ta maktabgacha, 1 ta maxsus maktab internatini mukammal tahmirlash, 14 ta maktab va 15 ta maktabgacha ta’lim muassasasini joriy tahmirlash rejalashtirilgan. SHu bilan birga 496 m2 singan oynalarni almashtirish belgilangan. Hozirgi kunda barcha obhektlarda tahmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. SHundan 2 ta maktab va 1 ta maxsus maktab internati mukammal ta’mirlandi, 4 ta maktab va 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi joriy tahmirlanib, 105 m2 singan oynalar almashtirildi. Ko’mir yoqilg’isi bilan isitiladigan ta’lim muassasalariga 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumi uchun 13200 tonna ko’mir va briket yoqilg’isi yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ko’mir yoqilg’isi tashish ishlari boshlab yuborilgan. Tabiiy gaz bosimi past va mahnaviy eskirgan qozonlarni almashtirish bo’yicha joriy yilda 35 ta ta’lim muassasasida 142 ta qozon almashtirish rejalashtirilgan bo’lib, xozirgi kunda 34 tasi almashtirildi.
Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning 1-choragida jami 18127 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. SHundan, 16207 nafari oliy ma’lumotli, 49 nafari to’liqsiz oliy ma’lumotli va 1871 nafari o’rta maxsus ma’lumotlidir. Jami o’qituvchilarning 6565 nafari (36,2%) 2 toifali, 3194 nafari (17,6%) 1 toifali, 611 nafari (3,4%) oliy toifali hamda 7757 nafari (42,8%) mutaxassis o’qituvchilardan iborat. Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 1 fevraldagi “Maktab direktorlarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va fan metodistlarining uzluksiz kasbiy mahoratlarini oshirishga yo’naltirilgan o’quvlarni tashkil etish to’g’risida”gi 36-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2017 yil fevraldagi buyrug’i ishlab chiqildi.
Mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash bo’yicha, umumta’lim maktablarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va hududiy xalq ta’limi bo’limlari fan metodistlarining uzluksiz kasbiy mahoratlarini oshirishga yo’naltirilgan o’quvlarni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari soni va hududiy joylashuvini inobatga olgan holda 20 ta tayanch maktablar belgilanib, 541 nafar umumta’lim maktablarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va 98 nafar fan metodistlari jalb etildi. Joriy yilning 20 fevralidan boshlab har ikki haftada bir martda belgilangan jadval asosida umumta’lim maktablarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari va fan metodistlarining uzluksiz kasbiy mahoratlarini oshirishga yo’naltirilgan audio aloqa tizimi orqali o’quvlarni tashkil etish mexanizmi yo’lga qo’yildi. Maktab direktorlarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralarida faoliyat ko’rsatayotgan fan metodistlarining metodik ehtiyojlarini i’t.mahorat.uz saytidagi maxsus onlayn so’rovnoma asosida o’rganib chiqildi va o’rganish natijalari asosida audio aloqa tizimi orqali o’quvlar tashkil etilib, tizimli ravishda o’quvlar materiallari, taqdimot va mahruzachilar tayyorlanib borilmoqda. Umumta’lim maktablari kimyo fani o’qituvchilarining kasbiy maxoratini uzluksiz oshirib borish maqsadida viloyat ishchi guruxi tarkibi, o’quv dasturlari, metodistlar tomonidan ikki bosqichli harakatdagi o’quv mashg’ulotlari tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga ko’ra viloyat miqyosida 19 ta tayanch maktablarida xarakatdagi o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi va bu o’quv mashg’ulotlariga 502 nafar kimyo fani o’qituvchilari qamrab olindi. Umumta’lim muassasalarida belgilangan fan yo’nalishlarining o’qitilishi bo’yicha ta’lim sifatini oshirish, yuqori samaradorlikka erishish hamda metodik xizmatni rivojlantirish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari tomonidan 65 ta dars ishlanma hamda 11 ta metodik tavsiya, 48 ta dars ishlanma, 4 ta metodik tavsiya, VXTXQTMOI tomonidan 32 ta dars ishlanma, 6 ta metodik tavsiya, 2 ta metodik qo’llanma, JDPI tomonidan 21 ta dars ishlanma, 3 ta metodik tavsiya, 3 ta metodik qo’llanmalar yetkazib berish ishlari tashkil etilgan. SHuningdek, tuman(shahar) miqyosida tabiiy va aniq fanlar bo’yicha jami 24 ta, ijtimoiy
metodik xizmatni hamkorlikda tashkil etish maqsadida Jizzax Davlat pedagogika instituti, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining hamkorlik ish rejasi ishlab chiqildi. CHet tili o’qituvchilarning kasb maxoratini oshirish maqsadida viloyatdagi 32 ta tayanch maktablar negizida 41 ta gurux tashkil etilgan va ushbu guruxlarga 826 nafar ingliz tili o’qituvchilari jalb etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan SEFR talablari asosida tuzilgan test sinovlaridan 2013-2017 yillarda 100 nafar chet tili o’qituvchilar muvafaqqiyatli o’tdi va ularga 15-30% ustamalar belgilandi. Viloyatdagi ta’lim muassasalarida o’quvchilarni chet tillariga qiziqtirish, dars jarayonidan tashqari vaqtlarida ham unumli foydalanish maqsadida chorshanba kuni “Ingliz tilida gaplashamiz
muassasalarida 31 ta chet tili to’garaklari tashkil etilib, ulardagi 76 ta guruhlarga 1284 nafar o’quvchilar qamrab olingan bo’lsa, 174 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridan 124 tasida ingliz tili to’garaklari tashkil etilib, ularga 4155 nafar tarbiyalanuvchilar jalb etilgan.
Viloyat Metodika markazi tomonidan fanlar va sinflar kesimida 2016- 2017 o’quv yilining birinchi yarim yillik yakuni monitoringi natijalari asosida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish borasida amalga oshiradigan ishlar rejasi tuzildi. Mavzular bo’yicha aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha olib boriladigan faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida umumta’lim maktablaridagi fan o’qituvchilariga metodik yordam sifatida “Bo’shliqlar bilan ishlash daftari” nomli metodik tavsiyasi ishlab chiqildi va joylardagi umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.
Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 26 yanvardagi Xalk ta’limi tizimida “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” respublika tanlovini o’tkazish tug’risida”gi 31-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida mart-aprelg’ oylarida o’tkazildi. “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisining” viloyat bosqichiga 14 ta fandan o’qituvchilar ishtirok etdi.
Viloyat xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari o’rtasida “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko’rik tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi 62–sonli buyrug’i asosida tanlovda hududlar kesimida 19 ta fandan jami 7657 nafar fan o’qituvchilari 1235 nafar fan o’qituvchilari viloyat bosqichida ishtirok etib ulardan 95 nafar fan o’qituvchisi g’olib bo’ldi. Tanlovning respublika bosqichida Karimova Nargiza Do’stlik tumanidagi 18-umumta’lim maktabining otna tili va adabiyoti fani o’qituvchisi 2-o’rin, Abdullaeva Islom Zarbdor tumani 25-IDUMning MIG’ fani o’qituvchisi 3- o’rin, Nurg’oziev SHuxrat Do’stlik tumanidagi 10-umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi 1- o’rin, Qo’chqorova Dilfuza Do’stlik tumani 18-umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi 2- o’rin, Xoliqov Niyatilla SH.Rashidov tumanidagi 58-umumta’lim maktabining musiqa fani o’qituvchisi 1-o’rin, Safarova Gavhar Jizzax shahridagi 3-umumta’lim maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi 2-o’rin jami 6 nafar fan o’qituvchisi g’olib bo’ldilar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli hamda 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo’yicha maqsadli o’quvlar tashkil etildi. Maqsadli o’quvning kaskad usulida hududlarda davom ettirish maqsadida 7776 nafar o’qituvchilar hududlar kesimida qamrab olindi. Umumta’lim fanlari bo’yicha o’quvchilar bilimining Davlat ta’lim standartlari talablariga mosligi darajasini aniqlash monitoringi,yakuniy attestatsiya, “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiadalari”, natijalarini o’rganib tahlil qilish, aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish va o’quvchilar o’zlashtirishi murakkab bo’lgan mavzular ustida ishlash bo’yicha darsdan keyingi qo’shimcha mashg’ulotlarni tashkil etish hamda bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha metodik materiallar tayyorlash va umumta’lim muassasalariga yetkazib berish ishlarini tashkil etildi. Viloyat xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalari o’qituvchilarining fanlardan belgilangan metod kunlarini samarali tashkil etishlari uchun umumta’lim maktablarida “Metodik xona” tashkil etish, xonani texnik vositalar(televizor, DVD, ekran, proektor, kompg’yuter, printer), fanlar bo’yicha elektron resurslar, videodarslar, ilg’or ish tajribalar banki bilan jihozlash ishlarini tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar berib borilmoqda.
Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini o’rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumiy o’rta ta’limning kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o’quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini yanada takomillashtirishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o’quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash motivatsiyalarini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori bilan umumta’lim fanlari bo’yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim tugrisidagi Nizomni tasdiklash xakida”gi 140-sonli xamda 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiklash tugrisida”gi 187-sonli karorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini amaliyotga joriy etish buyicha tegishli mutaxassislar uchun 2017-2018 o’quv yilidan boshlab maqsadli o’quvlar tashkil etish, xalk ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari dasturlari qayta kurib chiqilishini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 15 maydagi “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv
2017 yil 29-30 may, 31 may-2 iyung’ kunlari Toshkent shahridagi A.Avloniy nomli XTXQTMOIda o’tkaziladigan maqsadli o’quvlarga 20 ta fandan 40 nafar trener-o’qituvchilar malakalarini oshirish qaytdilar. Ushbu o’quvlar 6-9 iyung’ kunlari viloyat miqyosida, 13-16 iyung’ kunlari tuman miqyosida, 20-23 iyung’ kunlari maktab miqyosida o’tkazildi. Bugungi kunda viloyat
xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan jami 16164 nafar pedagog xodimlarning barchasi komptentsiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o’quv dasturlarning mazmun –mohiyati bilan tanishtirildi hamda ta’minlandi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari tomonidan hududiy o’quvlar belgilangan jadval asosida olib borildi. Mazkur hududiy o’quvlarga ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari to’liq qamrab olindi.
Ta’lim mazmunini takomillashtirish va o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda darsliklar ta’minoti, yangi avlod darsliklari hamda o’quv qo’llanmalarining yaratilishi, DTS hamda o’quv dasturlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi 362- sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O’zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014 yil 14, 25, 15-QQ va 08-05-04- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 2014 yil 28 aprelda Adliya vazirligidan 2577- sonli raqam bilan ruyxatdan o’tkazilgan “Umumta’lim maktablarini darsliklar va O’MQlar bilan ta’minlash tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilingan. Maktab o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash mazkur Nizom asosida olib borilmoqda. Viloyatda ta’lim o’zbek, rus, qozoq, qirg’iz va tojik tillarida olib boriladi. Olib borilgan ishlar natijasida 2-9- sinf o’quvchilari ijara darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi 2017 o’quv yilining birinchi yarim yillikda 100 % ni tashkil etadi. Boshqarma tizimidagi umumta’lim maktablari uchun 2016-2017 o’quv yiliga 1-,2-,3-,4-,5-sinf o’quvchilari uchun jami 1 101 232 dona (jumladan 1-sinflar uchun 358 397 dona, 2-sinflar uchun 321 553 dona, 3-sinflar uchun 285 723 dona, 4-sinflar uchun 69 118 dona, 5-sinflar uchun 51028 dona, shuningdek IDUM lar uchun 5 nomda 1134 dona, maxsus maktablar uchun 65 nomda 3 782 dona hamda maktab o’qituvchilari uchun 10 104 dona, umumta’lim maktablarining 2-sinf o’quvchilari uchun 26 113dona, 3 sinf o’quchilari uchun 24 002 dona, 4- sinf o’quvchilari uchun 23 109 dona chet tili darsliklari va daftarlari) darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi “Umumta’lim maktablari o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlashni takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ 362-sonli qarorining ijrosi bo’yicha ham viloyatda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Umumta’lim maktablari o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek darsliklar chakana savdosi keng tarmog’ini tashkil qilish ushbu qaror asosida yanada takomillashtirilgan. Umumta’lim maktablarining kutubxona jamg’armalari joriy yilning 1 iyulgacha xatlovdan o’tkazildi. Xatlovdan o’tkazilgan darsliklar va O’MQlarni nitijasi tuman(shahar) bo’yicha umumlashtirilmoqda.
2017 yilning 6 oyi davomida tizimdagi ta’lim muassasalari o’quvchilarining mahnaviy-axloqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, reja asosida barcha muhim sanalar, buyuk allomlarning tavallud kunlariga bag’ishlab mahnaviy- mahrifiy tadbirlar amalga oshirib borildi. SHuningdek, 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni”ga bag’ishlab umumta’lim maktablarida “Balli yigitlar” va “SHunqorlar” musobaqasi o’tkazildi. Fevralg’ oyida buyuk allomalar A. Navoiy va Z.Bobur tavalludi kuniga bag’ishlab qator adabiy tadbirlar, shehriyat kechalari, ochiq darslar tashkil etildi. SHuningdek 1 mart - shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan adabiy badiiy kechalar, ochiq darslar, seminar va konferentsiyalar tashkil etildi. 8 mart “Xalqaro-xotin qizlar kuni” ga bag’ishlab O’quvchilar o’rtasida “Mehrim sizga onajon”, “Yurtimizda ayol zotiga munosabat”, “Onam oilamiz fayzi” mavzularida insholar yozdirildi, “Kamolot” va “Kamalak” sardorlari hamda “Sahovatli bolalar” harakati ahzolari tomonidan joylardagi keksa, yolg’iz va nogiron hamda “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida bo’lgan onaxonlarning holidan xabar olindi.
“Yilning eng faol direktor o’rinbosari”, “Prezident asarlarini o’rganamiz” ko’rik-tanlovlarining quyi maktab bosqichlari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari o’quvchi-yoshlari o’rtasida “Yilning eng yaxshi
iqtidorli yosh
ixtirochisi”ko’rik-tanlovi, "Kitobxon maktab" ko’rik-tanlovi, “Giyohvandlikka qarshi birlashaylik” rasmlar tanlovi, Imkoniyatlari cheklangan bolalar o’rtasida “Maftunkor ranglar olami” ko’rik-tanlovi, “Orasta qizlar” ko’rik-tanlovi ko’rik-tanlovlarining quyi maktab bosqichlari ham reja asosida o’tkazildi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi PQ-2854- sonli qarorining ijrosi bo’yicha boshqarmaning chora-tadbirlari ishlab chiqilib, reja asosida ishlar tashkil etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martdagi “Ijtimoiy-mahnaviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 130-sonli qarorida va dasturi asosida belgilangan vazifalarning ijrosi bo’yicha ham tizimda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mazkur qaror bilan tasdqilangan dastur asosida barcha ta’lim-muassasalarida “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilib, targ’ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar o’quv yili boshidan 250 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar o’tkazilib, ularga 35 760 nafar o’quvchilar qamrab olindi.
Yanvarg’ oyida tizimda “Davomatni yaxshilash oyligi” deb ehlon qilinib, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ko’p dars qoldirayotgan o’quvchilar bilan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Fevralg’ oyida 541ta umumta’lim maktablarida rejadan tashqari “Ota-onalar yig’ilishlari” barcha sinflarda tashkil etildi. Yig’ilishda o’quvchilar davomati, yo’l harakati xavfsizligi qoidalari, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish kabi masalalar tahlil qilindi.
Mart oyida tizimda “Ota-onalar bilan yakkama-yakka suhbat” tadbirlari o’tkazildi. Oy davomida jami 4220 nafar ota-onalar bilan farzand tarbiyasiga tahsir ko’rsatishi mumkin bo’lgan salbiy holatlar va tahdidlar to’g’risida gaplashildi.
Xuddi shuningdek, “Mahrifat” gazetasining 2017 yil 15 martdagi 21-sonida M. Quronovning “Yangi mafkuraviy tahdidlar: ularga qarshi kurashishda asosan milliy tarbiya usullarimizga tayanishimiz zarur” maqolasi bo’yicha barcha maktablarda ota-onalar va o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazildi.
Xuddi shuningdek, reja asosida tizimdagi o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish, milliy madaniy meroslarga hurmat hissini tarbiyalash borasida viloyat O’lkashunoslik muzeyiga yil davomida sayohatlar uyushtirib borilmoqda. Yil boshidan buyon 3200 nafar o’quvchilarning sayohatlari uyushtirildi. Mahnaviy-mahrifiy tadbirlar bilan bir qatorda o’quvchi-yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik tadbirlar huquq tartibot organlari bilan “Odam savdosi- davr muammosi”, “Giyohvandlik asr vabosi” va shu kabi mavzularda muntazam ravishda reja asosida barcha ta’lim muassasalarida davra suhbatlari o’tkazib borilmoqda. Mazkur yo’nalishda 341 ta davra suhbatlari o’tkazilib, 48075 nafar o’quvchi-yoshlar jalb etildi. Barcha umumta’lim maktablarida Sog’liqni saqlash, Ichki ishlar, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o’quvchi-yoshlarni umumta’lim maktablarini bitirayotgan 21068 nafar o’quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari bilan ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo’yicha 540 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Davra suhbatlari va uchrashuvlarga 84 nafar soha mutaxassislari, 1230 nafar pedagog-xodimlar, 21068 nafar o’quvchilar va ularning 7000ga yaqin ota-onalari qamrab olindi. Profilaktik nazoratdagi va ichki nazoratdagi o’quvchilarning sodir etishi mumkin bo’lgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish maqsadida har bir oilaga yakkama-yakka suhbat uchun tashriflar uyushtirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 martdagi 08/61-19-(43)-sonli yig’ilish bayoni hamda viloyat hokimining 2017 yil 5 aprel 01-530-sonli yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlash hamda bolalarning yozgi dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlarida mazmunli dam olishlarini tashkil qilish, sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 13 ta tuman (shahar)larda 61 ta ta’lim muassasalarida kunduzgi oromgohlar tashkil etilib unda 5225 nafar o’quvchilar dam olishi, oromgohlarga jami 750 nafar xodimlar jalb etilishi bular jumlasiga pedagog kadr va tarbiyachilar, yetakchilar, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa o’qituvchilari, kutubxonachilar, xamshiralar va oshpazlar xodimlarini qabul qilingan. Oromgohlar faoliyatini tashkil etish uchun viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan “Yoz-2017” metodik qo’llanmalar ishlab chiqilgan va barcha turdagi oromgohlarga yetkazildi. Barcha umumta’lim maktablarida Sog’liqni saqlash, Ichki ishlar, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o’quvchi-yoshlarni umumta’lim maktablarini bitirayotgan 21068 nafar o’quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari bilan ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo’yicha 540 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Davra suhbatlari va uchrashuvlarga 84 nafar soha mutaxassislari, 1230 nafar pedagog-xodimlar, 21068 nafar o’quvchilar va ularning 7000ga yaqin ota-onalari qamrab olindi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarning davomatini yaxshilash maqsadida “Davomat” reydlari keng jamoatchilik vakillari bilan har bir maktabda har haftaning juma-shanba kunlari o’tkazildi. Barcha maktablarda “Payshanba-profilaktika kuni” doirasida IIB xodimlari va tegishli mutaxassislar bilan jami 320 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Yozgi tahtil davrida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va keng qamrovda o’quvchilarni bandligiga qaratilgan “To’garaklar festivali” tadbirining viloyat bosqichi joriy yilning 10-18 may kunlari barcha tumanlar va Jizzax shahri markaziy maydonlarida o’tkazildi. Avgust oyida 3 bosqichda o’tkazilgan “Eng obod ta’lim muassasasi” ko’rik-tanlovining respublika bosqichida Baxmal tumanidagi 4-umumta’lim maktabi faxrli 2-o’rinni egalladi. Download 190.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling