Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida
Maktabgacha tag’lim muassasalarida olib borilgan ishlar
Download 190.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar”gi
- II. Maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda ularning malakasini oshirish bo’yicha
- III. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiy xizmatni tashkil etilganligi bo’yicha
- IV. Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish va ularning quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha
- V. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog’lom ovqatlantirish ishlarini tashkil etilganlik holati bo’yicha
- VI. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda metodik ishlarni tashkil etilganlik holati bo’yicha
- Jizzax viloyati hokimligi tuman(shahar) hokimliklarida amalga oshirilgan ishlar: O’zbekiston Respublikasi
- PQ-2707-sonli qarori ijrosi bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holati
- Mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar
- 10690 nafari
- 20137 nafari
- 21056 nafar
- 20119 nafar
- “Ochiq eshik”lar kuni , “Kasblar festivali”
- “Otalar yig’ilishlari”
Maktabgacha tag’lim muassasalarida olib borilgan ishlar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosi bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning bajarilish holatini o’rganish bo’yicha MA’LUMOTNOMA
Jizzaxviloyati xalq ta’limi tizimida 173 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi. SHundan 163 tasi umumiy tipda, 5 tasi (Jizzax shaxridagi 5-,21-sonli, G’allaorol tumanidagi 8- sonli, SHarof Rashidov tumanidagi 9- sonli, Zarbdor tumanidagi 6- sonli) maxsus ixtisoslashtirilgan maxsus tipda, 5 tasi (Jizzax shaxridagi 2- sonli, 21-sonli, Paxtakor tumanidagi 5-sonli, Dustlik tumanidagi 4-, 17-sonli) sanatoriy tipida. SHuningdek, avgust oyi holatiga Baxmal tumani 1 ta MTM, SHarof Rashidov tumanida 1 ta yopik turgan davlat MTMlar qayta tashkil etildi, va faoliyat boshladi. 140 quvvatga ega Maktabgacha ta’lim muassasalarining jami quvvati 21815 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunda 25563 nafar bola qamrab olingan. Bu ko’rsatkich viloyatdagi jami 2-7 yoshdagi 132413 nafar bolalarga nisbatan 19.3 foizni, jami maktabgacha ta’lim muassasalarining quvvatiga nisbatan 110, foizni tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016
yil 29
dekabrdagi PQ-2707-sonli qaroriga asosan, 2017-2021 yillarda viloyatda jami 81 ta maktabgacha ta’lim muassasasi moddiy bazasini mustahkamlanadi (3 ta yangi qo’rilish, 53 ta rekonstruktsiya va 25 ta kapital tahmirlash). SHundan, 2017 yilda Jizzax viloyatida 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida rekonstruktsiya va mukammal tahmirlash ishlari olib borilmoqda. (7 ta rekonstruktsiya, 8 ta mukammal tahmirlash). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’limni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 30 dekabrdagi 315-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat
xalq ta’limi
boshqarmasining 2017
yil 3 yanvardagi 11-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan va tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlariga yetkazilgan. Joriy yilning bugungi kuniga qadar maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralaridan 17 nafari o’z lavozimlaridan ozod etilgan bo’lib, ulardan 8 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati xuquq tartibot organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tekshirilgan va mudiralarning noqonuniy faoliyati aniqlangan. Ushbu holatlar bo’yicha boshqarmaga taqdimnoma kiritilgan va mudiralar lavozimidan ozod etilgan. Xususan, SHarof Rashidov tumanidagi 19-sonli “Nilufar” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ropieva Rayxon, 23-sonli “Kamola” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Komilova Ehtibor, 7-sonli “SHalola” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi SHomurodova Sayyora, Zarbdor tumanidagi 1-sonli “SHodlik” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Umarova Robiya, 6-sonli “Nurli quyosh” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Yunusova Surayyo, Paxtakor tumanidagi 14-sonli “G’uncha” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Niyazmetova Feruza, Do’stlik tumanidagi 3-sonli “Lola” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Tog’aeva Lola, Jizzax shaxrida 21-sonli “Orzu” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ergasheva Zulfiyalar noqonuniy faoliyatlari tufayli lavozimidan ozod etilgan. SHuningdek, yuqoridagi kabi kamchiliklarga yo’l qo’ygan Jizzax shaxrida 4 ta, Do’stlik tumanidagi 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mudiralariga mehnat qonunchiligi talablari asosida intizomiy jazo choralari qo’llanilgan. Mirzacho’l tumanidagi 7-sonli “Oltin kalitcha” maktabgacha ta’lim muassasasida sodir etilgan noqonuniy holatlar bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ergasheva Dilafro’zga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilib Jinoyat ishlari bo’yicha Mirzacho’l tuman sudining hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etish jazolari qo’llanilgan. Viloyat bo’yicha faoliyat yuritib kelayotgan 173 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika ta’minoti, bolalar katnovi, tartib intizom va obodonlashtirish masalalari joylarda o’rganilganda aksariyat muassasalarda ushbu masalalarning oqsayotganligi va bir qator muammolar borligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklarga viloyat hokimligi va tegishli idoralar tomonidan haqqoniy baho berilib, viloyat hokimi tomonidan muhokama qilinib, bir qator amaliy chora-tadbirlar belgilangan. II. Maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda ularning malakasini oshirish bo’yicha: Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 170 ta maktabgacha ta’lim muassasalarigi pedagog xodimlar soni 1560 nafarni tashkil etadi. SHundan 362 nafari oliy, 1166 nafari o’rta maxsus ma’lumotli bo’lib, ularning 99 nafarini nomutaxassis kadrlar tashkil qiladi. Pedagog xodimlardan1470 nafari hozirgi kungacha malaka oshirish kursidan o’tgan,99 nafari esa malaka oshirish kursidan o’tmagan. Barcha tuman va shahar xalq ta’limi bo’limlarida rahbar lavozimlariga zahira ruyxati shakllantirilgan. III. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiy xizmatni tashkil etilganligi bo’yicha: Viloyatdagi 230 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiyot xonalari mavjud bo’lib, shundan 63 tasida izolyator xonalari bor. Ulardagi jihozlar soni: muzlatgichlar 44 ta, bo’y o’lchagich 139 ta, tarozi 110 ta, dori-darmon shkafi 127 ta.Maktabgacha ta’lim muassasalarida dori darmonlar uchun 83.4 mln so’m ajratilishi belgilangan bo’lib 8 oy davomida 23 foiz moliyalashtirilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining jami quvvati 21815 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunda 25563 nafar bola qamrab olingan. Bu ko’rsatkich viloyatdagi jami 2-7 yoshdagi 132413 nafar bolalarga nisbatan 19.3 foizni, jami maktabgacha ta’lim muassasalarining quvvatiga nisbatan 110, foizni tashkil etadi. Viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining bo’sh guruh xonalarida jami 142 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ommaviy axborot vositalari orqali targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda, Jumladan: Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kafedra katta o’qituvchisi M.Musurmonova tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar mahnaviyatini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida uslubiy ko’rsatma va “Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot vositasida mahnaviy shakllantirish” mavzusidagi monografiyalari Institut ilmiy kengashi tasdig’idan o’tkazildi. Hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun kafedra katta o’qituvchisi M.Musurmonova tomonidan “Mahnaviy-mahrifiy ishlarni tashkil etishda pedagoglarning mashuliyati”, kafedra o’qituvchisi L.Jabborova tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy g’oyani singdirish usullari”, SH.Kamolova, L.Jabborovalar tomonidan “Sog’lom bola - yurt tayanchi” va “Ibn sino ta’limotida sog’lom turmush tarzi” mavzularida ilmiy maqolalar Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida chop etildi.“Mahrifat”, “Jizzax xaqiqati”, “Jizzax ovozi” gazetalarida maktabgacha ta’limga oid maqolalar chop etildi.
V. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog’lom ovqatlantirish ishlarini tashkil etilganlik holati bo’yicha: Viloyatda maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat sanitariya mehyorlari asosida bajarilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ-2707-sonli qarorlari, viloyat hokimligi, prokuraturasining maktabgacha ta’lim muassasalar faoliyatini o’rganish natijalariga kura o’tkazilgan yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, maktabgacha ta’lim muassasalarida sifatli ovqatlantirishni tashkil etish hamda faoliyat yuritayotgan hamshiralarning huquqiy mehyoriy hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat o’quv amaliy seminari 2017 yil 10-yanvarg’ kuni G’allaorol tumanidagi “Uchquncha” MTMida tashkil etildi.Unda viloyat xalq ta’limi boshqarma boshlig’i, viloyat DSENM mutaxassisi Yu.Bozorboev va xududiy vakillar, TMFMT va TEB uslubchilari, 2 nafardan ilg’or tajribaga ega mudira va xamshiralar ishtirok etdilar.
Viloyatdagi 170 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida kichik kutubxonalar tashkil etilgan bo’lib, kutubxonalar bolalarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini barvaqt uyg’otish maqsadida bolalar va
ota-onalar uchun
17241
ta adabiyot bilan ta’minlangan bo’lib, ularning 6588 tasini metodik, 10327 tasini bolalar badiiy adabiyoti tashkil etiladi. Viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari asosida bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarining rivojlanish darajalari tahlil qilinganda ushbu ko’rsatgich 85,6 foizni tashkil etadi. Qishloq hududlarida 3-6yoshdagi farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan oilalarga 15 841 dona kitoblar jamlanmasini tarqatish ishlari yakuniga yetkazilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish, o’qish, yozish, atrof-olam bilan tanishtirish, intellektual qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan zarur didaktik o’yinchoqlar bilan ta’minlanganlik darajasi viloyatda 49.5 foizni tashkil etadi, o’yinchoqlarga bo’lgan ehtiyoj 51,5 foiz. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo’yicha viloyat miqyosida hamda tumanlarda o’quv-seminar, davra suhbati, treninglar muntazam o’tkazib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli qarori ijrosi bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holati: Jizzax viloyatida 2017 yilda jami 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-tahmirlash ishlarini amalga olshirilishi belgilangan(7 ta rekonstruktsiya va 8 ta mukammal tahmirlash). Mazkur obhektlarning barchasida qurilish-tahmirlash ishlari boshlab yuborilgan, buyurtmachi va pudratchilar o’rtasida 13,0 mlrdso’mlik shartnomalar imzolangan. Joriy yilning 22 avgust holatiga 9,8 mlrdso’mlik qurilish-tahmitrlash ishlari bajarilgan. Bu esa yillik rejaning 75,5%ini tashkil etmoqda. Bugungi kunda barcha obhektlarda qurilish-tahmirlash ishlari olib borilmoqda. Obhektlarni foydlanishga topshirish muddati oktyabr-noyabr oylari etib belgilangan.
Jizzax viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi uchun 2017 yilning 8 oyi davomida joriy tahmirlash ishlari uchun 1,7 mlrd so’m, isitish tizimini tahmirlash uchun 0,4 mlrd so’m, yumshoq jihozlar uchun 545 mln so’m, oziq-ovqat maxsulotlari uchun 7,1 mlrd so’m, dori-darmon mahsulotlari uchun 900 mln so’m mablag’lar moliyalashtirilgan.
to’liq qamrab olish. 2017 yilning 6 oyida “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o’qish bilan to’liq qamrab olinishini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” joylarga ijro uchun yetkazildi va shu asosida amalga oshirilgan ishlar ma’lumotlari Respublika tashxis markaziga taqdim etildi. 2017 o’quv
yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf
o’quvchilari 21068 nafarni tashkil etdi. SHundan 10690 nafari o’g’il bolalar, 10378 nafari qiz bolalar bo’lib, bu o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar “e-maktab” elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. 2017 o’quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari maktabni bitirganlaridan so’ng qaysi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qishni davom ettirishlari bo’yicha hoxish-istaklari borligini bilish maqsadida “So’rovnoma” o’tkazish rejalashtirilgan “So’rovnoma” natijasiga ko’ra 21068 nafar jami bitiruvchidan, akademik litseylarga 1627 nafar bitiruvchi, kasb-hunar kollejlariga esa
19441 nafar bitiruvchilar o’qish istaklarini bildirishdi. O’z hududidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga 20137 nafari, boshqa viloyatlardagi akademik litseylarga va kasb-hunar kollejlariga 626 nafari, Toshkent shahridagi akademik litseylarga va kasb-hunar kollejlariga 305 nafari o’qish istagini bildirishgan. Viloyat tashxis Markazining mutaxassislari tomonidan umumta’lim maktablarining 7-9-sinflarida
qamrab olish, erta turmush qurishni oldini olish, mustaqil hayotlarida kasb-hunarning o’rni haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun “Kasb-hunar-qizlar iqboli”, “Hunarli qiz-yurt kelajagi”, “Bilimli qiz sarishta, hunarli qiz farishta” mavzularida davra suhbati tashkil etish va o’tkazish bo’yicha namunaviy stsenariysi joylarga yetkazildi hamda 7-9-sinf o’quvchi qizlari o’rtasida o’tkazildi. Umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida anhannaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Men tanlagan kasbni-kelajak hayotimdagi o’rni” mavzusidagi insholar tanlovining tuman (shahar) xamda xududiy bosqichlarini o’tkazish bo’yicha Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2017 yil 21 fevraldagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Men tanlagan kasbni-kelajak hayotimdagi o’rni” insholar tanlovi to’g’risida”gi 26-sonli buyrug’i ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi hamda Nizom asosida mart oyida viloyatimizdagi barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’tkazildi. Ko’rik tanlovning viloyat bosqichi natijalariga asosan Do’stlik tumani 10-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Tosho’pulatov Muxammadqodir 1-o’rinni egalladi. Respublika tashxis Markazining 2017 yil 2 martdagi 01/10-01-60-sonli xati asosida umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida chet tili darslarida “Mening orzuimdagi kasb” mavzusida diktantlar yozish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilib joylarga yetkazilgan. Xududlarda, ushbu xat ijrosini ta’minlash maqsadida, umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida diktantlar o’tkazilmoqda. Viloyat tashxis Markazi umumiy urta ta’lim maktablari amaliyotchi-psixologlari tomonidan ukuvchilarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlari uzluksiz tashxisini aniqlash, ularni taxlil kilish ishlarini ehtibordan chetda qoldirmay, viloyatdagi mavjud barcha maktablarning 9-sinf bitiruvchilaridan “Differentsial diagnostik surovnoma”, “Kasbiy motivatsiyani aniqlash”, “Qizikishlar xaritasi”, “SHaxs tiplarini va ularga mos kasblarni aniqlash”, “SHaxs tiplariga psixologik tavsif” (Psixogeometriya) xamda “SHaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari (KTQ)ni o’rganish usuli” kabi psixologik tashxis metodikalari o’tkazilib, ularning layokati, qobiliyati va qiziqishlari o’rganib chiqildi va ushbu taxlilar orqali ularning kelajakda tanlashi mumkin bo’lgan kasblar bo’yicha ma’lumotlar shakllantirildi. Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2017 yil 28 yanvardagi « Yilning eng yaxshi psixologi » ko’rik-tanlovining II viloyat bosqichini o’tkazish to’g’risida”gi 19/1-sonli buyrug’iga asosan 2017 yil 28-29 mart kunlari Jizzax shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida “Yilning eng yaxshi psixologi” ko’rik tanlovining II viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlovda viloyatning 13 ta tuman (shahar)laridan 12 nafar amaliyotchi psixologlar ishtirok etdilar.Tanlovda Baxmal, G’allaorol, Jizzax, Zomin, Zafarobod, Zarbdor, Do’stlik, Forish, Yangiobod tumanlari va Jizzax shaxridan ishtirok etgan maktab psixologlari faol ishtirok etib, o’z kasbiy mahoratlarini ko’rsatdilar. Ayniqsa, tanlov ishtirokchisi S.Ergashevaning yangi pedagogik texnologiyalarni hayotga tadbiq etayotgan ilg’or, tashabbuskor, izlanuvchan va faol maktab amaliyotchi psixologi ekanligini namoyon qilib, viloyat bosqichida 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. 2017 o’quv yilida viloyatdagi 6 yoshli bolalarni jismoniy va ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lmagan holda maktabga tayyorlash, ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish , tibbiy ko’rik natijasida kasalligi aniqlangan bolalari “D” nazoratiga olish, sog’lomlashtirish xamda sog’lig’i jixatidan yetuk bo’lganlarini saralab olish, shuningdek, umumta’lim maktablari 1-9-sinf o’quvchilariga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida viloyat sog’liqni saqlash hamda xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida joylarda yanvarg’ oyidan boshlab tibbiy ko’riklar o’tkazilib kelinmoqda. SHuningdek, joriy o’quv yilining 6 oyi davomida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari tomonidan farzandlarini ta’limning keyingi bosqichiga o’tish yuzasidan fikrnomalar olindi. Ushbu fikrnomalar natijasiga ko’ra viloyatdagi jami 543 ta umumta’lim maktblarining 21068 nafar 9-sinf bitiruvchilari ota-onalarining fikrnoma natijalari qo’yidagilarni ko’rsatdi. Unga asosan akademik litseylarda 1271 nafar, kasb-xunar kollejlarida 10106 nafar, 10-11- sinflarda jami 9681 nafar o’qish istagini bildirdilar. Berilgan takliflar o’rganib chiqilganda tajriba- sinov tariqasida 2017-2018 o’quv yilida kasb-xunar ta’limi muassasalaridan 15 km va undan ortiq bo’lgan umumta’lim maktablari ichidan 147 ta maktabda 10-sinflar ochildishi rejalashtirildi va ularga hozirgi kunga qadar 2846 nafar bitiruvchilar ta’lim olishlari va bundanda ko’payishi kutilmoqda.
Jizzax viloyati bo’yicha 2016-2017 o’quv yilida idoraviy bo’ysinuvi va mulkchilik shaklidan qathiy nazar umumta’lim maktablarini 21056 nafar 9-sinf bitiruvchilari bitirdilar. SHundan 10332 nafari qiz bolalarni tashkil etadi hamda bu o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar “e-maktab” elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. 2016-2017 o’quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olish uchun o’quv yili davomida “Ota-onalar yig’ilishi”, “Otalar yig’ilishi”, “Onalar yig’ilishi”, “Kasb-hunar qizlar iqboli”, “Hunarli qiz-yurt kelajagi”, “Bilimli qiz sarishta, hunarli qiz farishta” mavzularida davr suhbatlari va akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o’qishni davom ettirish hoxish-istaklarini aniqlash yuzasidan “So’rovnoma”lar o’tkazildi. So’rovnoma natijalariga ko’ra umumta’lim maktablarining 21056 nafar bitiruvchilardan 1645 nafari akademik litseylarda, 19423 nafari kasb-hunar kollejlarida o’qishni davom ettirish hoxish-istaklarini bildirishdi. SHundan, o’z hududidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga 20119 nafar, boshqa viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga 640 nafar, Toshkent shahridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga 309 nafar o’quvchilar xohish bildirgan. SHu bilan birga maktabni bitirayotgan o’quvchilarning kasb-hunar kollejlari haqidagi tasavurrini kengaytirish maqsadida viloyat xalq ta’limi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamda “Kamolot” YoIH ning viloyat kengashi bilan hamkorlikda 6 marotaba “Ochiq eshik”lar kuni, “Kasblar festivali” tadbirlari,
tadbirlar, 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Men orzu qilgan kasb” insholar tanlovi, “Qiz bolaning kasbi uning baxti” mavzusida 8 marotaba davra suhbatlari o’tkazildi. O’quvchilarni ongli ravishda kasb-hunarga yo’naltirish, targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirish maqsadida umumta’lim maktablarida viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida 2 marotaba “Otalar yig’ilishlari” o’tkazildi. Ushbu yig’ilishda 19786 nafar ota-onalar, 894 nafar jamaotchilik vakillari hamda 602 nafar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi. - joriy yilning aprel oyida barcha umumta’lim maktablarida qiz bolalarni kasb tanlashlari uchun imkoniyat va sharoit yaratish, erta turmush qurishini oldini olish maqsadida “Qiz bolaning Download 190.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling