Sulaymon: Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur.
Qarinchg’a: Mag’ribdan Mashriqqacha tamom olamni musaxxar qilib
berubdur.Aning bahosi o’zining nazdida bir parcha tosh ekan, bas, andog’
bo’lsa, anga tamanno qilgudek ish emas.
Sulaymon: Muncha aql donishni qaydin bilding? Manzara hamma narsani bildirguchi Haqdur.
Sulaymon: Mundin o’zga nima bilursan?
Manzara: Qorong’u kechalarda sizga mute bo’lg’on xalqning holidan xabardormusiz?
Sulaymon: Yo’q.
Manzara: Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay, hamma lashkarlarimning atrofini aylanib, agar ag’rig’I bo’lsa, borib ko’rub sihatligiga muhojot
qilurman…
Sulaymon: Ilohi, man o’zumni dono bilub yurur erdim. Maning bilganim bu qarinchg’aning oldida hech nimarsa ekan.
«Teskari savol” metodi
Hikoyatlar mustahkamlab olinadi. Buning uchun o’quvchilarga
hikoyatlar qahramonlari bo’lgan: ari, ilon, qaldirg’och, uzum, chumoli,
sher, tulki, sichqon va boshqalarning kompyuterdan chiqarilgan rasmlari beriladi. Bu rasmlar savol emas , aksincha, javobdir.
O’quvchining o’zi shu rasmga mos hikoyatlardan kelib chiqqan holda
savollar tuzishi kerak va tuzgan savolining javobi o’sha qo’liga berilgan
rasm bo’lishi kerak.
Masalan, bir o’quvchiga qaldirg’ochning rasmini bersak, u “Inson bilan bir
tom ostida yashaydigan qush qaysi?”, yoki “Arining tilini nima tishlab uzib
oladi?” shunga o’xshagan savollar tuzishi mumkin.
Test sinovi.
O’quvchilarning har biriga alohida test savoli va bo’yash uchun maxsus aylanalar tushirilgan javob varaqalari tarqatiladi. O’quvchilar qaysi javob to’g’ri ekanligini o’sha javob ostidagi doirachaning ichini ruchka yordami-da bo’yagan holatda belgilaydi.
1.”Uzum” hikoyatida Nuh alayhissalom uzum urug’ini necha marta sug’oradilar?
A) 1 B) 2 C)3 D)4
Do'stlaringiz bilan baham: |