Viloyati tumani


Boshlovchi: Bir kuni Sulaymon taxt uzasida lashkar bila havoda borur erdi-lar. Qarinchg’a


Download 373.11 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi373.11 Kb.
#1364912
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-Adabiyot. Qissasi Rabg\'uziy asari

Boshlovchi: Bir kuni Sulaymon taxt uzasida lashkar bila havoda borur erdi-lar.
Qarinchg’a: Maning amr –u toleimdagi qarinchg’aki, bordursan, qochgil, yerning tagiga kir, nobud 
bo’lursan, charoki, Hazrat Sulaymonning lashkarlari o’tadur. Poymol 
bo’lmagil. 
Boshlovchi:Sulaymon bu ovozni eshitib, havodin yerga tushdilar. Ersa bir oq qarinchg’a kelib salom qildi…
Sulaymon: Oting nima?

Qarinchg’a : Otim Manzara. 
Sulaymon: Qarinchg’alarni na uchun qochirding? 
Qarinchg’a: Siz hammaga podshohdursiz, man ham o’z jismimga podshohdurman. Manga 40 tabaqa yer berilubdur. Har tabaqada 40 ming furqa, har furqada 40 ming muakkirlari bordur. Hammasining podshohi mandurman. Sizning lashkaringiz orasida poymol bo’lsa, uboli manga bo’lur. 

Sulaymon:Hammasini qochirib, o’zing na uchun qochmading? 
Manzara:Man alarming kattasidurman. Ulug’lar raiyasiga base mehribon bo’lur. Balog’a ulug’lar o’zlarini ro’baro’ qilib, kichiklarni xalos qilsa 
yaxshidur. 
Sulaymon: Mundog’ nasihatni qaydin ta’lim olding? 
Manzara: Hamma ilm o’zimdadur deb xayol qilurmisiz? Bizga ham sizga berilgan buyurg’on ilmdan buyurubdurlar. Agar ruxsat bo’lsa, sizdin bir necha masala so’rasam. 
Sulaymon: Har na savoling bo’lsa so’rag’il. 
Manzara aytdi: Haq taolodan nima talab qildingiz? 
Sulaymon: Bir mulk tiladimki andog’ mulk hech kimga berilmish yo’q. 
Manzara: Baxil ekansiz. Ma’lum bo’ldiki, mandin o’zga also podshoh
bo’lmasin debsiz. Agar yuz hissa sizning davlatingizni ming kishiga bersa ham, Xudo taoloning xazinasi kam bo’lmas. Shuncha tilaganingizga nima berdi? 
Sulaymon: Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat lashkarlarimni taxt-baxtlarim birla ko’tarib yurur. 
Qarinchg’a: Aning bahosi olam yeldek o’tar . Ani minguncha ma’rifat maktabini minganingizda erdi, ko’z ochib yumguncha arshi a’loga borur edingiz.Andin yana nima berdi. 

Download 373.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling